Markaziy bank
44.5K subscribers
8.85K photos
726 videos
17 files
9.86K links
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Murojaat uchun info@cbu.uz,
Aloqa uchun 71 200-00-44,
Manzil: 100001, Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 6
Website: cbu.uz
Telegram bot: @cbu_official_bot
Download Telegram
👍👌👍👌

📊 2026-yil mart oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Inflyatsiya o‘tgan oyga nisbatan biroz pasaydi.
✔️Yillik umumiy inflyatsiya – 7,1 %
✔️Energiya ta’sirisiz – 5,9 %

🟣Xizmatlar segmenti yuqoriroq, lekin pasayish trendida.
✔️Xizmatlar inflyatsiyasi – 12,7 %
✔️Energiya ta’sirisiz – 7,6 %

🟣Bazaviy inflyatsiya barqarorlashmoqda: 5,7 % gacha pasaydi.

✔️Umumiy inflyatsiyaning mavsumiylikdan tozalangan yillikka keltirilgan ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz saqlanib qolgan bo‘lsa, bazaviy inflyatsiyaning ushbu ko‘rsatkichida o‘sish qayd etildi.

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📊 2026-yil mart oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Mart oyida nooziq-ovqatlar bazaviy inflyatsiyasining tezlashgani, boshqa asosiy guruhlari pasayuvchi tendensiyaga o‘tganligi kuzatildi. Oziq-ovqatlar bazaviy inflyatsiyasining sezilarli pasayishi o‘tgan yilning yuqori bazasi ta’sirlari chiqib ketishi bilan izohlanadi.

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📊 2026-yil mart oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Inflyatsiyaning muqobil ko‘rsatkichlaridan – INI medianasi va qisqartirilgan INIda mart oyida biroz o‘sish qayd etildi.
✔️Qisqartirilgan INI – 4,1 %
✔️INI medianasi – 3,4 %

🟣Iste’mol savatdagi narxi o‘sishi sekinlashgan tovar va xizmatlar ulushi yuqori shakllandi.

🟣Narx o‘sishi sekinlashgan tovar va xizmatlar – 84 %

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📊2026-yil mart oyi uchun inflyatsiya ko‘rsatkichlari

🟣Iste’mol savatida narxlari 5 foizdan kam oshgan tovar va xizmatlar ulushi yuqori shakllanmoqda.
✔️Umumiy savatda – 72 %
✔️Oziq ovqatlarda – 64 %
✔️Nooziq-ovqatlarda – 94 %
✔️Xizmatlarda – 31 %

🟣Iste’mol savatida narxlari 10 foizdan yuqori oshgan tovar va xizmatlar hajmi kamaymoqda.
✔️Umumiy savatda – 9 %
✔️Oziq ovqatlarda – 10 %
✔️Nooziq-ovqatlarda – 2 %
✔️Xizmatlarda – 24 %

#infografika #CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

1-16-aprel holatiga O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va transport vositalari oldi-sotdisi eskrou hisobvaraqlari boʻyicha ma'lumot.
Jami: 16 769 ta bitim rasmiylashtirilgan va jarayonda.
🟣Shundan:
— 9 971 tasi transport vositalari
— 6 798 tasi ko‘chmas mulk hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida eng yuqori faollik:
Toshkent shahri, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida kuzatilmoqda.


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌
AYoQShlardagi tushumlar raqamlarda

14–16-aprel kunlari bo‘yicha

🟣Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida amalga oshirilgan tushumlar 14-16-aprel kunlarida quyidagicha shakllandi:
— 14-aprel — 105,8 mlrd so‘m
— 15-aprel — 104,4 mlrd so‘m
— 16-aprel — 120,0 mlrd so‘m

🟣Ushbu davrda tushumlarning 91–92 foizi amaldagi bank kartalari orqali amalga oshirilgan.
Bank kartalariga tijorat banklarining kassalari, bankomatlari va ADMlari orqali naqd pul mablag‘larini kirim qilish bo‘yicha komissiyalar bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.
Naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank tizimida, bank kartalari bilan noqulayliklarga duch kelsangiz Markaziy bankning hamda Soliq organlarining Ishonch raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌
AYoQShlardagi tushumlar bo'yicha ma'lumot

14–16-aprel kunlari holatiga

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

➡️Banklar roʻyxati

#CBU_Info

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

📅 22-apreldan joriy etilayotgan talab bo‘yicha muhim tushuntirish:

✔️✔️ Mazkur talab faqat bank va to‘lov tashkilotlarining mobil ilovalariga tegishli.

Ya’ni:
➡️yangi ro‘yxatdan o‘tganda bank va toʻlov tashkilotlarning ilovalariga
➡️yangi karta qo‘shilganda

foydalanuvchining telefon raqami o‘z nomida bo‘lishi kerak (ota-ona va yaqin qarindoshlar bundan mustasno).

💳Shu bilan birga, bank kartalaridan foydalanish odatdagi tartibda davom etadi:
➡️
do‘konlarda to‘lov qilish
➡️
onlayn xaridlar
➡️
boshqa mavjud to‘lovlar

hech qanday cheklovsiz ishlayveradi.

2026-yil 22-aprelgacha bank mobil ilovalaridan foydalanuvchilar — odatdagidek foydalanishda davom etadi (shu kungacha qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday qoladi, SIM-kartani almashtirish zarurati yo‘q)

Malumot uchun:
Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish xizmatini onlayn tarzda
my.gov.uz
portali orqali amalga oshirishingiz mumkin*


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

🟢2026-yilning birinchi choragida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga boʻlgan talab 14,6 mlrd dollarni tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 24% ga oshdi. Shu bilan birga, valyuta taklifi ham 12,2 mlrd dollarga yetib, 27% ga oʻsdi. Taklif oʻsish surʼatlari yuqori shakllanishda davom etmoqda.

🟢Aholining valyuta sotuvi taklif omillarida muhim rol oʻynashda davom etmoqda. Fuqarolar tomonidan banklarga 6 mlrd dollar sotilib, bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 1,5 barobar oshdi. Shu bilan birga, ular tomonidan 3,2 mlrd dollar sotib olinib, 31% oʻsish qayd etildi.

🟢Xalqaro pul oʻtkazmalari orqali kirib kelgan mablagʻlar hajmi 13% ga oshib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi, mamlakatimizdan chiqib ketgan pul oʻtkazmalari esa 6% ga kamayib 604 mln dollar boʻldi.

🟢Yuridik shaxslar segmentida talab 23% ga oʻsgan boʻlsa, ular tomonidan valyuta taklifi 11% ga koʻpayib, biznes vakillarida tashqi faollikning oshayotganligini koʻrsatmoqda.

🟢Ushbu omillar taʼsirida yil boshidan buyon milliy valyuta kursi 1,5% ga pasaydi, kunlik moslashuvchanlik darajasi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan esa ikki barobarga oshdi.

To'liq sharh

#IchkiValyutaBozori #MarkaziyBank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 20-aprel holatiga banklar kesimida aholiga ajratilgan mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 20-aprel holatiga banklar kesimida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2026-yil 20-aprel holatiga banklar kesimida yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari.

#foiz_stavkalar

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏦 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Raiffeisen Bank International AG” (RBI) uchun milliy va xorijiy valyutada vakillik hisobvaraqlari ochildi.

Bu — O‘zbekiston moliya bozorini rivojlantirish va xalqaro moliyaviy tizimga integratsiyalashuv yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

Natijada:
🔘DQQ bozori rivojlanadi
Xorijiy investorlarning davlat qimmatli qog‘ozlari ikkilamchi bozorida faol ishtiroki ta’minlanadi
🔘Daromadlilik egri chizig‘i (yield curve) shakllanadi
Ikkilamchi bozorda savdolar hajmining ortishi orqali benchmark muddatlarda daromadlilik egri chizig‘i bozor tamoyillari asosida shakllanadi
🔘Uzoq muddatli resurslar barqarorlashadi
Xorijiy kapital oqimi hisobiga iqtisodiyotda uzoq muddatli moliyaviy resurslar kengayadi
🔘Pul-kredit siyosati transmissiyasi samaradorligi oshadi
Moliyaviy instrumentlar likvidligi ortishi Markaziy bank siyosati samaradorligini oshiradi

Markaziy bank moliya bozori infratuzilmasini takomillashtirish va xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiradi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌

2025-yilda O‘zbekiston uy-joy bozori: asosiy tendensiyalar
🟢2025-yilda tijorat banklari tomonidan 21,2 trln so‘m ipoteka krediti ajratildi — bu 2024-yilga nisbatan 24 foizga ko‘p. Kreditlarning 72 foizi birlamchi bozordagi yangi uy-joylarni sotib olishga yo‘naltirilgan.

🟢Ipoteka kreditlari qoldig‘i 79,4 trln so‘mga yetib, 2017-yilga nisbatan 8,2 barobarga oshgan. Shu bilan birga, ipoteka kredit oluvchilarning 50 foizdan yuqori dastlabki badal bilan ishtirok etish ulushi 22 foizga oshgan.

🟢Qurib bitkazilgan xonadonlar sonining 135 mingtaga yetib, 2024-yilga nisbatan 35 mingtaga oshishi natijasida uy-joy narxlari indeksi birlamchi bozorda 4,4 foizga, ikkilamchi bozorda 5,9 foizga pasayib, narxlar barqaror fazaga o‘tgan.

🟢2025-yilda Toshkent shahrida bir kvadrat metr uy-joyning o‘rtacha narxi 14,9 million so‘mni, o‘rtacha oylik ish haqi esa 10,7 million so‘mni tashkil etgan. Bir kvadrat metr uy-joy narxining o‘rtacha oylik ish haqiga nisbati 2024-yilda 1,77 koeffitsientni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 1,38 koeffitsientgacha pasaygan. Bu aholining uy-joy sotib olish imkoniyati sezilarli darajada yaxshilanganligini anglatadi.

🟢Qarz oluvchilar tomonidan oylik toʻlovlarni qaytarish grafigiga nisbatan 3,2 barobar koʻp miqdorda (9,4 trln. soʻm) ipoteka krediti qarzdorliklari soʻndirilgan

🟢2040-yilgacha har yili quriladigan uy-joylar sonini 421 mingtaga yetkazish va ipoteka portfelini 56,7 mlrd dollarga oshirish vazifalari belgilangan.

To'liq sharh

#UyJoyBozori #MarkaziyBank

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌
1–22-aprel kunlari AYoQShlardagi tushumlar bo‘yicha kunlar kesimida tahlil

Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👌👍👌
1–22-aprel kunlari AYoQShlardagi tushumlar bo‘yicha ma’lumot
🟣1–22-aprel jami tushumlar 2,49 trln so‘mdan ortiqni tashkil etdi, kunlik o‘rtacha tushum 113,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.
🟣Tranzaksiyalar soni jami 20,9 mln bo‘lib, kunlik o‘rtacha 951 ming tani tashkil etdi.
🟣Tushumlar tarkibi bo‘yicha 92,9% amaldagi bank kartalari orqali (mavjud kartalar — 88,1%, QR kodlar — 4,8%), 4,9% moment kartalar hamda 2,2% yoqilg‘i kartalari orqali amalga oshirilgan.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM