Cardioscience❤️
7.68K subscribers
370 photos
16 videos
178 files
462 links
Fundamental Kardiologiyaga bag'ishlangan tibbiy kanal.
YouTube sahifamizga obuna bo'ling:
YouTube.com/@cardioscience_asmi
Reklama uchun: @cardioscience_admin
Online konsultatsiya uchun: @Dr_Abduvaliyev_asmi
Download Telegram
Bir portlatamizmi qani
👍10🔥5😁4👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🖥Maroqli tamosha tilaymiz


🤩Maximal repost qilishni unutmang🔝

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵 Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥6❤5🔥1🐳1
⚡️ Gipokaliyemiya (Hypokalemia)

🩸 Ta’rifi:
Qonda kaliy miqdori 3.5 mEq/L dan past bo‘lishi.
👉 Juda keng tarqalgan elektrolit buzilishi.
EKG o‘zgarishlarini erta aniqlash muhim, chunki ular og‘ir aritmiyalarni oldindan ko‘rsatadi.

🧠Patofiziologiya

Kaliy
💊 — yurak hujayralarining elektr faoliyatini boshqaradi.
Kaliy kamayganda:
• Membrana potensiali o‘zgaradi ⚡️
• Repozarizatsiya cho‘ziladi ⏳
• Hujayralar qo‘zg‘aluvchanligi ortadi ⚠️
➡️ Natijada yurak ritm buzilishi (aritmiya) paydo bo‘ladi.

📉 EKGdagi o‘zgarishlar

Kaliy kamaygan sari belgilar kuchayadi
⤵️

1️⃣ T tishchasi yassi yoki manfiylashadi — bu gipokaliyemiyaning eng erta belgilaridan biri hisoblanadi.
2️⃣ U tishchasi paydo bo‘ladi — bu eng xarakterli belgi bo‘lib, odatda V2–V4 qo‘rg‘oshinlarda ko‘rinadi.
3️⃣ ST segmenti pasayadi — bu holat ishemiyaga o‘xshab ko‘rinishi mumkin, shuning uchun ehtiyot bo‘lish kerak.
4️⃣ QT (aslida QU) oralig‘i uzayadi — repoza­rizatsiya jarayoni cho‘ziladi.
5️⃣ P tishchasi kattalashadi va PR oralig‘i uzayadi — bu esa AV tugun orqali o‘tkazuvchanlik sekinlashayotganini bildiradi.

🚨 Asoratlar
• ❤️ Yurak aritmiyalari (PVC, VT, VF)
• 💊 Digitalis toksikligi (digoksin ichayotgan bemorlarda xavf yuqori)
• 💪 Mushak kuchsizligi va falaj
• 😮‍💨 Og‘ir holatda — nafas yetishmovchiligi

➕ Davolash:

1️⃣ Kaliy o‘rnini to‘ldirish
• Og‘iz orqali: Panangin, KCl eritma
• Og‘ir holatda tomir ichiga (ehtiyotkorlik bilan!) 💉

2️⃣ Sababni aniqlash va tuzatish
• Diuretikni to‘xtatish
• Qusish, diareyani davolash
• Gormonal sabablarni bartaraf etish

3️⃣ Magniy darajasini ham tiklash 🧲
• Gipomagnezemiya → gipokaliemiyani yanada kuchaytiradi

4️⃣ EKG monitoring 🫀
• Ayniqsa tomir orqali kaliy berilganda

🩻 Differensial tashxis

Gipokaliyemiya EKG o‘zgarishlari quyidagilar bilan adashishi mumkin:
• Ishemik yurak kasalligi 🫀
• Gipokalsemiya / Gipomagnezemiya ⚗️
• Brugada sindromi 🧬

🚀 Maximal repost qilishni unutmang.

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤2❤‍🔥1
Kecha Fundamental Aritmologiya-EKG kursimizni birinchi qaldirg’ochlarini parvozga uchirdik. Birozdan so’ng ularning fikrlari haqida kanalga postlar joylayman.
❤2
Men @cardioscience akademiyasining Fundamental kardiologiya – EKG kursini tugatdim 🎓
Ammo yuragim hanuz tinch emas — sababi kursimiz tugadi 😅

Siz kirgan paytda yuragimiz sinus ritmida ishlardi, lekin test va keyslar payti kelganda – to‘liq taxikardiya boshlanardi 😂
Siz darsda faqat yurakni emas, bizni ham “auskultatsiya” qilib, kim uxladi, kim chalg‘idi, darrov bilardingiz 😄

Sizdan o‘rganganlarimiz — haqiqiy “antiaritmik” bilimlar! Endi yurakni eslasak, EKG chizig‘imiz ham xursandchilikdan yuqoriga chiqadi 💓

Endi kurs tugadi… lekin yurakdagi “bo‘shliq”ni hech qaysi “stent” to‘ldira olmaydi 😢
Siz savol savob qilganizda yurak ishemiyaga tushadi, ustoz! 😂

Rahmat sizga — sabr, bilim va kulgu bilan yurakni o‘rgatganingiz uchun!
Siz haqiqiy “kardiostimulyator”siz — yurakni nafaqat urdiradigan, balki kuldiradigan
inson! ❤️‍🔥

@cardioscience akademiyasi abituriyentlari sizni sog‘inadi, ustoz — chunki endi yurak faqat fiziologik uradi, ammo sizdek ustozsiz — hissiy ritm yo‘q! 😄

Fundamental aritmologiya-EKG 1-guruh talabasi Xusniddinning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4
Aritmologiya + EKG kursida kardiologiyaga oid ma'lumotlar sifatli tashkil qilingan bòlib, bunda eng oxirgi klinik protokollardan va talaba klinik fikrlashini oshiradigan kasalliklar tòĝrisidagi ma'lumotlardan foydalanilgan.Kursni tashkil qilishda qatnashgan barchaga rahmat aytib qolaman , sira ilm ulashishda charchamanglar!!! Ustoz sizga alohida rahmat!!!

Fundamental aritmologiya-EKG 1-guruh talabasi Shaxzodbekning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1🤩1
Men @cardioscience akademiyasining "Fundamental kardiologiya-EKG" kursini o'qib tamomladim. Juda ko'p bilimlar oldim. Bu uchun ustozimizga kattakon rahmat. Barchasi men o'ylaganimdanda a'lo bo'ldi. Barchaga tavsiya qilaman🎊

Fundamental aritmologiya-EKG 1-guruh talabasi Munisaxonning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥2❤1👍1
Aritmologiya + Ekg kursi

Men bu kursda juddayam köp narsa örgandim avvalam bor ustozimga rahmat örganish uchun oson qiziqarli va eng muhumi malumotlarga boy bölgan bu kursni tashkillashtirganlari uchun
Eng yaxshi sarmoya bu ilmga yönaltirilgan sarmoyadir
🫠🖇

Fundamental aritmologiya-EKG 1-guruh talabasi Sevinchning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥1❤1👍1🙈1
Aritmologiya+EKG kursi kardiologiyada eng oxirgi zamonaviy bilimlar bilan boyitilgan ajoyib kurs bo'ldi. Raxmat!

Fundamental aritmologiya-EKG 1-guruh talabasi Jamshidbekning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
🧬Giperkaliemiya — bu qonda kaliy (K⁺) miqdorining 5,1 mmol/L dan yuqori bo‘lishidir.

🚨Asosiy sabablari:
• Buyrak yetishmovchiligi
• Kaliy tejovchi diuretiklar (spironolakton, triamteren)
• ACE ingibitorlari, ARBlar, NSAIDlar
• Gemoliz, rabdomioliz, kuyishlar
• Metabolik atsidoz
• Addison kasalligi

🫀Klinik belgilar:
• Mushaklarning kuchsizlanishi, falajgacha
• Yurak ritmi buzilishi (asosan bradikardiya)
• Yurak to‘xtashi (og‘ir holatda)

↗️ EKG belgilar:

1. T tishchasi — baland, tor, cho‘qqili (“Euffil tower” shaklli)
2. P tishchasi — yo‘qoladi yoki pasayadi
3. PR intervali — uzayadi
4. QRS kompleksi — kengayadi
5. Og‘ir holatda — sine to‘lqin shakli (asistoliyaga o‘tishi mumkin)

➕ Davolash tamoyillari:
• Kaliy kiritilishini to‘xtatish
• Kalsiy glyukonat — yurakni himoya qiladi
• Insulin + glyukoza — kaliyni hujayraga o‘tkazadi
• NaHCO₃ (natriy gidrokarbonat) — atsidozni kamaytiradi
• Furosemid yoki gemodializ — kaliyni chiqaradi

🚀 Maximal repost qilishni unutmang.

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun online "Fundamental aritmologiya-EKG " kursimizda suhbat bo'lib o'tdi.

Ushbu suhbatda:
1.Kursimizning olib borilishi tartibi
2.Qonun qoidalar
3.Kursimiz taqdimoti
4.Kurs materiallaridan namunalar

haqida batafsil malumot berib o'tdim.


Sizlarga ham qiziq bo'lsa tinglashingiz mumkin.
❤2
Assalomu alaykum, xurmatli intensiv kardiologiya kursi jamoasi, ustozlari, tashkilotchilari! Men 1 oy davomida ushbu kursni o'qib tugatdim, ushbu davr mobaynida xali o'qib-o'rganib ulgurmagan juda ko'p tibbiy bilimlarga, ma'lumotlarga, ko'nikmalarga va malakalarga ega bo'ldim, bunda menga masofadan turib jon-jahdi bilan ilm o'rgatgan, bilmaganlarimni bildirgan xurmatli ustozim - Usmonova O'g'iloyga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, juda kotta raxmat bergan bilimlariz uchun, darslar juda qiziqarli, intensiv, tashkil qilingan, ko'rgazmali materiallar ko'p, shu o'rin da bosh tashkilotchi Xusniddin Abduvaliyevga alohida raxmat, shu kabi eng kerakli va qiziqarli tibbiy kurslar tashkil qilishDan charchamang, barchasi uchun raxmat, ustozlar, ilmlariyla ziyoda bo'lsin👍💐🙏

Intensive kardiologiya 3-guruh talabasi Azimetova Dilobarxonning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Tez kunda…..
❤7🔥2🤩1
Wellens sindromi

Ta’rifi:
Wellens sindromi — bu chap oldingi tushuvchi koronar arteriya (LAD) ning og‘ir torayishi yoki to‘silishiga xos EKG o‘zgarishlari bilan namoyon bo‘ladigan holat. U miokard infarkti boshlanishidan oldingi ogohlantiruvchi belgidir.

⚡️ Patofiziologiya:

Wellens sindromida LAD arteriya vaqtincha to‘siladi va qayta ochiladi (reperfuzion jarayon). Shu sababli, miokard qisqa vaqtli ishemiya va reperfuzion shikastlanishga uchraydi. Bu esa ST segment va T tishchasida o‘zgarishlarga olib keladi.

📊 Wellens sindromining turlari:

A-tip (1-tip): T tishchasi ikki fazali (boshlanishi musbat, keyin manfiy).

B-tip (2-tip): T tishchasi chuqur, simmetrik va manfiy shaklda.

📈 EKG belgilari:

V2–V3 (ba’zan V4–V6) tarmoqlarda T tishchasi o‘zgarishlari

ST segment odatda izoelektrik yoki biroz pasaygan

Q tishchasi yo‘q, ammo R tishchasi saqlanib qolgan

Normal yoki ozgina ko‘tarilgan ST bo‘lishi mumkin

Sinus ritm saqlanadi

⚕️ Klinik ahamiyati:

Bu sindrom — to‘satdan to‘liq LAD o‘tkazmasi rivojlanishidan oldingi so‘nggi ogohlantiruvchi signal. Davolanish kechiksa, oldingi devor infarkti yuz beradi.

🚨 Davolash:

1.Hech qachon stress-test o‘tkazilmaydi! (bu yurak infarktini qo‘zg‘atishi mumkin)

2.Zudlik bilan koronar angiografiya va revaskulyarizatsiya (stent yoki bypass)

3.Antiagregantlar (aspirin, klopidogrel)

4.Antikoagulyantlar (heparin)

5.Beta-blokatorlar va nitratlar ( ehtiyotlik bilan )



🤩Maximal repost qilishni unutmang🔝

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵 Telegram | 📹YouTube | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Tinglab ko’ring!!!!

