Markaziy bank
✔
44.3K subscribers
9.03K photos
794 videos
17 files
10K links
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Murojaat uchun info@cbu.uz,
Aloqa uchun 71 200-00-44,
Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6
Website: cbu.uz
Telegram bot: @cbu_official_bot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Hurmatli obunachilar!

Katta qiziqish va ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda, dastlabki 100 dona oltin va 1000 dona kumushdan iborat esdalik tangalari tirajiga qo‘shimcha ravishda yana 400 dona oltin va 2000 dona kumush tanga zarb etilishini ma’lum qilamiz.

Barchangizga iliq kutib olganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz! Olg‘a, O‘zbekiston! 🇺🇿⚽️🐺

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏦 Bank tizimida tavakkalchiliklarni boshqarish va nazorat tizimlari takomillashtiriladi

🔴Markaziy bank hamda “Ernst & Young” xalqaro konsalting kompaniyasi hamkorligida tijorat banklarida tavakkalchiliklarni boshqarish, ichki nazorat va ichki audit tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan dastur ishga tushirildi.
🔴Mazkur dastur 2027-yil iyuliga qadar ikki bosqichda amalga oshiriladi. Dastlab banklarda amaldagi nazorat tizimlari diagnostika qilinadi, so‘ng aniqlangan natijalar asosida o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etiladi. Dastur 9 ta yo‘nalish bo‘yicha 153 soatlik treninglarni o‘z ichiga olib, 360 nafar mutaxassisni qamrab oladi.

🔴Dastur doirasida har bir bank uchun individual konsultatsion yordam
(Help Desk Support) yo‘lga qo‘yilib, nazorat tizimlarini joriy etish va takomillashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

🔴Dastur natijasida tavakkalchiliklarni boshqarish, ichki nazorat va ichki audit yo‘nalishlaridagi mutaxassislar malakasi oshib, korporativ boshqaruv sifati hamda tavakkalchilikni boshqarish madaniyati mustahkamlanadi.
🔴Bu esa o‘z o‘rnida, investorlar va mijozlar ishonchini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston bank sektorining xalqaro moliya bozorlarga integratsiyasini yanada jadallashtirishga xizmat qiladi

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📊2026-yil may oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Inflyatsiyaning muqobil ko‘rsatkichlarida may oyida biroz o‘sish qayd etildi.
✔️Qisqartirilgan INI – 4,1 %
✔️INI medianasi – 3,4%
🟣Iste’mol savatdagi narxi o‘sishi sekinlashgan tovar va xizmatlar ulushi yuqori shakllanmoqda
✔️Narx o‘sishi sekinlashgan tovar va xizmatlar – 81 %

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MarkaziyBankRaqamlarda

Aktivlar va kreditlar: asosiy ko‘rsatkichlar qaysi banklar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda?

📈 2026-yil 1-may holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 34 ta tijorat bankining jami aktivlari 962,8 trln so‘mni tashkil etdi. Aktivlar hajmi bo‘yicha eng yirik 12 ta bank (aktivlari 30 trln so‘mdan yuqori) hissasiga bank tizimi aktivlarining qariyb 80 foizi yoki 767,6 trln so‘mi to‘g‘ri kelmoqda.

🔴Kredit portfelining asosiy qismi ham aynan yirik banklarda jamlangan. Bank tizimidagi jami 629,0 trln so‘mlik kreditlarning 521,5 trln so‘mi yoki 83 foizi aktivlari 30 trln so‘mdan yuqori bo‘lgan banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🔴Kreditlar tarkibida uzoq muddatli kreditlar ustunlik qilmoqda. Jami 552,8 trln so‘mlik uzoq muddatli kreditlarning 459,6 trln so‘mi yirik banklar tomonidan ajratilgan. Bu esa iqtisodiyotning investitsion loyihalari va uzoq muddatli moliyalashtirishida yirik banklarning muhim o‘rin tutayotganini ko‘rsatadi.


🔴Bank tizimining kapital bazasi ham yuqori darajada shakllangan. Jami kapital 144,0 trln so‘mni tashkil etib, uning 111,0 trln so‘mi aktivlari 30 trln so‘mdan yuqori bo‘lgan banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🔴Banklar faoliyatining moliyaviy natijalari ham ijobiy bo‘lib qolmoqda. 2026-yil 1-may holatiga bank tizimining sof foydasi 6,9 trln so‘mni tashkil etdi. Kapital monandligi ko‘rsatkichi 18,4 foiz darajasida shakllangan bo‘lib, bu amaldagi prudensial talablardan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.


🔴Depozitlar hajmi ham o‘sishda davom etmoqda. Aholi omonatlari 170,2 trln so‘mga, yuridik shaxslar depozitlari esa 274,2 trln so‘mga yetdi. Mazkur mablag‘larning asosiy qismi yirik banklarda jamlangan bo‘lsa-da, o‘rta va kichik banklar segmentida ham depozit bazasi bosqichma-bosqich kengayib bormoqda.

🫥 Bank tizimida aktivlar, kreditlar va depozitlarning asosiy qismi yirik banklar hissasiga to‘g‘ri kelayotgan bo‘lsa-da, turli hajmdagi banklarning faoliyati moliyaviy vositachilikni kengaytirish, aholi va biznesning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

IMF Executive Board Concludes the 2026 Article IV Consultation with the Republic of Uzbekistan

More information is available at the following link:

👉 [https://www.imf.org/en/news/articles/2026/06/18/pr-26214-uzbekistan-imf-executive-board-concludes-2026-article-iv-consultation]

———
Xalqaro valyuta jamg‘armasi kelishuvlarining IV moddasi bo‘yicha XVJ Ijroiya kengashi xulosasi e’lon qilindi

Ushbu hujjat bilan ingliz tilidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin:

👉 [https://www.imf.org/en/news/articles/2026/06/18/pr-26214-uzbekistan-imf-executive-board-concludes-2026-article-iv-consultation]
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📊2026-yil may oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Iste’mol savatida narxlari 5 foizdan kam oshgan tovar va xizmatlar ulushi ko‘paymoqda

✔️Umumiy savatda – 74%
✔️Oziq ovqatlarda – 59%
✔️Nooziq-ovqatlarda – 94%
✔️Xizmatlarda – 45%

🟣Iste’mol savatida narxlari 10 foizdan yuqori oshgan tovar va xizmatlar hajmi kamaymoqda

✔️Umumiy savatda – 6%
✔️Oziq ovqatlarda – 9%
✔️Nooziq-ovqatlarda – 2%
✔️Xizmatlarda – 16%

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Naqd pul muomalasi siz uchun qanchalik qulay?

🟣 Markaziy bank aholi, tadbirkorlar va banklarning naqd pul bilan ishlash tajribasini o'rganish uchun anonim so'rovnoma o'tkazmoqda.

🟣 Tangalar va banknotlar yetarlimi, bankomatlar qulay ishlaydimi, qaytim pullari bilan muammoga duch kelasizmi? Naqd pul bilan bog'liq kundalik tajribangiz biz uchun muhim.

🟣 So'rovnoma anonim: ism-sharif so'ralmaydi, javoblar faqat umumlashtirilgan holda tahlil qilinadi.

❗️Sizning fikringiz naqd pul muomalasini yanada qulay qilishga yordam beradi.

🔗 O'zingizga mos so'rovnomada ishtirok eting:
👥 Aholi uchun
🏪 Tadbirkorlar va biznes vakillari uchun
🏦 Tijorat banklari xodimlari uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isteʼmol kayfiyati sharhi | 2026-yil I chorak

📊Markaziy banking soʻrovnoma natijalariga koʻra, 2026-yilning I choragida aholining isteʼmol kayfiyatida ijobiy tendensiyalar saqlanib qolmoqda. Mazkur davrda shakllangan kutilmalar aholining iqtisodiy sharoitlar va moliyaviy barqarorlikka boʻlgan ishonchi yuqori darajada ekanini koʻrsatadi.

Daromadlar
Respondentlarning daromadlari oshishi boʻyicha ijobiy kutilmalari oʻsish dinamikasini namoyon etdi. Xususan, soʻrovnoma ishtirokchilarining 68 foizi kelgusi 12 oyda daromadlari oshishini kutmoqda (2025-yil IV chorakda 67 foiz), daromadlari pasayishini kutayotganlar ulushi esa 7 foizgacha qisqardi.

Xarajatlar
Xarajatlar boʻyicha kutilmalar yuqori darajada shakllandi. Respondentlarning 77 foizi kelgusi davrda xarajatlari oshishini bildirgan. Asosiy yoʻnalishlar sifatida uy-joy taʼmiri, taʼlim, sogʻliqni saqlash hamda yirik xaridlar ajralib turdi.

Kredit
Kreditga boʻlgan talab oʻsish tendensiyasini davom ettirmoqda. Respondentlarning 56 foizi kelgusi oylarda kredit olish ehtiyoji mavjudligini bildirgan (oʻtgan chorakda 54 foiz). Kredit mablagʻlari asosan uy-joy taʼmiri, taʼlim, toʻy va avtomobil xaridlariga yoʻnaltirilishi kutilmoqda.

Jamgʻarish
Jamgʻarishga moyillikda barqaror oʻsish kuzatildi. Respondentlarning 65,8 foizi jamgʻarmalari oshishini kutmoqda.

Moliyaviy va iqtisodiy holat
Aholining moliyaviy holati umumiy ijobiy baholanib (58,0 foiz), respondentlarning katta qismi kelgusida iqtisodiy vaziyat yaxshilanishiga ishonch bildirmoqda. Kelgusi 12 oyda 69 foiz, uch yillik istiqbolda esa 78 foiz respondent iqtisodiy oʻsishni kutmoqda.


Tahlilning 2026-yil I choragi toʻliq matni bilan tanishish uchun havolani bosing.
Tahlilning 2026-yil I choragi qisqa tavsifi bilan tanishish uchun havolani bosing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

⏺Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

➡️Banklar roʻyxati

#CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadqiqotchilar yozgi maktabi: yangi bilim, g‘oya va imkoniyatlar
Tadqiqotchilar yozgi maktabda Academic English, PLS-SEM, ekonometrik tahlil, Scopus va Web of Science jurnallarida nashr etish, AI for Research va monetar siyosat mavzulari bo‘yicha o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatiga ega bo'ldi.

✨ ERGO Analytics bilan imzolangan Memorandum doirasidagi ushbu dasturda Markaziy bank xodimlari ham faol ishtirok etib, monetar siyosat, iqtisodiy tahlil va ilmiy tadqiqotlar uchun muhim bo‘lgan zamonaviy yondashuvlar bilan tanishdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💭Markaziy bank iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda bank xizmatlari sifatini oshirish maqsadida Markaziy bank va boshqa davlat idoralariga banklar faoliyati yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni muntazam tahlil qilib boradi.
🔘Xususan, mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushining yuqori bo‘lishi quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi:
✔️ bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha mijozlarga yetarli tushuntirish berilmasligi;
✔️ murojaatlarga o‘z vaqtida va sifatli javob taqdim etilmasligi;
✔️ takroriy shikoyatlarga sabab bo‘layotgan tizimli kamchiliklarning saqlanib qolishi;
✔️ masofaviy xizmatlar, to‘lovlar, kreditlar va boshqa bank operatsiyalari bilan bog‘liq muammolarning o‘z vaqtida hal etilmasligi;
✔️ iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ichki nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish zarurligi.


🔘Shu munosabat bilan Markaziy bank mazkur banklarga:
✔️ murojaatlar kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish;
✔️ takroriy shikoyatlarga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish;
✔️ murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonlarini takomillashtirish;
✔️ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish;
✔️ iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan profilaktik choralarni kengaytirishni tavsiya etadi.

🔘 Eslatma: mazkur indeks bankning moliyaviy barqarorligi yoki ishonchliligini baholamaydi. U faqat mijozlar soniga nisbatan kelib tushgan murojaatlar ulushini aks ettiradi. Chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar bo'yicha indeks hisoblanmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#MarkaziyBankRaqamlarda

📈 Depozitlar o’sishi kreditlashni qo’llab-quvvatlamoqda

🟣 2026-yil 1-may holatiga bank tizimi aktivlari 962,8 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (829,8 trln so‘m) nisbatan 16 foizga oshdi.

🟣 Majburiyatlar hajmi ham o‘sish tendensiyasini saqlab qolib, 708,1 trln so‘mdan 818,8 trln so‘mga yetdi. Natijada aktivlarning majburiyatlarga nisbati 117 foizdan 118 foizga oshib, bank tizimining umumiy moliyaviy barqarorligi saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Bank tizimi jami majburiyatlari tarkibida depozitlar ulushi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foiz bandga oshib, 2026-yil 1-may holatiga 54 foizgacha ko'tarildi.

🟣Kredit portfeli bir yil davomida 565,6 trln so‘mdan 629,0 trln so‘mga yetib, 11 foizga o‘sdi. Shu davrda depozitlar hajmi 339,2 trln so‘mdan 444,4 trln so‘mga oshib, qariyb 31 foizlik o‘sishni qayd etdi.

🟣Depozitlarning kreditlarga nisbatan tezroq o‘sishi natijasida kredit qo‘yilmalarining depozitlarga nisbati 167 foizdan 142 foizgacha pasaydi. Bu banklarning kreditlash faoliyati tobora ko‘proq ichki resurslar va depozitlar hisobidan moliyalashtirilayotganini anglatadi.


🟣Davlat ulushi mavjud banklarda mazkur ko‘rsatkich 225 foizdan 181 foizgacha pasaygan bo‘lsa, boshqa banklarda 106 foizdan 99 foizgacha kamaydi. Bu esa depozit bazasining kengayishi va bank tizimida resurslar muvozanatining yaxshilanib borayotganini ko‘rsatadi.

🕯 Bank tizimida aktivlar va kreditlar o‘sishi bilan bir qatorda depozitlarning yuqori sur’atlarda ko‘payishi kuzatilmoqda. Bu esa moliyalashtirish manbalarining mustahkamlanishi hamda bank tizimi barqarorligining kuchayishiga xizmat qilmoqda.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

Har oyda aholi va tadbirkorlarning narxlar bo‘yicha fikrlari va inflyatsion kutilmalarini o'rganish uchun qisqa so‘rovnoma o‘tkaziladi.

🟢Inflyatsion kutilma degani oddiy: narxlar oshadimi, o‘zgarishsiz qoladimi yoki pasayadimi – siz nimani kutyapsiz?

🟢Sizning javobingiz aholining inflyatsion kutilmalarini tushunishga yordam berib, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.

🟢Javoblaringiz maxfiy saqlanadi, faqat umumiy ko‘rinishda foydalaniladi.

🟢Bir necha soniya ajrating – Sizning fikringiz biz uchun muhim. Oldindan Rahmat!

🟢So‘rovnoma 2026-yil 1-iyulga qadar davom etadi.
🔜@kutilma_cbu_bot

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌
Yagona UzQR bo'yicha ma'lumot

Yagona UzQR — bu to‘lovlarni yanada oson va qulay qilishga xizmat qiluvchi yagona QR tizimidir. Uning yordamida foydalanuvchilar istalgan bank yoki to‘lov ilovasi orqali bitta QR-kod yordamida to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Ushbu tizim PF–246 ijrosi doirasida to‘lov infratuzilmasini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushini oshirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini yanada qulaylashtirish maqsadida joriy etilmoqda.

Mazkur tizim naqd pulsiz to‘lovlarni kengaytirish, iste’molchilar uchun qulaylik yaratish hamda banklar va to‘lov tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Markaziy bank tomonidan Yagona QR-online tizimi ishtirokchilari uchun 0,65 foizlik yagona tarif belgilangan. Ushbu tarif xaridorlarga emas, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari, ya’ni merchantlar uchun tatbiq etiladi.
Shu bilan birga, ayrim banklar yoki to‘lov tashkilotlari o‘z xizmat shartlaridan kelib chiqib qo‘shimcha komissiya belgilashi mumkin. Bunday holatlarda foydalanuvchilarga o‘zlari foydalanayotgan bank yoki to‘lov ilovasi shartlari bilan tanishish tavsiya etiladi.

