"Cheksiz mehr bilan birlashaylik"
32 subscribers
45 photos
9 videos
67 files
8 links
"Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik
Erkin volontyorlik harakati!
Nuron so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib muruvvat ko‘rsatish, birlashish degan ma'noni anglatadi!
Download Telegram
Bu Bangladeshlik qariyani xech kimi yo‘q. U butun umr yig‘gan jamg‘armasini(o‘n ming dollar qiymatiga teng) masjidga olib kelib xammasini elektr energiyasiga to‘lov qildi.

Nega aynan elektrga otaxon, deyishsa, orqamdan duo qiladigan odam yo‘q, zora masjidni yoritishim qabrimni yorishiga sabab bo‘lsa deb javob berdi...

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  39- ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Garchi MEHR to'rtta so'zdan iborat tushuncha sanalsa-da, insonlarga nisbatan cheksiz ishonch, oqibat va samimiylik baxsh etadi.Yorug' olamdagi eng arzon, eng qimmat hamda qiymati tengsiz tuyg'u mehr sanalishi barchamizga kundek ravshan. Shunday ekan bir-birimizga mehr ulashishdan tolmaylik, qadrdonlar😊😊😊

Fatilloyev Farrux

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊 40-ishtirokchi

#mehrli_qalblar

    Taqdirni  qo‘l bilan yaratur inson,
    G‘oyibdan keluvchi baxt-bu afsona.
       
        Inson yaxshi yashamoq uchun, va barcha orzulari amalga oshmoq uchun doimiy harakatda bo‘lmog‘i darkor. Zero, yaxshi niyatlar amalga oshishi uchun, ichimizda armon bo‘lib qolmasligi uchun harakatni bugundan boshlash maqsadga muvofiq.  Biz - har birimiz o‘z taqdirimizning charxpalaklarimiz uning o‘ng yoki tes aylanishi o‘zimizning qo‘limizda!!! Zotan Alloh taolo  ham aytadilar:

       Sendan - harakat
       Mendan -barakot

  Shunday ekan,orzularimiz orzuligicha qolib ketmasligi uchun vaqtida uyg‘onaylik birodarlar!!!!

Sug'diyona Mirzayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Sadoqat


Sadoqat juda noyob hammada ham topilavermaydigon tuyg'ular safiga kiradi.

📌Sadoqatimizni har kimga ham ko'rsatavermaymiz, ba'zan uyatchanglikdan, ba'zan ruhiyatimiz xohlamaydi.

😇Bizni sadoqatimiz oilamizga, Vatanimizga, sevgan yorimizga, do'stlarimizga nisbatan kuchliroq bo'ladi boshqa insonlarga nisbatan chunki ularga biz mehr beramiz, ishonch beramiz agarda ular oqlay olsa umrimiz oxiriga qadar ularga sadoqatimizni ko'rsatib o'tamiz.

🌺Sizga o'rganib qolgan insonni hech qachon tashlab ketmang. Mayli yoniga bormang, baxt bermang, lekin hech qachon tashlab ketmang. Uzoqdan bo'lsada borligingizni sadoqatingizni eslatib turing.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
MUSIQANING HAYOTIMIZDAGI O‘RNI

🎶 Inson kamolotida uning koʻpchilik narsalarga zarurati tugʻiladi. Deylik kundalik sharoitidagi zaruriyatlari: u aqliy mehnat bilan shugʻullangandan keyin dam olib xordiq chiqarmogʻi, odatiy 3 uch mahallik tamaddi qilmogʻi, shu jumladan jismoniy mehnat bilan ham shugʻillanmogʻi lozim. Ulardan tashqari inson aqliy salohiyatini, ma’naviyatini chiniqtirishda va boyitishda koʻproq oʻqishi, baxsli mavzularda koʻproq muloqot qilmogʻi kerak. Insonning yana bir ajib qirrali tomoni borki, u ham ozuqaga muxtoj boʻladi. Bu uning ruhiy holati, ruhiy tomoni hisoblanadi.Ruhiyat insoning koʻpgina imkoniyatlarini namoyon boʻla olishida va oʻziga boʻlgan ishonchini ta’minlashida eng muhim tomonlardan biri. Odamning barcha mavhum his tuygʻulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi.

Tayyorladi Anvarbek Abdullayev Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati Buloqboshi tuman lideri

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

᯽𝙈𝙀𝙃𝙍......

𝙈𝙚𝙝𝙧 𝙣𝙞𝙢𝙖 𝙚𝙠𝙖𝙣𝙡𝙞𝙜𝙞𝙣𝙞 𝙗𝙞𝙡𝙖𝙢𝙞𝙯𝙢𝙞⁉️
𝙈𝙚𝙝𝙧-  𝙗𝙪 𝙢𝙖'𝙣𝙖𝙫𝙞𝙮 𝙤𝙯𝙪𝙦𝙖.

💔𝙈𝙚𝙝𝙧𝙣𝙞 𝙗𝙤𝙨𝙝𝙦𝙖 𝙣𝙖𝙧𝙨𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙡𝙖𝙣 𝙖𝙡𝙢𝙖𝙨𝙝𝙩𝙞𝙧𝙖𝙙𝙞𝙜𝙖𝙣 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣 𝙖𝙙𝙖𝙨𝙝𝙜𝙖𝙣 𝙗𝙤'𝙡𝙖𝙙𝙞 𝙘𝙝𝙪𝙣𝙠𝙞 𝙦𝙖𝙡𝙗𝙞𝙙𝙖 𝙢𝙚𝙝𝙧 𝙗𝙤𝙧 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣 𝙝𝙚𝙘𝙝 𝙦𝙖𝙘𝙝𝙤𝙣 𝙤'𝙯𝙜𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙦𝙖𝙡𝙗𝙞𝙜𝙖 𝙤𝙯𝙤𝙧 𝙗𝙚𝙧𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞.

😇𝙈𝙚𝙝𝙧 -𝘿𝙞𝙣 𝙩𝙖𝙣𝙡𝙖𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞.
🤑𝙈𝙚𝙝𝙧𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙗𝙤𝙯𝙤𝙧𝙞 𝙮𝙤'𝙦.

𝘼𝙜𝙖𝙧 𝙗𝙞𝙯 𝙗𝙖𝙧𝙘𝙝𝙖 𝙞𝙣𝙨𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙠𝙖𝙢𝙖𝙮𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖'𝙣𝙖𝙫𝙞𝙮 𝙣𝙚'𝙢𝙖𝙩 -𝙢𝙚𝙝𝙧𝙣𝙞 𝙗𝙚𝙧𝙨𝙖𝙠,𝙪𝙡𝙖𝙧 𝙤𝙧𝙖𝙨𝙞𝙙𝙖𝙣 𝙫𝙖𝙝𝙤𝙗𝙞𝙮, 𝙝𝙖𝙨𝙖𝙙𝙘𝙝𝙞 𝙫𝙖 𝙖𝙙𝙖𝙨𝙝𝙜𝙖𝙣 𝙠𝙞𝙢𝙨𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙘𝙝𝙞𝙦𝙢𝙖𝙮𝙙𝙞...


🥀𝙃𝙖𝙩𝙩𝙤𝙠𝙞,𝙚𝙠𝙞𝙡𝙜𝙖𝙣 𝙠𝙤'𝙠𝙖𝙩𝙜𝙖 𝙢𝙚𝙝𝙧 𝙗𝙚𝙧𝙢𝙖𝙨𝙖 𝙪 𝙦𝙪𝙧𝙞𝙮𝙙𝙞.

👆🙏𝙐𝙣𝙞𝙩𝙢𝙖𝙮𝙡𝙞𝙠...

𝙏𝙖𝙮𝙮𝙤𝙧𝙡𝙖𝙙𝙞 𝙐𝙗𝙖𝙮𝙙𝙪𝙡𝙡𝙖𝙮𝙚𝙫𝙖 𝙓𝙪𝙧𝙨𝙝𝙞𝙙𝙖 loyiha 𝙫𝙤𝙡𝙤𝙣𝙩𝙮𝙤𝙧𝙞.

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

#MURUVVAT🌱

Bilasizmi, bu so‘z zamirida, qanchadan-qancha go‘zal ma'no va mazmun mujjassam!!!
Mehr-muruvvat tushunchalari o‘zaro yaqin bo‘lib, bu eng avvalo tabiatning eng oliy ne'mati bo‘lmish inson zotigagina tegishli bo‘lgan oliyjanob hislatlarning biridir.
🕊Muruvvat bu - insonlarga yordam qo‘lini cho‘zish, qo‘lidan kelgancha ularga ezgu amallar bilan yordam yordam qo‘lini cho‘zmoq demakdir!!!
Chin insoniylikka munosib bo‘lish, atrofdagi mehr va muruvvatga cheksiz e'tiborga muhtoj bo‘lgan barcha yoshdagi insonlarga ezgulik va samimiy tabassum ulasha olishlikdir.
Inson nafas olar ekan muntazam va tabiiy holatda yaqinlarining mehr va muhabbatidan, e'tibor va muruvvatidan kuch olib yashaydi shunday ekan bu yorug‘ olamda barcha yaqinlarimizning qadriga yetib yashamoq, ularni e'zozlamoq va doimo ular biz uchun qadrli insonlarimiz - birodarlarimiz ekanliklarini anglatmoqlik insoniy burchimizdir! Zero, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tili bilan aytganda:

Kelganda ham qiyomat ohir,
Mehr qolur, muhabbat qolur!!!

Biz bu mehr va muruvvat yo‘lida siz azizlar bilanmiz🤗 va qo‘limizdan kelgancha sizga muruvvat qo‘llarini uzatgaymiz!!!
Alloh bu ishimizni barchamiz uchun XAYRLI va BAROKATLI qilsin!!!🤲🤲🤲🤲🤲

Tayyorladi Mirzayeva Sug‘diyona loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#volontyor #mehr #birlashaylik

JASORAT


     Jasorat..!  Bu tushuncha insonlarning ongida turlicha shakllangan. Ba'zan o'ylamaymizki  ayrim ishlarni chinakam jasorat deb atash mumkinligini. Ko'z ko'rmaydigan, ilg'amaydigan shunday ishlar bor-ki, ular chinakam jasorat. Bunga shubha yo'q.
    Yolg'iz o'zi farzandlarini tarbiya qilayotgan onaning ko'ziga boqing. Avvalo u - ayol, u -ojiza, ammo, shu bilan birga u -ona. Farzandi uchun kerak bo'lsa qolgan umrini berishga ham tayyor. Hech kimga bosh egmaydi, hech kimga taslim bo'lmaydi, hech kimdan ko'mak kutmay doim harakatda. Nima uchun? Chunki farzandi unga umid to'la ko'zlar bilan boqadi..! Ana o'shalar haqiqiy jasorat egalari.
    Yong'in... hamma tashqariga joni omon qolishi uchun jon holatida yugurib chiqib ketayotgan vaqtida, o'zini o'ylamay ichkariga qanday bo'lmasin kirib, o'sha daxshatli alangani o'chirishga bor kuchi bilan harakat qilayotgan insonlarni o'ylang.
   "Iltimos farzandimni saqlab qoling" - degan so'zlar quloqlarining ostida har lahzada yangrab turgan insonning qahramonligini o'ylang.
    Ha azizlar! Bunday sezilmas jasorat sohiblari atrofimizda, oramizda yuribdi. Ularni sanasak , ta'rifini bersak... qalamlar, qog'ozlar yetmaydi. Ana o'shalarni ko'ra bilaylik, ularga yelkadosh bo'laylik. Balki , siz ham allaqachon ular safidadursiz, sezmayotgandursiz buni.
   Jasorat ko'rsatish uchun maxsus maydon, ring shart emas. Har joyda, har onda bu ishni qilishga qodirsiz. Qalbingizda iymon uchqunlari bo'lsa bas, har ishingiz qahramonlik bo'ladi😇😇.

Tayyorladi Toshqo'ziyeva Nigora loyiha volontyori

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

Siz boʻlmasangiz ham hayotida hech narsa oʻzgarmaydigan insonlarning ketishi sizning ham hayotingizni oʻzgartirmaydi.Hayotingizda boʻlishni xohlamaganlarga shunchaki eshikni koʻrsating ...

❄️ Kuningiz maroqli boʻlsin!

💌 Doʻstlarga ulashing!

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  41 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Mehr bu-ota-onamning quvonchdan porlab turgan ko'zlari.


To'xtamishova Gulnora

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
Boylik

🕊Boylik o'zi nima?

💥Boylik bu rostan ham pul mol dunyo hisoblanadimi. Ko'pchiligimiz boylikni shunday tushunamiz aslida esa boylikni ikkinchi ma'nosi ham bor. Boylik aslida bu bizga berilgan umir, tinchlik va bizga berilgan barcha ne'matlar, Ota Onamiz borligi, sog'ligimiz bu barchasi qaytib kelmas bizga bir marotaba beriladigon boyliklar.

📌Boylikning ikkinchi ma'nosi o'sha biz o'ylagan pul mol dunyo hisoblanadi bu narsalar hammaga ham berilmaydi aslida lekin shu boylikni ham to'g'ri yo'lga sariflaydigonlar ham noto'g'ri yo'lga seriflaydigonlar ham yo'q emas.

🔥Shunday insonlar bor boyligini ko'z ko'z qilmasdan uni hayirli ishlarga masalan zakot berishka, yetimlarga yordam berishka va shunday savob ishlarga sariflashadi. Boylikni noto'g'ri yo'lga ishlatadigon insonlar esa har hil foydasiz narsalarga xarom yo'larga ham ishlatadigon insonlar yo'q emas oramizda.

😇Azizlarim biz bu hayotga sinov uchun kelganmiz bizga berilgan boylik ham yokida yo'qchilik kunlar ham barchasi o'tkinchi biz bu hayotga faqat sinov uchun kelganmiz shundoq ekan barchamiz bu hayotta faqat yaxshilik qilib qolaylik aytishadiku insondan faqat yaxshilik qoladi deb.

Tayyorladi Ruhshona Po'latova Nuron cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik karakati tashkilotchisi

Do'stlaringizga ham ulashing mehr uchun!
@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
TABRIKLAYMIZ

Andijon viloyati Buloqboshi tumani 18-sonli umumta'lim maktabining ijodiy-madaniy masalalari bo‘yicha targ‘ibotchisi Musiqa madaniyati fani o‘qituvchisi Anvarbek Abdullayev Andijon viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Omonova Gulhayo Erkinboyevna tomonidan “O‘zbekistonda ta’lim” jurnali tahririyatining 2023 yil 11-yanvardagi №27-sonli qaroriga ko‘ra “ISTE‘DOD” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nuron cheksiz mehr bilan bilashaylik erkin volontyorlik harakati jamoasi Anvarbek Abdullayevni chin yurakdan tabriklaymiz!


@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshilik qilishning o'zi kifoya emas, muruvvat bilan qilish kerak.

Deni Didro

Yechimlar, ko'pincha, siz o'ylagandan ham yaqinroq...

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
☘️Ekologiya

Insonni hayoti, yashash tarzi albatta atrof muhitni tozaligiga bog'liq.

Ahir aytilgan-ku "Chang va g'ubor bo'lmaganida edi inson ming yil yashar edi" deb.

Yurtimizni dunyoni ifloslantirish ham tozalash ham o'zimizga bog'liq aziz yurtdoshlar. Ba'zan hammamiz ham be e'tibor inson bo'lib qolamiz, ko'chada boshqalar tomonidan tashlab ketilgan plastik idishni yoki oddiy paketni olib chiqindi qutilariga solib qo'yishdan qochamiz, jirkanamiz, ahamiyat ham bermaymiz.

🤗Biz tozalikni avvalo o'zimizdan, keyin uyimizdan undan so'ng esa atrof muhitdan boshlashimiz kerak.

📌Kelinglar biz o'zgaraylik keyin boshqalar bizdan o'rnak olsin.
Jamiyat uchun xalq uchun birgalashib HARAKAT qilaylik.


Tayyorladi Gulsanam Mirzaliyeva Nuron erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊Mehr...

😇Mehr..! Mehr Allohning barchamizga bergan inʼomi. Mehr bu Vatanga muhabbat, ota-ona, yaqinlarga muhabbat, ularning orasidagi mustahkam rishtadir... Mehr onamizning oʻzini oʻylamay yashashi, otamizning farzandi birovdan kam boʻlmasin deya qilayotgan mehnati...

😥Lekin bilasizmi, biz baʼzida ana shu mehrni qadrlamaymiz. Shunday insonlar borki, ularning qalbi mehrga tashna)
Hech bir muruvvat uyiga borib koʻrganmisiz?! U yerdagi koʻngli oʻksik, lekin samimiy insonlarning koʻziga boqqanmisiz? Ularning yomonlikni bilmaydigan, haqiqiy mehrga muhtoj qalbiga quloq tutganmisiz?

🌸Ana oʻshalar insonlarning birgina shirin soʻzidan dunyolarcha sevinadigan insonlar, ana oʻshalar mehrni his qila olib, sizga ham ulashuvchi insonlar) Ularga yaxshi eʼtibor berib koʻring, koʻzidagi quvonch, koʻnglidagi poklik va samimiylikni his qilasiz. Mehrni ana shunday insonlarga ulashish kerakmasmi aslida?!


Tayyorladi Asrorova Zarnigor "Nuron" cheksiz mehr bilan birlashaylik erkin volontyorlik harakati tashkilotchisi

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  42 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Qiyofani plastik operatsiya bilan emas, qalbga mehr joylab oʻzgartira olasiz.


Adhamjon Xojimatov

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
🕊  43 - ishtirokchi

#mehrli_qalblar

Go‘zallik zavqlantiradi, bilim hurmat uyg‘otadi, ammo insonlarni bir-biriga bog‘laydigan narsa faqat mehrdir...

Xurshida Ubaydullayeva

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
😊 Svet o'chganda ham farzandlaringiz va yaqinlaringizga mana shunday tarzda mehr ulasha olasizlar.

Sinab ko'ring, yaqinlarim😇

😄Aytgancha, ayni damda O'zbekistonning ko'plab hududlarida buni amalga oshirayotganlar bor. Chunki, svet yo'q😂

😅Ular mehr ulashish tarafdorlari...

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik
#_
Ikki yil oldin yaqin do‘stim vafot etdi. Bugun uning telefon raqamidan qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Hech kutmagandim!..
— Labbay, dedim. Kichik o‘g‘li ekan. O‘ziga velosiped olib berishimni so‘radi.
— Xo‘p bo‘ladi, bugun albatta olib boraman, dedim va ortidan so‘radim:
— Meni kimligimni bilasanmi?
Bolakay shunday javob berdi:
— Yo‘q, sizni tanimayman. Uydan dadamning rasmlarini tomosha qilib o‘tirgan edim, ular orasidan dadam bilan bir kishining rasmi chiqib qoldi. Rasm orqasida esa shu raqam va shunday yozuv bor ekan:
— «Bolajonlarim, agar vaqti kelib biror narsaga ehtiyojlaring bo‘lsayu meni topa olmasalaring shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib aytinglar. Bu ham menman, faqat boshqa yerda yashayman».

(Tarjima)

@cheksiz_mehr_bilan_birlashaylik