Bugun navbatdagi Aritmologiya + EKG kursimizning songgi darsi bo’lib o’tdi.
O’quvchilarga sertifikatlar topshirildi.

O’quvchilarimizda olgan bilimlari orqali kursdoshlari va ustozlari orasida o’zini korsata olayotganini va ushbu kardiologiya va Aritmologiya soxasida o’zini ko’ra olayotganini bilish orqali ozimizda faxrlanish xissi paydo boldi.

Demakki qilgan mehnatlarimiz oz samarasini bermoqda😊😊😊
🔥2❤‍🔥1
⚡️ Brugada sindromi (Brugada syndrome)

Brugada sindromi — bu irsiy yurak ritm buzilishi bo‘lib, yurakning tuzilmasi sog‘lom bo‘lsa ham, qorincha aritmiyalari va to‘satdan yurak o‘limi xavfini keltirib chiqaradi.

Asosiy belgisi — EKGda o‘zgargan ST segment (xususan, V1–V3 qo‘shimchalarida “kupola” shaklidagi ST ko‘tarilishi) bilan namoyon bo‘ladi.

🔬 Patogenez:

Brugada sindromi yurak mushak hujayralaridagi natriy kanali (SCN5A geni) mutatsiyasi tufayli yuzaga keladi.
➡️ Bu natijada natriy oqimi kamayadi, depolyarizatsiya sekinlashadi va repolyarizatsiya nomutanosibligi paydo bo‘ladi.
Natijada yurakning o‘ng qorinchasi (ayniqsa, o‘ng qorinchasi chiqish qismi) elektr beqaror holatga keladi va qorinchalar fibrillyatsiyasi rivojlanishi mumkin.

⚙️ Turlari (EKG ko‘rinishiga ko‘ra):

1-tur (diagnostik turi) — V1–V3 da “kupola” shaklidagi ST ko‘tarilishi (≥2 mm), so‘ngra T to‘lqin teskari bo‘ladi. Bu eng tipik va xavfli ko‘rinish.
2-tur — “egarsimon shaklida” (saddle-back) ST ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi, bu nisbatan kamroq tipik shakl.
3-tur — ST segment ko‘tarilishi <1 mm bo‘ladi, ko‘rinishi noaniq, diagnostik ahamiyati past.

🧬 Sabablari:

Genetik mutatsiya (SCN5A geni) — asosiy sabab

Ba’zan boshqa genlar: CACNA1C, CACNB2, SCN1B va boshqalar

Ayrim holatlar uni kuchaytirishi yoki “namoyon” qilishi mumkin:

Isitma (gipertermiya)

Dori vositalari: flekainid, prokainamid, ajmalin, tritsiklik antidepressantlar

Alkogol, ko‘p ovqatlanish, stress yoki uyqusizlik

⚠️ Klinik belgilar:

To‘satdan hushdan ketish (sinkopa)

Kecha, uyqu paytida yoki tinch holatda yuz beradigan aritmiyalar

To‘satdan yurak o‘limi (ko‘pincha yosh erkaklarda)

Yurak urishining to‘satdan tezlashishi (palpitasiyalar)

📉 EKG xususiyatlari:

ST segmentning V1–V3 da ko‘tarilishi (kupola yoki egar shaklida)

O‘ng to‘siq blokadasiga o‘xshash QRS kompleksi

Ba’zan PR intervali cho‘zilgan yoki QRS kengaygan

💊 Davolash:

Brugada sindromi — farmakologik davosi cheklangan, ammo aritmiyalarni oldini olish mumkin.

ICD (Implantable Cardioverter-Defibrillator)

Eng samarali usul, o‘lim xavfini sezilarli kamaytiradi.

Ayniqsa, hushdan ketish yoki ventrikulyar fibrillyatsiya o‘tkazgan bemorlarga o‘rnatiladi.

Dori bilan davolash:

Quinidine — nafaqat QTni uzaytiradi, balki aritmiya xavfini kamaytiradi.

Isitmani davolash (antipiretiklar) muhim! Chunki isitma EKG belgilarini kuchaytiradi.

Taqiqlanadigan dorilar:

Flecainid, ajmalin, prokainamid

Amitriptilin, litiy, propofol, bupivakain va boshqalar
(Bular natriy kanallarini to‘sib, sindromni kuchaytiradi.)

💡 Profilaktika:

Isitmani vaqtida tushirish

Taqiqlangan dorilardan voz kechish

Kuchli jismoniy zo‘riqish va ortiqcha stressdan saqlanish

Oilaviy anamnezda to‘satdan yurak o‘limi bo‘lsa — EKG skriningi o‘tkazish



🤩Maximal repost qilishni unutmang🔝

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵 Telegram | 📹YouTube | 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍2
Assalomu alaykum
Men fundamental kardiologiya va aritmologiya + EKG kursini tugatib nazariy va amaliy bilimlarimni yetarli darajada kuchaytirdim .
Abduvaliyev Xusniddinjon va Sheraliyevna . O’ ustozlarimiz bizga o’zlarida bor bo’lgan jamiki bilimlarini berishga va o’rgatishga harakat qildi . Men shuni ishonch bilan ayta olamanki ushbu kurs judda foydali va manfa’tli bo’ldi . Ushbu kursni bo’lajak doctorlarga va hozirda ishlayotgan shifokorlarga tavsiya qilaman chunki o’qib o’rgangan nazariy bilimingzni amalyotda sinab ko’rganingizda va uning mohiyati nima ekanligini tushunish va boshqa vrach yoki talabaga tushunitirib bera olish bu judda katta yutuq va shu ko’nikma va bilimlaringiz yetarlicha bo’lishi bu eng katta muvaffaqiyatdur . Men shu kurs orqali anshu bilimlarni oldim .
Men Samarqand davlat tibbiyot unversiteti talabasi ushbu kursni noldan boshladim va oxirga bugun yetkazdim tahmiman 5-6 oy davom etdi kurs materiallari judda sodda eng so’ngi malumotlar asosida yaratilgan va dars jarayonlari savol javoblar quiz testlar asosida o’tkazilishi bizning bilimlarimizni har tamonlama kuchatirish uchun hizmat qildi.
Men erishgan yutuqlarim ushbu kursdan bemorga qilinadigan dorilarni tasir mehanizmi va kasalliklar klinkasi , diagnostikalashni chuqur o’rgandim . Ayniqsa EKG ni o’zim mustaqil o’qib yoza oladigan bo’ldim .

Fundamental aritmologiya-EKG 2-guruh talabasi Mirjalol akaning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2❤1
Men Cardioscience akademiyasining Aritmiologiya+EKG kursini tamomladim
Oʻzim uchun koʻplab malumotlar oldim
Kurs soʻnggi kardiologiyaga oid malumotlar bilan bpyitilgan oson va tushunarli
EKGtahlillari ham birmabir olib boriladi
Bergan bilimlaringiz uchun rahmat ustoz Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin

Fundamental aritmologiya-EKG 2-guruh talabasi Dilraboxonning kursimiz haqida fikrlari.

✅Kurslarimiz haqida talabalarning fikri: @feedback_cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🖥Maroqli tamosha tilaymiz


🤩Maximal repost qilishni unutmang🔝

✨Bizga obuna bo'ling:
🔵 Telegram | 🌐Instagram | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍3
🔥Do’stlar ayni paytda you tube tarmog’imizda obunachilar soni 3600 dan ortdi.

⭐️Bizni qo’llab turgan barchaga rahmat.!!!!

Bizning you tube sahifamiz :
▶️ YouTube.com/@cardioscience_asmi

🟢🟢🟢Qo’shilmagan bo’lsangiz qo’shilib oling.

⚡⚡⚡Kanalimizda 120 dan ortiq kardiologiya yo’nalishiga aloqador videodarsliklar bor.

🌐 T.me/cardioscience
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👏4🤩2👍1🔥1🏆1