Yagona UzQRning asosiy qulayligi — bitta QR-kod turli bank va to‘lov ilovalarida ishlaydi. Bu xaridorlar uchun ham, tadbirkorlar uchun ham to‘lov jarayonini sodda, tez va qulay qiladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
bugungi kunda O‘zbekistonda QR-to‘lovlar bozorida bir qator yechimlar faoliyat yuritmoqda. Jumladan, TezQR, Payme QR, Click QR, Uzum QR, Rahmat, Paynet va boshqa xizmatlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bozordagi ayrim yechimlarda savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun 1 foiz yoki unga yaqin yoki ko‘proq miqdordagi komissiyalar qo‘llanilishi amaliyoti mavjud.

Shu bilan birga, mazkur yechimlarning ayrimlari ma’lum ilovalar, ekotizimlar yoki maxsus havolalar orqali ishlashi mumkin. Yagona UzQR tizimining asosiy afzalligi esa uning universalligidadir. Ya’ni, bunda bitta QR-kod barcha banklar va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalarida ishlashi ko‘zda tutilgan bo‘lib, foydalanuvchi qaysi ilovadan foydalanishidan qat’i nazar, to‘lovni amalga oshirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, har bir fuqaro o‘zi uchun eng qulay to‘lov usulini tanlash huquqiga ega. To‘lovlar POS-terminal, QR-kod, mobil ilovalar, to‘lov havolalari yoki boshqa mavjud to‘lov vositalari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Yagona UzQR esa mavjud to‘lov infratuzilmasini to‘ldiruvchi, turli ilovalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytiruvchi va foydalanuvchilar uchun to‘lov jarayonini yanada qulaylashtiruvchi yechim sifatida xizmat qiladi.

Foydalanuvchilar o‘zlari uchun eng qulay shartlarni taklif etuvchi bank yoki to‘lov ilovasini tanlashlari mumkin va xizmat shartlari bilan tanishish tavsiya etiladi.

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

#MurojaatVaYechim

🫥Kreditni to’lay olmay qolsangiz, kredit shartnomasiga o’zgartirish kiritish imkoni bormi?
🫥Sud qarori chiqqanidan keyin ham foiz va penya hisoblanishi mumkinmi?
🫥Agar kredit sizning nomingizga firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirilgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

✔️Markaziy bankka kelib tushayotgan murojaatlarga yechimlar va Markaziy bank tavsiyalari bilan videoda tanishing.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

Ichki valyuta bozori: 2026-yil yanvar-may

🟣Yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo'lgan jami talabi 25,7 mlrd dollarni tashkil etib, ushbu ko'rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 20,1 foizga oshdi (2025-yilning yanvar-may oylarida – 21,4 mlrd dollar). Bunda, mazkur davrda yuridik shaxslarning valyuta xaridi 20,2 mlrd dollarga, jismoniy shaxslar xaridi esa 5,5 mlrd dollarga teng bo'ldi.
🟣Yuridik va jismoniy shaxslarning chet el valyutasi jami taklifi 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 5 mlrd dollar yoki 28,6 foizga oshib, 22,3 mlrd dollarga yetdi. 2026-yilning yanvar-may oylarida aholi tomonidan tijorat banklariga 10,2 mlrd dollar sotilgan bo'lsa, yuridik shaxslar tomonidan sotilgan valyuta mablag'lari 12,1 mlrd dollarni tashkil etdi.

🟣Mazkur davrda valyuta ayirboshlash kursi 11 938 – 12 320 so'm/AQSh dollari diapazonida tebranib, yil boshiga nisbatan o'zgarishsiz qoldi. Bunda, almashuv kursi tebranuvchanligi o'rtacha 30 so'mni yoki 0,25 foizni tashkil etdi (2025-yilning yanvar-may oylarida mazkur ko'rsatkich 17,3 so'm yoki 0,13 foizga teng bo'lgan).

#IchkiValyutaBozori #MarkaziyBank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 22-iyun holatiga banklar kesimida aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 22-iyun holatiga banklar kesimida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 22-iyun holatiga banklar kesimida yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM