"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
36 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
#volontyor #mehr #birlashaylik

🌙Tun..

Atrof qop-qorong'u. Deyarli hech nimaning ovozi eshitilmaydi. Inson o'sha tun qo'ynida orom oladi, faqat tundagina miyya dam olishga imkoni topsa kerak.🤔🤓
Barcha - hayolingizni chalkashtirib yuborayotgan fikrlar sizni qiynaydigan, yoki qalbingizga sokinlik bahsh eta oladigan ham tundir. O'tmishni eslaysiz, kelajak,ertangi kun haqida o'ylaysiz. Turli savollarga javob qidirasiz. Balki qiynalarsiz, vijdoningiz qiynab, sizni azoblar ushbu tunda. Balki, olamshumul rejalarga makondur bu tun. Hullas ,inson o'zini erkin, hotirjam his etishga imkon - tun. Kimdur sizga , fikrlaringizga qarshilik bildirmaydi. Siz, faqatgina siz o'zingizni baholaysiz. O'zligingizni anglashga imkon bu tun. Ko'p o'ylaysiz bazan. Xatto butun tunni bedor o'tkazuvchilar ham bordir. Bu albatta ajib olamga olib ketadi insonni. Hayolot gavdalanadi...naqadar jim-jitlik. Sukunat ruhning shifosi, uni jonlantiradi.
Ba'zan sukunatga ham yo'l ochib turish kerak qalbda. Qalb buni hohlaydi. Doim ish, o'qish, o'yin-kulgu... bunaqasi ketmaydi. Haqiqiy oromni, haqiqiy sakinatni his qilish uchun uhlash shart emas😁😊. Oz vaqtga, oz fursadga bo'lsa ham o'zingiz bilan o'zingiz qoling. Haqiqiy sokinlikni his etishga harakat qiling. O'zingizni anglang.
Jismga ham ta'sir etadi bu albatta. Ko'rasiz o'zingizdagi o'zgarishni, atrofga o'zgacha nigoh bilan qaraydigan bo'lib qolasiz. Ishoning...

TAYORLADI: Toshqo'ziyeva Nigora loyiha volontiyori.


@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#Volontyor #Mehr #Birlashaylik

#Samimiyat😊

Bu soʻz zamirida qanchadan qancha mano bor? Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan paytda bu soʻzga, bu munosabatga qanchalik ehtiyoj bor🥺.
Har qanday munosabatlarda samimiylik muhimmi?
Albatta 😊😊 bu juda muhim. Samimiylik degani bir biriga ishonch degani, rostgoʻylik, kimgadir hech qanday manfaatlarsiz yordam bermoq degani.... Samimiyat ota- onamizning🥹 seni juda yaxshi koʻraman bolam deya aytgan soʻzlarida...
Bir- biriga mehr ila boqqan qaro koʻzlarda...
Bolajonlarning begʻubor kulishlarida...
Beminnat uzatilgan qoʻllarda🤗
Shifoxona derazasidan tashqariga iltijo bilan boqqan yuzlardaa🥺
Bobom va buvimning duo ila aytgan soʻzlarida...
Ishdan, yoki oʻqishdan kech qolsam yaqinlarimning xavotir ila boqib turgan kozlarida...👀 Bolajonlarning hech bir yomon hayollarsiz qilgan katta katta orzularidaa🥰...
Samimiyat har joyda...
Samimiy inson bilan qancha gaplashsangiz shuncha oz☺️☺️☺️☺️
Afsuski, hozirda samimiyat shunchaki modaga aylanyapti🥹, sizga shunday samimiy insonlar boʻlib koʻringanlarning asl yuzini koʻrganingizda qalbingizda nimadir uziladi 🥲...
Kimningdir xatosini, xatto aybini ham samimiyat ila mehr bilan☺️ toʻgʻri yoʻnaltirilsa albatta u tuzaladi. Samimiy boʻlishdan aslo qoʻrqish kerak emas🥰. Siz qanday boʻlsangiz atrofingizda shunday odamlarni toʻplash, siz ularga yoki ular sizga taʼsir oʻtkazishi mumkin!!! Shunday ekan samimiy boʻlishga☺️ atrofingizdagilarni samimiyligiga nima yetsin?😊.
Samimiyat har qanday vaziyatda insonni shubhasiz afzalliklari- yu kamchiliklari bilan qabul qilish degani...
#Xulosa:
Shu fikrlarimni samimiy shoirlarimizdan biri Muhammad Yusufning 4 misralik sheʼri bilan yakunlasam☺️🤭:
Bilmaydi, eh bobom bilmaydi,
Men, men axir sevardim uni.
Saltanatning oti nimaydi?🤔
Oʻsha sochi uzun qizni...
Naqadar samimiyat ila bitilgan jumlalar🥰

Xoʻsh siz ham samimiymisiz?🤔 Samimiyatga qanday qaraysiz? Har qanday munosabatlarda samimiyatning oʻrni siz uchun qanchalik muhim?

Tayyorladi Darmonqulova Umida loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Forwarded from 3-maktab//Andijon tumani
#30Iyun

YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI

Assalomu alaykum qadrli yoshlar, chaqmoqdek o‘g‘il qizlar barchangizni 30-iyun yoshlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!

O‘zbekistonimiz kelajagi uchun munosib kadr bo‘lib yetishing!

Bayram muborak

#30iyun #bayram #birlashaylik #yoshlar