Captain's channel
3.4K subscribers
12 photos
13 videos
6 files
24 links
ADTI 6-kurs talabasi Xo’jamyorov Muhammadrizoning tibbiyotga doir kanali

Aloqa: @mukhammadrizo_x
Download Telegram
#mini_olimpiada

08.10.2023 sanasida Captain's channel tomonidan tashkil qilingan guruhda mini olimpiada bo'lib o'tadi

🎖Olimpiada YouTube platformasidagi "Kushing Sindromi" ga oid quyidagi videolarimiz asnosida bo'lib o'tadi (ya'ni qatnashish istagidagilar ushbu videolarni to'liq ko'rib chiqqan bo'lishlari kerak)

1. https://youtu.be/wiSVYbwlMAc
2. https://youtu.be/oixoEjPGu-M

🏆Sovrinlar:

🥇 "Biokimyo Vaziyatli Masalalar To'plami" kitobimiz
🥈Patologiya kursimiz uchun 100 ming so'm chegirma (2 oyga)
🥉Biokimyo kursimiz uchun 100 ming so'm chegirma (2 oyga)

Qatnashish uchun @captainsmanager akkauntiga murojaat qiling.

🚀Tibbiyot talabalariga ulashing

Telegram | YouTube | Instagram
blokadalar.pdf
45.6 MB
#ecg

BLOKADALAR (to'liq, o'zbek tilida)

Ushbu kitobning "Blokadalar" bo'limini to'liq tarjima qilib chiqqanman.

Inshaalloh barcha talaba va shifokorlar uchun juda foydali bo'ladi.

Ekg o'rganayotgan yaqinlarga va tibbiy guruhlarga ulashamiz🚀


Telegram | Instagram | YouTube
Create new note.pdf
7.3 MB
#ecg

EKG dagi 12 tarmoq (o'zbek tilida)

Muallif: Muhammadrizo

Ekg o'rganayotgan yaqinlarga va tibbiy guruhlarga ulashamiz🚀

Telegram | Instagram | YouTube
Qandli diabet .pdf
7.3 MB
#pathology

QANDLI DIABET I VA II-TIPLARI

Shunchaki ochib ko'ring va baho bering

Ushbu darsga oid YouTube dagi videodarsni ko'rish uchun link ustiga bosing- LINK

🖥 by Mukhammadrizo

Telegram | YouTube | Instagram
#alhamdulillah

2023-yil uchun rejada YouTube kanalimiz obunachilari sonini 1000 taga yetkazishni niyat qilgan edik.Allohga shukur bu rejamiz ham amalga oshdi.

Nasib bo'lsa hali bizda juda ko'p yangiliklar bor

Youtube kanalimiz: https://youtube.com/@captainofasmi

Alloh nasib qilmaganni hayol qildirmas
Hazrati Usmon ibn Affon r.a.

Captain M.D.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil rejalarimning soʻnggisi ham tugadi.177 qismdan iborat House M.D. tugadi.

Kun tartibimda endi katta oʻzgarish boʻladi. Chunki rejam boʻyicha uni har kuni koʻrishim kerak edi.
😩

House M.D. ni birinchi martta koʻrishni 3 yil oldin boshlaganman.Lekin u paytda na tibbiyotdan normal bilimim bor edi, na ingliz tilini bilardim.
😴

Lekin uni ingliz tilida koʻrishni davom etdim.
🤝

....dastlab subtitr bilan koʻrar edim, orada birorta inglicha soʻzni tushunsam xursand boʻlib ketar edim....

....koʻrishda davom etdim, subtitrda ancha tushunadigan boʻlib qoldim...

....koʻrishda davom etdim, subtitr bilan bemalol tushunadigan darajaga yetdim...

....koʻrishda davom etdim, subtitrsiz ham bemalol tushuna oladigan boʻldim...
👏

Bu payt davomida tibbiy bilimimni ham ancha oʻstirdim. Serialni bemalol tushunish bilan birgalikda, ba'zi hollarda bemorga toʻgʻri diagnoz paytlarim ham boʻldi.

Serial boshida men bilan kasallik haqida gap ketsa, oʻzimga sigʻmay ketardim.Oxiriga borib men serialda aytiladigan 90% kasallikni oʻrganib boʻlgan edim.Oddiy hol boʻlib qoldi.
😐

IELTS dan ham speakingga tayyorlanmaganman. Shu Houseni koʻrganim boʻyicha ortiqcha tayyorlanmay topshirib chiqqanman. Speakingdan 6 olganman.
😮

Bundan oldingi postda yozganimdek "exx qancha narsa oʻrgandim bu House dan".....
🥰

Kimgadir oddiy holdek tuyilar, lekin bu serialni koʻrib tugatganim men uchun katta oʻzgarish boʻldi...☕️

@muhammadrizo_captain
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕖2023- yil ham oʻz nihoyasiga yetib bormqoda. Bizning Captain's Channel ham yana bir yoshga ulgʻaydi. Men 2023-yilning boshida kichik bir qogʻozga shu yil uchun rejalarimni yozib chiqqandim. Hozir siz azizlarga bularning natijasini ulashish uchun ushbu postni oʻzgacha hayajon bilan yozyabman. Unda boshladik😐

1. Biokimyo kitobimni chiqarish🙂

-Bu rejani tuzgan paytimda kitobga harakat endi boshlangan edi.Uni chiqarish men uchun katta bir orzu edi. Kitobni 19- mart kuni ommaga e'lon qildik. Hozirda 100 dan ortiq nusxada sotilgan. Inshaalloh 2024 yil ham kitoblar yili boʻladi. Yangiliklar koʻp - koʻrish uchun

2. Planshet sotib olish 🙄

- 1-iyul kuni ruchkali Samsung planshet sotib oldim.Bu ishlarimni oʻzim oʻylagandan koʻra koʻproq oldinga yurgazib yubordi. Koʻp yangiliklar qilganman - koʻrish uchun

3. Telegram kanalim obunchilari sonini 3000 tadan oshirish 😏

-Bu rejani tuzgan paytimda obunachilar 1000 ta atrofida edi. Hozir koʻrib turganingizdek 3500 dan ortiq. 10-oktyabr kuni 3000 tadan oshgan obunachilar - koʻrish uchun

4. YouTube kanalim obunachilari sonini 1000 tadan oshirish 😃

-Reja yozilgan paytda YouTube kanalni endi ochgan edim. 15- oktyabr kuni obunachilar 1000 tadan oshdi, hozir 1200 dan ortiq - koʻrish uchun

5. Dadamga mashina sovgʻa qilish😍

- Ba'zi sabablarga koʻra 2024-yilga qoldi. Alloh nasib qilsa 2024- yilni yarmigacha amalga oshirishga harakat qilaman.

6. Talabalar oʻrtasida ularni ragʻbatlantirish maqsadida olimpiada oʻtkazish 😛

- 8-oktyabr kuni mini olimpiada oʻtkazdik. Yuqori oʻrin olganlarni taqdirladik - koʻrish uchun

7. Tanlab qoʻygan 20 ga yaqin kitobni oʻqish 😮

-Hammasini oʻqib chiqdim. Oxirgi kitob ya'ni Baxtiyor oila 27-dekabr kuni tugadi - koʻrish uchun

8. Doctor House serialini koʻrib tugatish🤫

- 28-dekabr kuni koʻrib tugatdim. Bu uchun alohida foydali post yozganman. Oʻqimagan boʻlsangiz oʻqib qoʻyishni maslahat beraman - koʻrish uchun

9. Oʻquv kursimizni tugatgan talabalar bilan uchrashish 🍸

- Bu ham 2024 ga qoldi. Vaqt boʻlgan paytda iloji boʻlmadi. Iloji boʻlgan paytda vaqt boʻlmay qoldi.

10. YouTubeda patologiya playlisti tashkil qilib, videolarni toʻliq joylash ☕️

-Umumiy patologiya videolarini toʻliq joyladim. 12- aprel kuni yakunlangan - koʻrish uchun

11.Immunologiya, Farmakologiya, Patologiya, Kardiologiya va EKG larni tugatish 🫡

- Hammasi oʻqib chiqdim. Koʻpidan kontent ham qilganman

🎁Yana qoʻshimchasiga bu yilda Samandarxoʻja bilan dastlab hamkorlik, keyinchalik yaqin doʻstlik aloqalarini yoʻlga qoʻydik. Bir-birmizni oʻzimiz oʻylagandanda koʻproq rivojlanishimizga sabab boʻldik, shuning uchun buni ham yutuq desa boʻladi.

Bu rejalarni tuzgan paytimda qandaydir miqdorda men uchun bular katta orzu edi.Lekin deyarli hammasi amalga oshdi. 2024 dan umid ancha katta , yana ham katta rejalar qoʻyganman oldimga 😏

Alloh nasib qilmaganni hayol qildirmas
Hazrati Usmon ibn Affon r.a.

Hurmat bilan Muhammadrizo
Fargʻona, Dangʻara | 12:55

@captainofasmi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin orada nasib boʻlsa Oʻzbek tibbiyotiga biz tomonimizdan yangi kitob va ushbu kitobga oid videodarslar kirib keladi.

"Nefrologiya" (Renal System) kitobimiz va videodarslarimiz toʻliq USMLE tizimida tayyorlangan boʻlib, shu qismga oʻzbek tilida tayyorlanish imkonini beradi😎

🔵Taklif va murojaatlar uchun: @mukhammadrizo_x
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitobimizdan demo (namuna) dars ulashamiz😎
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
nefrotik sindrom.pdf
32 MB
#demo

Oʻtkir Glomerulonefrit: Nefrotik Sindrom😎

"Nefrologiya" kitobimizning Patologiya bobiga oid qismi✖️

Kitobda jami 36 ta mavzu boʻlib, hammasiga video dars olingan
🛍

Quyida ushbu mavzuga oid videodarsni koʻrishingiz mumkin

Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#demo_video

Oʻtkir Glomerulonefrit: Nefrotik Sindrom uchun olingan videodars

Telegram | YouTube
"Nefrologiya" kitobimiz quyidagi mavzulardan iborat va bularning barchasi uchun videodarslar olingan.

Kitob toʻliq USMLE tizimida yozilgan boʻlib, ushbu qism uchun toʻliq tayyorlanish imkonini beradi

Kitoblarmizni keyingi haftadan yetkazib berishni boshlaymiz nasib boʻlsa.Lekin siz bugundan boshlab videodarslarimizni olib foydalanishingiz mumkin😐

Faqat bugun videodarslar uchun katta chegirma qilib beramiz va bunday chegirma keyinchalik boʻlmasligi mumkin😮

🕊Jami 36 ta videoning asl narxi - 200 ming soʻm
🔘Bugun chegirmada - 149 ming soʻmga olishingiz mumkin

🚀Murojaat uchun: @captainsmanager

🔵Telegram | 🟥YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#obunachidan

"Nefrologiya" kitoblarimiz va videodarslarimizni sotib olgan obunachi opamizdan kreativ video

Siz ham kitoblarimiz va video darslarimizga buyurtma bering, tez va sifatli holda yetkazib beramiz inshaalloh

Murojaat uchun: @captainsmanager

Kitob taqdimotini YouTubeda koʻrish uchun link:
https://youtu.be/B5_npvVlNXE

Telegram | YouTube
❤️Yangicha koʻrinishda😊

⭐️Nefrologiya kitobi va videodarslariga buyurtma berish uchun profil:

😎@captainsmanager

🟥Kitob taqdimotini YouTube da tomosha qilish uchun quyidagi linkni ustiga bosing:
https://youtu.be/B5_npvVlNXE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream finished (35 minutes)
Buyurtma uchun profil: @captainsmanager
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM