Carzone.uz – Хабарлар
524 members
6.35K photos
212 videos
24 files
145 links
Carzone.uz сайтининг расмий канали

Веб-сайт: www.carzone.uz
Facebook: fb.com/carzoneuz
Инстаграм: instagram.com/carzoneuz
E-mail: info@carzone.uz
Эълонлар канали: @GMUzbekistan

Расм жўнатиш: @erkak_uz
Download Telegram
to view and join the conversation
Qo’qonda harbiylar iftorlik payti odamlarga suv ulashdi.
@carzoneuz
Shunaqasi ham bo’lib turadi.
@carzoneuz
Ship-shiydam qilib ketishibdi. 😳

@carzoneuz
Forwarded from Vashington kundaligi
#Texnologiya

Tesla - kelajak avtomobili

Bugungi postim O'zbekiston prezidentining kuyovi Otabek Umarov haydaydigan "Tesla" avtomobili haqida. Umarovning Toshkent ko'chalarida avtomashinani tezlikni oshirib haydagani va buning uchun o'z ixtiyori bilan jarima to'lagani so'nggi kunlarda ancha shov-shuvlarga sabab bo'ldi. Qonunbuzarlik aynan "Tesla" avtoulovida sodir etilgan.

Shaxsan o'zim "Tesla"ning ashaddiy ishqiboziman. "Tesla" yosh kompaniya. Unga 2003-yilda AQShda asos solingan. Uning rahbari va asoschilaridan biri asli janubiy afrikalik Ilon Mask. Milliarder va inqilobiy fikr va ishlari bilan taniqli Maskning o'zi haqida ko'p gapirish mumkin. Bu haqda balki kelgusida yozaman. Hozir esa bemalol kelajak avtomobili deb atash mumkin bo'lgan "Tesla" haqida gaplashamiz.

Avvalo, "Tesla"ning barch avtomobillari 100 foiz elektrga ishlaydi. Atrof-muhit uchun toza va ancha kamxarj. Mashinada motor va batareyadan boshqa deyarli hech narsa yo'q. Yog’-moy degan narsalar ham mavjud emas. "Tesla" batareya va motor uchun 8 yil garantiya beradi. Aytishlaricha, motor 1,5 million kilometrgacha hech qanday ta'mirsiz yura oladi.

Ikkinchidan, "Tesla" elektromobillarini to'rtta g'ildirik ustidagi kompyuterga o'xshatishadi. Kompyuteringiz yoki telefoningiz operatsion tizimini tez-tez yangilab borganingizdek, "Tesla" ham avtomobillariga o'rnatilgan boshqaruv tizimini havo orqali, ya'ni internet orqali eng so'nggi yangilanishlar bilan ta'minlab turadi. Ya'ni, mashinangizda kutilmagan qo'shimcha yangi xususiyatlar paydo bo'lib qolishi mumkin. Hatto batareyasi zaxirasi ko'payishi, tezlik olishi yanada kuchayishi kabi yangilanishlarni ham mana shunday "update"lar orqali amalga oshirish mumkin.

Uchinchidan, benzin va dizelga yuradigan o'tmish avtomobilari uyoqda tursin, duyo bozorida yetakchi bo'lgan gegemon avtozavodlar endi-endi taqdim etayotgan elektromobillar texnologiyasi "Tesla"nikidan kamida 5-10 yil orqada. Elektromobillar bozorida "Tesla"ni hozir raqibsiz yaqqol peshqadam deb bemalol ayta olamiz.

Endi "Tesla" taqdim etayotgan modellar haqida.

"Tesla" ayni paytda uchta modelni sotuvga chiqargan. Bular: Model S, Model X va Model 3. Kompanya yaratgan ilk avtomobil Roadster supercari edi, lekin u bugun sotuvda mavjud emas. Roadsterning yangi avlodi taqdim qilingan, lekin hali sotuvga chiqmadi. Roadsterning birinchi nusxasi "Space X" (Bu kompaniya ham Ilon Maskka qarashli) raketasida samoga uchirilgan. Ayni paytda u hatto Marsdan ham nariga o'tib ketibdi. Aytgancha, Marsga uchish Ilon Maskning azaliy orzusi. Bu haqda keyinroq.

Model S sedan avtomobili 2,4 sekundda 100 km/soat tezlikka chiqadi. Batareya zaxirasi bir marta to'liq zaryadlanganda 600 km.gacha yetadi. "Tesla" yaqinda joriy etgan yangi avlod Supercharger (zaryadlash) markazlarida 15 daqiqada batareyani 80 foizga to'ldirish mumkin. Model S ning boshlang'ich bahosi 80 ming dollar.

Model X krossover turkumidagi avtomobil bo'lib, lochin qanotiga o'xshab ochiladigan o'ziga xos eshiklari bilan mashhur. U 2,7 sekundda 100 km/soat tezlikka chiqadi. Batareya zaxirasi 500 kilometrdan ortiqqa yetadi. Narxi 85 ming dollardan boshlanadi.

Model 3 "Tesla"ning eng so'nggi va eng arzon modeli. Boshlang'ich narxi 39 ming dollar. 35 ming dollarlik versiyasi ham bor, lekin u hali sotuvga chiqmagan. Model 3 sotuvga chiqqaniga bor-yo'g'i bir yilcha bo'ldi, ammo hozir eng ko'p sotilayotgan model shu. Model 3 ko'rsatkichlari ham juda yaxshi: 3,2 sekundda 100 km/soat tezlikka chiqadi va batareya zaxirasi qariyb 500 km.gacha yetadi.

Bundan tashqari, "Tesla" Model Y nomli ixcham krossover ham taqdim etgan, lekin hali sotuvga chiqmadi. Uning boshlang'ich bahosi 45 ming dollar bo'lishi kutilyapti.
Forwarded from Vashington kundaligi
(Davomi)

Shuningdek, "Tesla" og'ir yuk avtomobillarini ham ishlab chiqarmoqchi. 30-40 tonna yuk tashiydidan og'ir texnikaga faqat batareyada yuradigan motor o'rnatish va batareyaning 100 kilometrlik zaxiraga ega bo'lishi avtosanoatda inqilobiy hodisa. Shu bois ko'pchilik "Tesla" yuk mashinalarining texnik xususiyatiga hanuz shubha bilan qaramoqda. Bu yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish boshlangan, lekin hali savdoga chiqqani yo'q.

Otabek Umarov "Tesla"ning qaysi modelini haydashi haqida menda ma'lumot yo'q. Uning o'zi tarqatgan videodan ko'rinishicha, u ko'p ehtimol bilan Model S haydaydi. Model S va Model Xning ichki dizayni bir-biriga o'xshash bo'lgani uchun, anig'ini bilish qiyin. Uning nomiga yozilgan jarima qog'ozida ham avtomobilning qaysi rusumda ekani aniq aytilmagan.

Lekin Otabek Umarovning mashina tanlashdagi didi chakki emas ekan. :)

P.S.: O'zbekistonda kelasi yildan boshlab elektromobillarga import boji butunlay olib tashlandi. Faqat QQS (qo'shilgan qiymat solig'i - ayni paytda 20%) to'lansa bas. Demak, O'zbekistonga ham endi, qurbingiz yetsa, "Tesla" avtomobillarini olib kirishingiz mumkin.

@bmamadiev
🏎 Автомобилингиз учун 170 градус кенгбурчакли тасвирга олиш имкониятли XTREND Wide X3 автосигнализацияларини Terashop.uz интернет дўконидан сотиб олишингиз мумкин.

💰Нархи: 675 000 сўм

🛒Сотиб олиш: 👉 @terashop_uz

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади !
Forwarded from Terashop.uz | Дўкон (terashop bot)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Terashop.uz интернет дўконида сотилаётган кенг ассортиментдаги Pandora автосигнализацияларидан бири - Pandora dx90b 😎

💰Нархи: 1 715 000 cўм

🛒Cотиб олиш: https://bit.ly/33R3qLN

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади !

📞Мурожаат учун телефон: +99871 200 05 60

👉 @terashop_uz 👈
Forwarded from Terashop.uz | Дўкон (Jaxongir)
Xiaomi'нинг Redmi Note 6 ва Redmi Note 7 харидоргир смартфонларининг янги издоши бўлиши кутилаётган 📱Redmi Note 8 смартфонларини Ўзбекистонда биринчилардан бўлиб сотиб олинг😍😍😍
📋Техник тавсифи:
- Qualcomm SDM665 Snapdragon 665 процессори;
- 6.3'' дюмли IPS LCD экран;
- 64GB'лик ички хотира;
- 4GB'лик тезкор хотира💪🏻
- 48+8+2+2Мегапикселли асосий камера;
- 13Мегапикселли олд камера;
- 4000 мА/соатлик аккумулятор;
- Corning Gorilla Glass 5 ойнали ҳимоя.

💰Нархи ва 🛒Сотиб олиш: 👉 @terashop_uz

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб БЕПУЛ етказиб берилади !

📞Мурожаат учун телефон: +99871 200 05 60
Forwarded from Terashop.uz | Дўкон (Jaxongir)
📱iPhone 11 смартфонларини қайси ранги керак дегандингиз😉
Бизда ҳамма рангидан бор😎

📋Техник тавсифи:
- Apple A13 Bionic процессори;
- 6.1'' дюймли Liquid Retina IPS LCD экран;
- 64GB'лик ички хотира;
- 4GB'лик тезкор хотира;
- 12+12Мегапикселли асосий камера;
- 12Мегапикселли олд камера ( SL 3D camera )😍
- 3110 мАсоатлик аккумулятор;
-IP68 стандарти бўйича сув ва чангдан ҳимоя;

💰Нархи ва 🛒Сотиб олиш: 👉 @terashop_uz

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб БЕПУЛ етказиб берилади !

📞Мурожаат учун телефон: +99871 200 05 60
Forwarded from Terashop.uz | Дўкон (Jaxongir)
PlayStation ўйинлари ишқибозлари борми?
Terashop.uz интернет дўконида симсиз геймпадга эга бўлган 🎮PlayStation 4 Limited Edition+Destiny: The Taken King ўйин консолларини сотиб олишингиз мумкин😎

📋Техник тавсифи:
- AMD Jaguar x86-64 процессори
- 500GB'лик ички хотира;
- 8GB'лик тезкор хотира;
- Blu-ray, DVD, CD орқали ўйнаш мумкин
- 3D қўллаш имкони бор.

💰Нархи ва 🛒Сотиб олиш: 👉 @terashop_uz

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб етказиб берилади !

📞Мурожаат учун телефон: +99871 200 05 60
Forwarded from Terashop.uz | Дўкон (Jaxongir)
Юртимиздаги энг харидоргир iPhone'лардан бири - 📱iPhone XS 😍😍

📋Техник тавсифи:
- Apple A12 Bionic процессори;
- 5.8” OLED экран;
- Ички хотира: 64 Gb;
- Теpкор хотира: 4Gb;
- 12+12Mpx асосий камера ҳамда 7 Mpx олд камера;
- Батарея қуввати: 2658 mAh;
- IP68 стандарт бўйича сувдан ҳимоя;

💰Нархи ва 🛒Сотиб олиш: 👉 @terashop_uz

📦Харидингиз Ўзбекистон бўйлаб БЕПУЛ етказиб берилади !

📞Мурожаат учун телефон: +99871 200 05 60

👉 @terashop_uz 👈
Тошкент "ГАИ"лари йўл ҳаракат қоидаларини бузгани учун жазоланди

Батафсил: https://sof.uz/vxjm

Энг сўнгги хабарларга обуна бўлинг: 👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEEO3xwkg3C8h_jAew
ФВВ “Қамчиқ” довонидаги вазият туфайли ҳайдовчиларни огоҳлантирди

Батафсил: https://sof.uz/ej5

Энг сўнгги хабарларга обуна бўлинг: 👉 https://t.me/joinchat/AAAAAEEO3xwkg3C8h_jAew
Forwarded from Vashington kundaligi
#Technology

Tesladan yangi tuhfa

Elektromobillar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lgan "Tesla" kompaniyasi "Cybertruck" deb atalgan yangi pikap mashinasini taqdim etdi.

Kuzov o'ta mustahkam po'latdan tayyorlangan. Namoyish paytida eshigiga 2-3 marta katta bolg'a bilan urishdi, qilt etmadi. Hatto 9 mm.gacha bo'lgan o'q ham o'tmaskan undan.

Oyna ham o'ta chidamli. Kuchli zarbalarga dosh beradi. Ammo namoyish paytida oynaga qarab og'ir soqqani otishgan edi, unga darz ketdi. Bu kutilmagan holat bo'ldi.

Boshlang'ich narxi $39,900. Uch xil versiyada ishlab chiqariladi. Eng qimmati $69,900 bo'lishi kutilyapti.

Qimmat versiyasi uchta motordan iborat bo'ladi. 100 km. tezlikka 2,9 sekundda chiqadi. Batareyasi to'liq zaryadlanganda yaqin 1000 km.gacha yo'l bosadi. Olti tonnadan ortiq yukni torta oladi.

Xullas, texnik ko'rsatkichlarining barchasi deyarli fantastika, ya'ni bozorda hali unga raqobat qila oladigan pikap mashina mavjud emas.

Eng ko'p hayratlarga sabab bo'lgan narsa bu emas, balki uning dizayni. Kompaniya rahbari Ilon Maskning o'zi bu mashina dizayni fantastik fillmlardan olingan g'ayriddiy, umuman o'xshashi yo'q ko'rinishda bo'lishini aytgan edi va shunday bo'lib chiqdi.

Bu ko'rinishni yoqtirganlar bo'ldi, yoqtirmaganlar bo'ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda, OAV xabarlarida hozir aynan shu dizayn bo'yicha qattiq bahslar ketyapti.

Bu mashina amerikaliklar uchun mo’ljallangan. Chunki amerikaliklar “pickup truck”larni sevishadi. AQShda eng xaridorgir modellar sedan emas, balki aynan shu segmentga mansub mashinalar hisoblanadi.

Dizayn sizga yoqdimi? Pastdagi qo'lchalar orqali ovoz bering.

@bmamadiev