📚CHDPU Akademik litseyi
952 subscribers
7.91K photos
1.4K videos
425 files
3.86K links
Chirchiq Davlat pedagogika universiteti
Akademik litseyi rasmiy kanali

📞 Matbuot xizmati: +998 (70) 716-57-41
✉️ E-mail: chdpial@inbox.uz
📲Facebook: www.fb.com/chdpial
🌎 Rasmiy sayt: www.chdpial.uz

Taklif va mulohazalar: @Orifjon86
Download Telegram
🔰 O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIKDAN KEYINGI YILLARGA BERILGAN NOMLAR
________________________________
🔹1991 - " Alisher Navoiy " yili.
🔹1992 - " Hamshiralar " yili.
🔹1993 - " Ahmad Yassaviy " yili.
🔹1994 - " Mirzo Ulug'bek " yili.
🔹1995 - " Ibn Sino " yili.
🔹1996 - " Amir Temur " yili.
🔹1997 - " Inson manfaatlari " yili.
🔹1998 - " Oila " yili.
🔹1999 - " Ayollar " yili.
🔹2000 - " Sog'lom avlod " yili.
🔹2001 - " Onalar va bolalar " yili.
🔹2002 - " Qariyalarni qadrlash " yili.
🔹2003 - " Obod mahalla " yili.
🔹2004 - " Mehr-muruvvat " yili.
🔹2005 - " Sihat-salomatlik " yili.
🔹2006 - " Homiylar va shifokorlar " yili.
🔹2007 - " Ijtimoiy himoya " yili.
🔹2008 - " Yoshlar " yili.
🔹2009 - " Qishloq taraqqiyoti va farovonligi " yili.
🔹2010 - " Barkamol avlod " yili.
🔹2011 - " Kichik biznes va hususiy tadbirkorlik " yili.
🔹2012 - " Mustahkam oila " yili.
🔹2013 - " Obod turmush " yili.
🔹2014 - " Sog'lom bola " yili.
🔹2015 - " Keksalarni e'zozlash " yili.
🔹2016 - " Sog'lom ona va bola " yili.
🔹2017 - " Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari " yili.
🔹2018- “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash
🔹2019- "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish" yili
_________________________
​​KITOB MUTOLAASIGA O‘RGATUVCHI 5 LAYFXAK

Uzluksiz axborot oqimi davrida kitob mutolaa qilishga ko‘p vaqt ajrata olmaymiz. Ammo mutolaa nutqni boyitish, o‘zlikni tarbiyalash va dunyoqarashni kengaytirishning eng yaxshi usuli. Mutolaaga hech ham vaqt ajrata olmayapsizmi? 
Quyida mutolaa qilishga yordam beruvchi 5 layfxakni e’tiboringizga havola etamiz.

Elektron kitob sotib oling

Mutolaa bilan bog‘liq eng keng tarqalgan tavsiyalardan biri bu – yo‘lda kitob o‘qish. Ammo bir talay kitobni yo‘l-yo‘lakay olib yurishning imkoni yo‘q. Mana shunday holatlarda elektron kitob yoki telefon yordamga keladi. Ularning ikkala turini ham o‘zingiz bilan olib yurishingiz mumkin. Uni istagan yerda – poyezd, metro va hatto, navbatda turganda ham o‘qish mumkin.

Diqqatni chalg‘itmang

Telefoningizdagi bildirishnomalar qurilmada mutolaa qilishingizga xalaqit qiladi. Oqibatda qabul qilinyotgan ma’lumotlarning oz qisminigina eslab qolasiz. Qolaversa, tinimsiz chalg‘iyverish kitob mutolaasini ortga surishga sabab bo‘ladi. Chunki telefonga kelgan xabarda nima deb yozilgani sizga ko‘proq qiziqarli tuyuladi, to‘g‘rimi? Shu sabab telefonda mutolaa qilyotganingizda “parvoz” holatini yoqib qo‘ying.

Mutolaa qilishni odatga aylantirish

Kitob o‘qishni odatga aylantishga qiynalyapsizmi? Buni odatdagidek boshlab olish mumkin: nonushtadan yarim soat yoki uxlashdan 50 daqiqa oldin kitob o‘qishni o‘z “grafigingizga” kiritib qo‘ying.
Yana boshqa yo‘li, bir mutolaaning o‘zida kitobning 10 foizini yoki 450 sahifasini o‘qishni odatga aylantirib olishingiz mumkin.

Audiokitobdan foydalanib ko‘ring

Agar kundalik yumushlaringiz sabab kitob o‘qishga hech vaqt ajrata olmayotgan bo‘lsangiz, audio kitob eshitishni tavsiya qilamiz. Yoki buni ro‘zg‘or ishlarini bajaryotgan vaqtda amalga oshirsangiz ham bo‘ladi. Kimlardadir eshitib eslab qolish xususiyati kuchlilik qiladi.

Mutolaaga ko‘nikishni eng qiziq kitobdan boshlang

Kitob o‘qishni odatga aylantirishni fizika yoki shunga o‘xshash ilmiy kitoblardan boshlamagan ma’qul. Turli hikoyalar, adabiyot, roman yoki detektiv ruhdagi kitoblar qiziqishingizni oshirishga xizmat qiladi.
Axborotnoma_2018_4.pdf
1.5 MB
Davlat test markazining 2018-yilda e'lon qilingan rasmiy Axborotnoma testlari

Fanlar:

Matematika
Matematika (ruscha)
Fizika
Fizika (ruscha)
Biologiya
Biologiya (ruscha)
Kimyo
Kimyo (ruscha)
Geografiya
Geografiya (ruscha)
Ingliz tili uz 2019.pdf
290.2 KB
Ingliz tili fanidan 2019-yil DTM namunaviy TEST savollari e'lon qilindi!
📕 Fan: Ingliz tili (o'zbekcha)
🇺🇿 Respublikamiz viloyatlari tashkil etilgan yillar:

🏢 1938-yilda — Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari

🏢 1941-yilda — Andijon, Namangan (1960-yilda tugatilib, 1967-yilda qayta tashkil qilingan) va Surxondaryo viloyatlari

🏢 1943-yilda — Qashqadaryo viloyati

🏢 1963-yilda — Sirdaryo viloyati

🏢 1973-yilda — Jizzax viloyati

🏢 1982-yilda — Navoiy viloyati (1988-yilda tugatilib, 1992-yilda qayta tashkil qilingan)
Ota-ona bilan muomala qilishdagi o’ttiz besh odob:

1) Huzurlarida qo’l telefonlarini o’chirib qo’yish.
2) Gapirayotganlarida jim turish.
3) Ra’ylarini qaytarmaslik.
4) Gaplarini ma’qullab turish.
5) Ularga o’zini hokisor tutib qarash.
6) Ularga doim maqtov, madh aytib turish.
7) Ularga hursandchilik xabarlarini ulashish.
8) Yomon xabarlarni oldilarida gapirmaslik.
9) Ular yaxshi ko’rgan kishilarni va do’stlarini maqtash.
10) Erishgan yutuqlarini doim eslatib turish.
11) Agar qayta-qayta gapirsalar ham gaplarini tasdiqlab ko’ngillarini ko’tarib turish.
12) O’tmishdagi alamli o’rinlarni zikr qilmaslik.
13) Otiqcha gaplardan chetlanish.
14) Oldilarida hurmat saqlab o’tirish.
15) Fikrlarini past va noqis sanamaslik.
16) Gaplarini tugatmaslaridan oldin eshitmasdan turib ketmaslik.
17) Yoshlarini hurmat qilish va nabiralari bilan ularni bezovta qilmaslik.
18) Oldilarida nabiralarini jazolamaslik.
19) Hamma nasihatu-fikrlarini qabul qilish.
20) Huzurlarida ularga ehtirom ko’rsatish.
21) Ularga ovozni ko’tarmaslik.
22) Ulardan oldin yoki oldilaridan yurmaslik.
23) Taomga ulardan oldin qo’l uzatmaslik.
24) Ularga tikilib qaramaslik.
25) Ular bilan faxrlanishlik, agar ular shunga loyiq ish qilishmagan bo’lsa ham.
26) Oldilarida oyoq uzatmaslik yoki ularga orqa qilmaslik.
27) So’kilishlariga sabab bo’lmaslik.
28) Har doim ularni haqlariga duo xayr qilish.
29) Oldilarida charchoq va xafalikni zohir qilmaslik.
30) Ulardan sodir bo’lgan xatolarga kulmaslik.
31) O’zlari talab qilishlaridan oldin xizmatlarini bajarish.
32) Doimiy ravishda ularni ziyorat qilib turish va ularga g’azab qilmaslik.
33) Ular bilan gaplashganda chiroyli so’zlarni tanlab ishlatish.
34) O’zlariga yoqadigan ismlar bilan murojaat qilish.
35) Ularni hamma narsadan va hamma odamlardan ustun qo’yish.
@davlattestmarkazi 1.pdf
416.9 KB
DTM tomonidan tuzilgan, majburiy hisoblangan TARIX, MATEMATIKA, RUS TILI fanlaridan aprobasiya savollari PDF formatda (o’zbek tilida)

1-variant
@davlattestmarkazi 2.pdf
484.7 KB
DTM tomonidan tuzilgan, majburiy hisoblangan TARIX, MATEMATIKA, RUS TILI fanlaridan aprobasiya savollari PDF formatda (o’zbek tilida)

2-variant
Ma’naviyat asoslari fanidan Z.S.Abduraximova tomonidan noan’anaviy ochiq dars o‘tkazildi.
CHDPI akademik litseyida 23 noyabr kuni Ma’naviyat asoslari fanidan Z.S.Abduraximova tomonidan noan’anaviy ochiq dars o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida aqliy hujum, BBX jadvali, ma’naviyat daraxti savollariga javob yozish kabi usullardan foydalandi.Ochiq dars mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan tahlil qilindi. Darsda o‘quvchilar faol qatnashdi.
«Intellektual salohiyatni oshirishda kitobxonlikning o’rni» mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Joriy yilning 25-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yo’lga qo’yilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosini amalga oshirish maqsadida «Intellektual salohiyatni oshirishda kitobxonlikning o’rni» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari doktori, professor Norqul Bekmirzayev CHDPI akademik litseyi o’quvchilari bilan suhbati davomida 4 tashabbus ijrosi «Kitobxonlik» mavzusida qilingan ishlar, jumladan Toshkent viloyati Bo’ka tumanini ta’kidlab, o’zlarining she’rlaridan satrlar o’qib berdilar. O’quvchilar bilan qiziqarli savol-javob viktorina o’tkazib, g’oliblar taqdirlandi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar Kengashi hamda Chirchiq shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi.
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Chirchiq shahar Kengashi hamda Chirchiq shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Prokuror va yoshlar» uchrashuvi o’tkazildi. Uchrashuv davomida yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Bu uchrashuvda CHDPI akademik litseyi o’quvchi yoshlari ham faol qatnashishdi.
CHDPI akademik litseyi yoshlar ittifoqi yetakchilari bilan «Xayriya aksiyasi» tashkil etildi.
Xayriya aksiyadan yig’ilgan pullar Chirchiq shahri bolalar shifoxonasida davolanayotgan 2 yoshli El’yorova E’zozaga davolanishga vaksina uchun onasiga yetkazildi.
“1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan CHDPI akademik litseyida tadbir o’tkazildi.
“1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan 30-noyabr kuni CHDPI akademik litseyida tadbir o’tkazildi. Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda OIV infeksiyasi dunyoning barcha mamlakatlarini qamrab olgan.
Mamlakatimizda ana shu xavfning oldini olish, unga qarshi kurash choralarini hamda aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
CHDPI akademik litseyida “Biz yoshlar sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida “Hayot shamingni so’ndirma” mavzusida davra suhbati va ochiq dars mashg’uloti o‘tkazildi. Ertalabki saflanishda 1319 guruhi o’quvchilar tomonidan “1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” mavzusida tadbir o’tkazildi. 2-juflikda 1-2 bosqich o’quvchilari bilan birgalikda “Hayot shamingni so’ndirma” mavzusida ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

👉Batafsil - http://chdpial.uz/1-dekabr-butunjahon-oitsga-qarshi-kurash-kuni-munosabati-bilan-chdpi-akademik-litseyida-tadbir-otkazildi/
CHDPI akademik litseyida umumta’lim fanlari bo’yicha 2019-2020 o’quv yili Respublika olimpiadasining I bosqichi o’tkazildi.
Joriy yilning 30-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligidan 2009 yil 2 iyunda 1962-son bilan ro’yhatdan o’tkazilgan “Akademik litseylar, kasb–hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o’quvchilarining umumta’lim fanlari bo’yicha Respublika olimpiadalarini o’tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to’g’risida” gi Nizom asosida Respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlarining iqtidorli va qobiliyatli o’quvchilarini aniqlash, qo’llab quvvatlash hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining umumta’lim fanlari bo’yicha 2019-2020 o’quv yili Respublika olimpiadasining I bosqichi 25-noyabrdan 5-dekabrgacha o’tkazish to’g’risidagi 2019 yil 21 noyabrdagi 87-04-2646- sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida CHDPI akademik litseyida umumta’lim fanlari bo’yicha 2019-2020 o’quv yili Respublika olimpiadasining I bosqichi o’tkazildi.

👉 Batafsil - http://chdpial.uz/chdpi-akademik-litseyida-umumtalim-fanlari-boyicha-2019-2020-oquv-yili-respublika-olimpiadasining-i-bosqichi-otkazildi/
Technovation — O’zbekistonda qizlar uchun keng ko’lamli va ommabop texnologik dastur.
TechnovationInfoWeek axborot haftaligi davomida 29-noyabr kuni “Technovation” qizlar uchun xalqaro tanlov taqdimoti Chirchiq davlat pedagogika instituti akademik litseyida tashkillashtirildi va o’quvchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Technovation 10-18 yoshdagi qizlar uchun yirik xalqaro tanlov bo’lib, har-yili dunyodagi100 dan ortiq davlatida o’tadi. O’zbekistonda programma 4-bor o’tkazilmoqda (2017 yildan beri)
Bizning konkurs – bir martalik tadbir emas. Programma bepul va 4 oy davom etadi. Sinfdan tashqari faoliyat sifatida jamoalar ko’p narsalarni o’rganadilar va o’z loyihalarini amalga oshiradilar. Technovation — O’zbekistonda qizlar uchun keng ko’lamli va ommabop texnologik dastur.
Tashkilotchilar: Dilnavoz Najimova, Zaripov Akrom
Batafsil 👉 http://chdpial.uz/technovation-ozbekistonda-qizlar-uchun-keng-kolamli-va-ommabop-texnologik-dastur/