"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
32 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
Baxt qasri.pdf
2 MB
БАХТ ҚАСРИ
Ҳаётий сабоқлар

》Бахтли бўлиш сирлари
》Келин танлашни биласизми?
》Ойша онамизнинг буюк муҳаббатлари
》Муҳаббат Аллоҳнинг муъжизаси
》Жаннатга йўл

Manzlimiz

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Qiyinchilik

📌Qiyinchilik insonni yo bor qiladi yoki yo'q, yani yo yuksalishga harakat qiladi yoki sinib qolgan joyidan ortga qaytadi.

📌Qiyinchiliklarga chidab harakat qilgan inson albatta muvoffaqiyatga erishadi. Chunki go'zal sabri, mehnati, Yaratgan bergan sinoviga qiyinchiliklar bilan bardosh bergan inson go'zal kelajakga ega bo'ladi.

📌"Jon kuydirmasang, janona qayerda" deyishadiku axir.
Mehnatsiz qiyinchiliklarsiz erishilgan narsalarni qadri bo'lmaydi hech qachon.

📌Kim bo'lishimizdan qat'i nazar biz Robbimizga mehrimiz, duoyimiz, bilan yuraylik, shundagina bizga bergan har qanday qiyinchiliklarga bardosh beraolamiz.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Aka-uka

Hech óylab kórmanmisiz bu hayotda Aka-ukalik órnini? Siz bu hayotda qanday aka yoki uka bóla olmoqdasiz?!

Hayotga keldikmi, agar Alloh xoxlasagan bólsa bizga Aka-ukani ato etadi. Onamni uch nafar ógʻillari bor ya'ni ular mening akalarim, kórib turganingiz oilada meni pazitsiyam ukalik!

🙂Hayotda qiyinchilikka uchragan paytingizga birinchilar albatta ahvolingizdan Aka-ukalaringiz habar olishida, shu paytda kónglingiz yorishadi va ózingizni yaxshi his qila boshlaysiz!! bundan chiqdi aka-ukalarimiz hayotimizda nurimizmi yoki hotirjamlik yoki aka-uka ulkan qoyadir yaxshi-yomon kuningda tirgak bóladigan.

🦁Aka bu ulkan qórgʻon ;
Aka bu eng yaqin dóst;
Aka bu mehr - muruvvat elchisi;
Aka bu eng yaxshi ta'minotchi;
Aka bu Ota órnini bosa oladigan yagona inson;
Aka bu yuragimizning bir parchasi
Uka bu samimiylik elchisi;
Uka bu hayotdagi umid;
Uka bu eng yaxshi yordamchi;
Uka bu kóziga qaraganing otani yodga soluvchi shaxs
Uka bu eng yaxshi inson organi💙

💪 Aka seni oldinda ayblaringni aytib tanbeh berib, seni qancha yerga ursa ham, ortingdan seni maqtaydigan, har doim sen tomonga yon bosadigan, biror yaxshi natijaga erishganingda seni hammaga maqtaydigan mehri daryo insondir!

Hoyotda uy topiladi, pul topiladi, hattoki dóst, yor topiladi, lekin aka-uka topilmaydi.

🤔Qani siz ayta olsizmi hayotda qanday aka yoki ukasiz óz vazifalaringizni barajara olyapsizmi?

Tayyorladi Khalilullokh Bokiev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

Dóstlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Nimani koʻryapsiz?
Sultan Alomani Oufni
Sultan Alomani
Allohim tunimizni osoyishta qilsin🤲

Eng yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Bizning faoliyatimiz bilan tanishing!
🕊 46 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr - pok qalb bulog'i,
Mehr - ko'ngil chirog'i.
Gar mehrsiz bo'lsangiz,
Mushkul erur so'rog'i.

Har qanday mehrning mukofoti bordir! Mehrsizlik ortidan qaxr keladi.
Mehrli bo'laylik

Dilbar Qarabayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Mehr

🕊Mehr bu judayam ajoyib tuyg'u. Mehrni bizga eng ko'p bera oladigon inson bu Onamiz, yaqinlarimiz, do'stlarimiz bu tuyg'uni yoqtirmaydigon inson bo'lmasa kerak menimcha hamma kimdandur mehr kutib yashaydi. Onasizlar Onasini mehrini qumsab yashaydi.

📌Davlatimiz ham bizga juda katta mehr, e'tibor beradi shart sharoitlar yaratib beradi. Davlatimiz hech qachon o'zini farzandini fuqarosini mehrsiz chetka tashlab qo'ymidi. Masalan Suriya davlatidegi fuqorolarimizni u yerlardan o'z yurtimizga olib kelyabdi bunda insonlarning o'zi sababchi bo'lsada ularga imkoniyat berib mehr ko'rsatayabdi.

Biz hammamiz bir birimizga mehr muruvat bilan yashasak hammamiz bahtli yashagan bo'lamiz aslida insonga ko'p narsa kerak emas unga shunchaki mehr va e'tibor kerak. Shunday ekan bir birimizdan mehrimizni ayamastan yashaylik.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
​​🍀 Ota...

Ota charchab ishdan uyga qaytdi. Uyda to‘polon bo‘lib, hamma farzandlari yugurib keldi: uch bolasi yugurib kelib, quchog‘iga otildi. Otaning ko‘zi narigi xona eshigida mo‘ltirabgina turgan bolaga kòzi tushdi va nogoh tikildi. U bolakay singlisining òģli edi.

– Dada! – dedi kenja qizchasi..
Ota unga shokolad berdi.
– Dada, mengayam, mengayam!– degan kichik òģli dadasi chòntagidan yana bir shokalad olib chiqardi.
– Dadajon! – dedi uchinchi farzandi. U farzandiga ham atagani bor edi.
– Dada! – dedi to‘ng‘ich o‘g‘li.
Uyimizga ammamning òģli keldi dedi.
Dadasi  mehmon jiyanining kelganidan bexabar ota shokoladni qo‘lida tutib, bir nafas turib qoldi va bir o‘g‘liga, bir otasiz qolgan jiyaniga qaradi.
Shu mahal bolakay katta òģilni imlab chaqirdi. Qulog‘iga shivirladi. Katta òģli kelib, otasiga shunday dedi:
– Dadajon ammamning òģli  «Dadangni men ham dada desam maylimi?» deb so‘rayapti.....

Xulosa òzingizdan...

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Shox va shoirlar yurti bo'lgan Andijon

Tariflayin desam kelmas
Sòzlar tilga
Bu muxabbat tòlib toshdi
Siģmay dilga
Endi madxing yozay qalam
Olib qòlga

Jonim ichra jonimsan sen Andijonim

Seni deya yonib kuyib
Òtdi Bobur
Sòngi nafasda xam sen deb
Ketdi Bobur
Soģinchidan sher ģazallar
Bitdi Bobur

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Odamlaring shod xurram
Yòq qayģulari
Faqat mexr muxabbatdur
Tuyģulari
Xamon bor shoir Muxammad
Kulgulari

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Òzbekiston ģururisan shuxrat
shonim
Ol xoxlasang senikidir
yòģu borim
Gulla yashna Baliqchiyu-yu Oltinko'lim

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Binolaring kòrganimda
Kòz oladi
Gar kòrmasam yurak soģinib Qoladi
Oshiq qalbim sendan òzgadan
Tonadi

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Sanobaring òn yoshda dong Taratgan yurt
Shayx Muxammad Sodiqni xam
Yaratgan yurt
Senda òtsa deyman xar bir
Fursat onim

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Butun dunyo bòylariga
bòylar seni
Xar nafasi xar onida
òylar seni
Shoxrux degan alp òģloning
Kuylar seni

Jonim ichra jonimsan sen
Andijonim

Sh.Xamdamov

Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron erkin volontyorlik harakati Baliqchi tumani lideri

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#shukronalik

🦋 Hayotimiz davomida koʻplab tashvishlar ,gʻam-anduhlarga duch kelamiz.Lekin baʼzida noshukurlik yoki ginalar qilamiz.Yoʻq, ishoning bular arzimaydi.Shunchaki bu muammolarga ozgina yuzaki qarang, yaʼni muammoni boʻrttirmang,oʻylang,faqatgina uning yechimini.Va albatta bundan yomoni boʻlganda nima qilardim deb savol berib koʻring!
🍀Shukronalik hissini uygʻotish unchalik qiyin emas, shunchaki bunga bir soniya kifoya.Sizda yoʻq deganda hayol bor,ha hayol.Hayol qiiling--porloq kelajagingizni...
Hozirgi butun taningizu,yaqinlaringizni..
Xoʻsh..yaxshimi?Bu ajoyib😇 Shukrona qiling:siz yashayapsiz!🥰
Shukrona qiling:boshqalarga qaraganda sogʻligingiz yaxshi!🕊
Shukrona qiling:sizda boshqalarga qaraganda koʻproq yaqin insonlar bor!🫂
Shukrona qiling: siz eng yaxshisiga loyiqsiz!🌝🌚

🔥Keling! Birgalikda shukrona qilamiz: Biz hayotmiz,biz yashayapmiz,oʻz maqsadlarimiz,oʻz rejalarimiz bor.

Tayyorladi Farangiz Sulaymonova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik
erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
#volontyor #mehr #birlashaylik 🙆‍♀XXI asr qizlari! XXI asr qizlari kantenning nomi nimaga unday demoqchisizaaa To'g'ri savol XXI asr qizlari ( ba'zilari ) 5 mahal nomoz o'qiydigan bola emas 5 ta moshina bor bolani tanlaydi Qarangda nega 5ta moshina bor…
#volontyor #mehr #birlashaylik

🗣XXI Asr yigitlari

👤Kantent nomidan bilishimiz mumkinki, bu mavzu juda qaltis mavzu hozirgi paytda. Men sizlarga o'zimni nazlimda tushuntirib beraman.

Tayyor bo'lsangiz kettik💨
XXI Asr bolalari hozirgi kunda,turli guruhlarga bo'lishimiz mumkun.
Misol uchun 2000-yillardan, 2004-yillargacha bir eslang yoshligimiz qanday o'tgandi?
iPhone 14 telefoningiz bo'lmasa ham baxtli edingizku🤨 Hatto 15 yoshimizda ham telefonni uncha yaxshi bilmas edik!Bizni sevimli o'yinlarimiz esingizdami?Berkinmachoq😄Eshak mindi🤣Quvlashmachoq😇Shirbom🥺o'yinlarchi?
Ertalab chiqib ketib abet mahalda uyga kirib tapur-tupur ovqatlanib o'rtoqlarimizni oldiga chopardik🥺
Hozirgi paytda oddiy suvni ichmaymiz, elementli ichimlikka oshnomiz. Oldinlari ariqdan oqqan suvni ichardik-ku.
Hozirchi?
10 yoshli bolani qo'lida telefon, o'sha balo. Nega aynan telefon haqida ko'p gapiryabman, chunki XXI asrda hammamizni o'zgartirgan balo shu.
Bilasizmi hozir eng katta xatoyimiz nima yigitlar🤨 Biz oldingi baxtli hayotimizni shundan "katta bollarni moshinasi", tik tok(internet platformasi), telefon shunday balolarga almashdik.

Bilasizmi, yuqoridagilar oddiy bir bizga kelgan kasallik. Zamonga hamnafas bo'lib Yevropaga ergashdik. Lekin bir savolimga javob bering! Yevropaliklar Musulmon emasku!
Ana endi tanangizga o'ylab ko'ring:
Oldinlari ko'p namozxon yigitlar yo'q edi, lekin, hozirchi barchamiz boshqalarni oldida taqvolimiz. Lekin aslida bir xonada o'zingiz qolganingizda bilasiz,aslida siz kimsiz. (Ba'zi yigitlar uchun diniga sodiq birodarlarimizdan Alloh rozi bo'lsin)

Xulosa: Do'stlar-oldingi damlarimizga qaytolmaymiz, lekin, endi o'sib kelayotgan avlodni o'zimizday qilib qo'ymaylik.

📝Tayorladi: Boyxonov Sarvarbek  
Nuron volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

🫠Singil

🌸Allohning fazli-karami keng deyishadi. Bu shubhasiz. Alloh siylaganga qiz farzand beradi. Siylanganga singil yoki opa...

👆Bekorga siylagan deb aytmadim. Chunki eng mehribon insonlar qatoriga onadan so'ng albatta singil yoki opalarimizni kiritsak to'g'ri bo'ladi.

👤Men Alloh siylagan insonlar qatoriga shubhasiz kirsam kerak. Chunki ham opam, ham singlim bor. Meni tarbiyalab, yetaklagan qadrdon opajonim va doimo ko'nglida menga nisbatan hurmat va ishonchi balx urib turgan nurligim - singlim bor. Men bugun singlim va singillar haqida so'z ochaman.

🗣 Demak, ketdik...

😀🥹🤣😇🙂😌🙃😉🤯😒🤗🙄😬🤕🥺🤩🥳😜😘

🧐Bu stikerlarni nega tashladi, deb o'ylayotgandirsiz?

Shu stikerlarda biz bilgan, yaxshi ko'rgan va bizni yaxshi ko'rgan singillarimiz sifatlari beriladi. Gohida quvnoq😀, gohida ayyor😏, gohida mehribon😇, gohida jahldor😡, gohida shaddod😜, gohida esa shunaqangi qaysar😩. Ammo sizni juda-juda yaxshi ko'radi😘. Biror ish bilan ko'nglingizni olishga harakat qiladi.

🤲Men Allohga shukur qilaman. Beadad shukurlar bo'lsinkim, mening hayotimda shunday singil berdi, opa berdi. Ko'zimga quvonch, dilimda g'urur berdi. Ular borki, atrofdagi barcha qizlarga bo'lgan munosabatim o'zgacha. Ularga ham singlim yoki opamga qaragandek qarayman. Chunki ular ham kimningdir singlisi, kimningdir opasi

❗️Har bir ayol baxtga munosib, har bir ayol mehrga munosib, cheksiz, bepoyon orzular qilish va ularga yetishga haqli. Biz erkaklar esa, ularga baxtni bera olishimiz kerak. Ularni asramoq bizning burchimiz. Ularki ojiza ekan, bizga suyanadi, bizdan madad kutadi. Biz ular  bemalol suyana oladigan mustahkam qoya bo'la olaylik.

Tayyorladi Maxsutaliyev Jahongir Nuron cheksiz mehr bilan birlashamiz erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Salovat [muzzonas.ru]
Yorqinxo'ja Umarov va Bahodir Nizamov
- Istig'for aytish uchun eng qulay vaqt qachon?
- Hozir!

Astag'firullah al a'zim va atubu ilayh..🍂


Allohim tunimizni osoyishta qilsin🤲

Eng yaqiningizga yuboring
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik 🍋
Umid....🤔🧐

Yashamoq, niyatlariga yetishmoq SABR va UMID degan ulug'vor ne'matlar ortidan keladi albatta . Qo'lingizni duoga ochib😇,nimanidur so'rar ekansiz, u narsaga ishonasiz, ishonch bo'ladi. Qalbingizni, hayollaringizni kezib yurgan UMID uchqunlari bu ishonchni paydo etadi.

👉Qarang aaa... chumoli kattakon dengizda, mavj urayotgan to'lqinlar uni o'zining bag'riga chorlamoqda. Lekin, o'sha chumolida agar UMID bo'lsa, ishonadi, qandaydur mo'jiza sodir bo'ladi va albatta uni sohil tomon eltadi. Shuning uchun qattiq harakat qiladi.👆👆

Biz ham huddi ana o'sha chumoliday yashamoqdamiz hozr. Har tarafdan to'lqinlar turtmoqda bizni. Agar ertangi kunga ishonch bo'lsa, niyatlarga erishishga UMID ham uyg'onadi. To'lqinlarga qarshi qoyaday turib berish bizning, har birimizning qo'limizdan keladi. Ahir Alloh bizga shunday qalb bergan. U qalb har qanday holatda ham jismni ruhlantirish, unga yana bir imkon berishga qodir. Faqatgina buni evaziga birozgina e'tibor talab qiladi, uni ham tinglashimizni istaydi.

👉Aziz do'stim, birodarim UMIDni aslo so'ndirmang!Tanangizga zarraday cho'g' tegadigam bo'lsa qanchalar teringiz azoblanadi?! Umidingiz ham huddi shu cho'g' zarrasiday bo'lsin. Har qachon o'zini ko'rsata bilsin. O'sha uchqun , alangaga sabab bo'la olsin.💥💥



TAYYORLADI: Toshqo'ziyeva Nigora - loyiha volontyori.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Ko'ngil

Bu judayam nozik tuyg'u hisoblanadi.

📌Ko'ngilni olish va uni sindirish bu hammamizni qo'limizdan keladi aslini olganda. Bir insoni ko'nglini olib uni hursand qilganing savobi qanchayu yana bir insoni ko'ngli bilan o'ynashib uni ko'nglini sindirganing gunohi qancha ikkalasini farqi juda katta to'g'rimi. Qariyalarning, bolalarning, yetimlarning ko'nglini ko'tarishtek baht bo'lmasa kerak.

😇Birovning ko'nglidan qolish yoki kimdur sizni ko'nglingizdan qolish bu juda achinarli holat ko'ngil bilan hecham o'ynashib bo'lmaydi chunki insoning eng nozik tuyg'ularidan biri bu ko'ngil. Insoni ko'ngli ikki og'iz shirin so'z bilan ko'tariladi ayrimlarimiz shu ikki og'iz shirin so'zimizni ham qizg'onamiz.

🌺Biz ko'ngil olishni oila a'zolarimizdan Otamizdan, Onamizdan, aka uka, opa singilarimizdan boshlashimiz kerak undan so'ng atroftagi tanigan tanimagan insonlarimizni ham ko'nglini ko'tarib ularga hursandchilik ulasha olish bu juda ajoyib to'g'rimi kimnidur hursand qilib o'zimiz ham hursand bo'lib matevatsiya olib kun bo'yi yaxshi kayfiyata yuramiz bu bizga ham foyda

😇Qadirdonlarim biz bu hayotta barchani ko'nglini ko'tarib ularga yaxshilik ulashib ulardan faqat duo va yaxshi xotira qoldirishimiz kerak doimo mehribon va yaxshilik ulashuvchi insonlar qatorida bo'laylik.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz  mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Yolg'on dunyo😔

Bu dunyo yolg'on dunyo ekanini gohida xammamiz unutib qo'yamiz.Bilib-bilmay ollohni yodimizdan chiqarib shaytonning gaplariga quloq solib ko'p gunox ishlar qilamiz.Shu gunoh ishlarni bajarib tuŕib ham jimgina xech narsa bo'lmagandek yuraveramiz.Afsuski oramizda shunday insonlar bor Bunday odamlar umri davomida faqat boylik to'playdi.Boyligi oshib- toshib ketgan taqdirda ham hech kimga olloh yo'lida yaxshilik qilmaydi.Mehr- oqibat muruvvat halimlik degan tushunchalar begona bo'lib qoladi.Xo'sh azizlar boylik o'zi nima u kimga vafo qilgan? Boylik xech kimga vafo qilmagan Xatto buyuk shoxlar xam qo'llari ochiq ketgan.Buni buyuk tarix xam isbotlaydi.Kim bo'lishimizdan qattiy nazar borar joyimiz oxirat foniy dunyo.Men bir inson xaqida aytmoqchiman,bir ukamizni Laziz ismli akasi bor  Lazizbek aka yosh bo'lsa xam o'ta tirishqoq xarakatchan yigit.Bu xarakatchanligini kimlardir to'gri baxolab, ko'maklasha boshladi.Natijada Lazizbek aka nihoyatda boyib ketdi.Katta-katta imoratlar qurdi,qo'sha qo'sha mashinalar oldi,atrofida har xil do'stlar paydo bo'la boshladi.Boylik Lazizbek akani ko'zlarini ko'r quloqlarini kar qilib qo'ydi.Ota onasining gaplariga kirmaydigon ayolini pisand qilmaydigon hatto yaqinlaridan ham voz kechish darajasiga borib yerdi Shu bo'yi havolanib yurgan Lazizbek aka og'r bir dardga chalinib qoldi.Dostlari yoru birodarlari sekin- sekin uzoqlasha boshladi.Chunki bu kasalik o'lim bilan yakun topardi.Kasalxonada faqat shifokorlar shirin so'z bilan ko'nglini ko'tara olardi, Xalos Bilasizmi olloh insonni har xil yo'llar bilan sinar ekan Lazizbek akani ham boylik berib sinadi,lekin buni uddasidan chiqa olmadi.Oxiri borib vafot etdi.U insondan nima qoldi hech narsa, faqatgina to'plagan molu davlati qoldi.Azizlar bugunimizni o'ylab oxiratimizni unutib qo'ymaylik qo'limizdan kelgancha yaxshiliklar qilaylik bir birimizga mehribon bo'laylik muxtoj odamlarga yordam beraylik mehr ulashaylik unutmang
Bu dunyo yolg'on dunyo

Tayyorladi Shoxrux Xamdamov Nuron erkin volontyorlik harakati Baliqchi tumani lideri

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
📖Hayot daftari
   
📝Tug‘ilganimizda qo‘limizga bir qalam va yangi daftar beriladi. Biz unga yaxshi-yomon hayotimizni yozamiz. Lekin bu daftar hali "cho‘rnavoy", unda yozishni mashq qilamiz xolos.

📒Katta bòlib balog‘atga yetgach, u daftarimizni tashlavorib, qo‘limizga yana bir yangi daftar tutqazishadi. Endi bunisi esa haqiqiy, har yozuvimizning hisobi bor. Lekin mehribon Parvardigorimiz karamini qarangki, bu daftarimiz tashlavorilmasada, undagi xatolarni o‘chirib bòlmasada ammo yaxshisini yozish imkoni beriladi. Lekin bu daftar sahifalari tugagach, u yopib, saqlab qo‘yiladi, yozuvlari o‘zgartirilmaydi. Shunga qarab hisob beriladi.

Keling hayot daftarimiz ochib qaraylik nimalar qildigu, nimalarga ulgurmadik. Afsus nadomatdan hech narsa òzgarmaydi.
Shunday ekan keling vaqt borida hayot atalmish yon daftarimizga yaxshi narsalarni yozaylik, xatolardan tozalab, o‘rnini ezguliklarga to‘ldiraylik. Hayot insonga bir marotaba beriladi shunday ekan, bir birimizga mehrli, oqibatli va sevimli bòlaylik. Hayot daftarimizga faqat va faqat yaxshi yozuvlarni yozaylik...

Tayyorladi Dilafruz Akbarova
Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
AKA...

Oʻzimni akam yoʻq, endi bu menga armon boʻlib qolsa kerak deb doim xafa boʻlib yurardim. Akasi bor qizlarga judayam havas qilardim. Qarindosh akalarim bor edi, toʻgʻri. Lekin ular baribir oʻz akangdek boʻlolmasa kerak deb oʻylardim.
Lekin fikrim oʻzgardi, yaqinda mana shu akam, meni armonimni ushaltirdi. Ulgʻayganim sari, akamning menga, singlimga qanchalik mehribon ekanligini koʻrdim☺️ Yosh boʻlganim uchunmi, avval bu holat bilinmagan ekan. Hozir oʻsha akam bilan judayam yaqinmiz, hazillar, baʼzan tergovlar🙃
Akalarning birgina mana shu "singlim" degan soʻzidan singillar qanchalik xursand boʻladiyaa😌
- Toʻgʻrimi singillar?)

🤓Xoʻsh, endi singillar uchun ikki ogʻiz soʻz🫣
Qizlarjon!
Akangizni qadrlang! Akam meni hadeb tergaydi, akam unga ruxsat bermaydi, bunga ruxsat bermaydi deb noshukurlik qilavermang. Qanchadan qancha singillar akasi boʻlishini orzu qiladi. Akalar ham singliga yomonlikni ravo koʻrmaydi. Ular sizni himoya qiladi. Yaxshi kunlaringizni koʻrishni, ortingizdan yaxshi gap, maqtovlar eshitishni xohlaydi. Shuning uchun sizni tergab turadi, hamma narsaga ham ruxsat beravermaydi. Siz bundan "Akam meni oʻylayapti" deb xulosa chiqaring va unga munosib boʻlishga harakat qiling. Bilingki, siz akalaringizning yelkasidagi or-nomusisiz!

Akalarning boriga shukur🤍


Tayyorladi Asrorova Zarnigor "Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

👆Do‘stlaringizga ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik