️Training Institute for Lawyers
2.82K subscribers
1.26K photos
61 videos
8 files
200 links
Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazining rasmiy telegram kanali

🌍centertsul.uz

☎️ +99871 233 22 14

F: @professionaltrainingcenter.tsul
Download Telegram
⚡️“Xalqaro arbitrajda dalillar va ishni taqdim qilish” (Evidence in international arbitration and how to represent the case) mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🏛2023-yilning 2-mart kuni Toshkent davlat yuridik universitetida xorijiy mutaxassislar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati Kolumbiya huquq maktabi professori, “Arnold and Porter’s” (Nyu-York, AQSH) firmasi advokati, arbitr Kabir Duggal hamda arbitr va konsil, TDYU xorijiy ma'ruzachisi Elijah Putilin tomonidan olib borildi.

🙍‍♂️Tadbirda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik xizmatida, xalqaro investitsiya va xalqaro tijorat arbitraji, xalqaro huquq va xorijiy tashkilotlar bilan ishlash sohasida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi yuristlar, advokatlar hamda qayta tayyorlash kursi tinglovchilari, TDYU magstr va talabalari ishtirok etdi.

➡️
@centertsul
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Vasiyatnoma va meros bilan bog'liq huquqiy masalalar” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

🙍‍♂️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi xodimlari va notariuslar.

Ovozli chat 10-mart kuni soat 17:00da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
⚡️Professional mediatorlarni tayyorlash kursi tashkil etiladi!

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida Professional mediatorlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv kursi tashkil etiladi.

Kursda o‘quv mashg‘ulotlari 2023-yilning 3-aprelidan 14-apreligacha bevosita (offlayn) va masofaviy (onlayn) shaklda tashkil etiladi.

💰Kursda o‘qish to‘lov kontrakt asosida amalga oshirilib, shartnoma summasi 820 000 so‘mni tashkil etadi.

📖 Kurs yakunlariga ko‘ra davlat namunasidagi sertifikatni olgan bitiruvchilarga professional mediatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.

‼️Kursda taʼlim olish istagini bildirgan talabgorlar joriy yilning 3-aprel kuniga qadar tdyu.markaz@mail.ru elektron pochtasi yoki +998 71 233 22 14, +998 90 316 07 11 telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin.

@centertsul
Forwarded from Huquqiy axborot
“Ходимларнинг меҳнат ҳуқуқларини таъминлаш масалалари” мавзусида аудиоподкаст ташкил этилади

🎙Суҳбат спикерлари:
Адлия вазирлиги ҳамда Тошкент давлат юридик университети масъул ходимлари.

Овозли чат бугун – 7 апрель куни соат 16:30 да @huquqiy_gap каналида бошланади.

Саволларингизни изоҳларда қолдиринг.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
⚡️6 oylik qayta tayyorlash kurslarida yakuniy imtihonlar o'tkazildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida bevosita ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarida yakuniy nazorat imtihonlari o'tkazildi.

1-semestr yakunlari bo'yicha o'tkazilayotgan yakuniy imtihonlar tegishli modul bo'yicha mantiqiy savol va kazuslarga yozma javob yozish shaklida o'tkazildi.

❗️Kurslarning 2-kichik semestrida o'quv jarayonlar aprel-iyun oylarida tashkil etiladi.

@centertsul
Forwarded from Huquqiy axborot
“Таълим хизматларини кўрсатиш соҳасидаги ҳуқуқий масалалар” мавзусида аудиоподкаст ташкил этилади!

🎙Суҳбат спикерлари: Адлия вазирлиги, Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги мутахассислари.

Овозли чат бугун – 20 апрель куни соат 16:00 да @huquqiy_gap каналида бошланади.

Саволларингизни @huquqiy_gap канали изоҳларида қолдиринг.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining davlat attestatsiyalari o'tkazildi.

🔰2023-yilning fevral va mart-aprel oylarida tashkil etilgan "Yurisprudensiya" va "Huquqshunoslik" yo'nalishlari bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkazildi.

♻️Attestatsiya jarayonlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug'i bilan tuzilgan Attestatsiya komissiyasi tomonidan bitiruv ishi himoyasi shaklida o'tkazildi.

Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan 18 nafar tinglovchilarga davlat namunasidagi malaka attestatlari topshirildi.

@centertsul
⚡️6 oylik qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

⚖️Masofaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma'lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslariga qabul boshlandi.

🎓Kurslarda o‘qish uchun barcha oliy ma'lumotli shaxslar hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjatlarni qabul qilish 2023-yilning 30-may kuniga qadar qabul.centertsul.uz sayti orqali faqat elektron ravishda amalga oshiriladi.

📩Talabgorlardan quyidagi hujjatlar qabul qilinadi:

📌fuqarolik pasporti;
📌oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📌3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.

♻️Qabul kvotasi 100 nafarni (80 nafar - o'zbek, 20 nafar - rus), to‘lov-kontrakt miqdori esa 14 100 000 so‘mni tashkil etadi.

❗️Eslatib o‘tamiz, kursni tugatib, diplom olgan shaxslar  davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmati va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi.

☎️ 71 236-28-55 (1018)
☎️ 71 233-66-36 (1018)
📱90 930-70-74
📱99 937-04-33
📱95 988-01-50
📱
98 125-73-92

👉@centertsul👈
Forwarded from Huquqiy Gap
⚡️“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish masalalari (FHDY organlari va Davlat xizmatlari markazlari sohasidagi yangiliklar)” mavzusida audio-podkast tashkil etiladi!

🎙Suhbat spikerlari:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi mutaxassislari.

Ovozli chat 11-may kuni soat 16:30da @huquqiy_gap kanalida boshlanadi.

📥Savollaringizni @huquqiy_gap kanali izohlarda qoldiring.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiy_gap
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

❗️Олий маълумотга эга шахсларни юридик мутахассисликка қайта тайёрлаш курсларига қабул бошланди

⚖️ Курслар масофавий таълим шаклида ташкил этилади.

📝 Курсларда ўқиш учун барча олий маълумотли шахслар ҳужжат топшириши мумкин.

➡️ Ҳужжатлар 2023 йил 30 майгача qabul.centertsul.uz сайти орқали фақат электрон равишда қабул қилинади.

📁 Бунинг учун талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни тақдим этиши керак:

▫️фуқаролик паспорти;
▫️олий маълумот тўғрисидаги диплом ва унинг иловаси;
▫️3.5x4.5 ўлчамдаги рангли фотосурат.

Қабул квотаси 100 нафарни (80 нафар – ўзбек гуруҳи, 20 нафар – рус гуруҳи) ташкил этади.

💰Тўлов-контракт миқдори – 14 100 000 сўм.

⚠️ Эслатиб ўтамиз, курсни тугатиб, диплом олган шахслар давлат органлари ва бошқа ташкилотларнинг юридик хизмати ва фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларида ишлаш ҳуқуқига эга бўлади.

🔘 Мурожаат учун телефонлар: (71) 236-28-55 (1018); (71) 233-66-36 (1018); (90) 930-70-74; (99) 937-04-33; (95) 988-01-50; (98) 125-73-92.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot