Fosiq qo‘ygan bo‘lsa,
soqolda nima ayb..?
Odobsiz kiygan bo‘lsa,
hijobda nima ayb..?
Ketgan zolim bo‘lsa,
Hajning aybi nima..?
O‘qigan yolg‘onchi bo‘lsa,
Namozda nima ayb..?
Qori ilmiga amal qilmasa,
Qur’onda nima ayb..?
Musulmon yashamayotgan bo‘lsa,
Islomda nima ayb..?
Aybdorlarning kasriga,
aybsizlar qolmasin..!
soqolda nima ayb..?
Odobsiz kiygan bo‘lsa,
hijobda nima ayb..?
Ketgan zolim bo‘lsa,
Hajning aybi nima..?
O‘qigan yolg‘onchi bo‘lsa,
Namozda nima ayb..?
Qori ilmiga amal qilmasa,
Qur’onda nima ayb..?
Musulmon yashamayotgan bo‘lsa,
Islomda nima ayb..?
Aybdorlarning kasriga,
aybsizlar qolmasin..!
4
Inson ilk boshida bergan ahamiyati qadrlanadimi, qadrlanmaydimi, bilmaydi… Natijani esa so‘ngida ko‘radi.
Bergan ahamiyating javobsiz qolganida, ayni ahamiyatni takroran bera olmaysan. Loyiq bo‘lmagan insonga loyiq bo‘lganidan ortiq ahamiyat berib, ahamiyat berilishiga loyiq bo‘lganlar nohaq e’tiborsizlikni ko‘radilar.
Ahamiyat berish ishonch berish kabidir. Bir insonga birdan ortiq ahamiyat bera olmaysan. Buning faqatgina davomiyligiga ta’sir qila olasan.
Ishonch ham shunday. Bir insonga bir necha marotaba ishona olmaysan. Unutma, hayotingda ahamiyat bermoqchi bo‘lgan insonlaringni diqqat bilan tanla. Buni ham qulog‘ingga quyib ol: loyiq bo‘lmaganlarga ahamiyat berib, qanotingning bir tomoni ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan sensan.
Ko‘targaning kabi qayta tushirishni ham bilasan, bergan ahamiyatingni qaytarib ol.
Loyiq bo‘lmaganga loyiq bo‘lganidan ortiq ahamiyat berma, nihoyasi nima bo‘lishini bilasan.
Sen ba’zi narsalarning nihoyasi bo‘lma, boshlanishda go‘zalroqsan…

6
Ey mening jilovlashga qiynalayotgan nafsim, yetar endi, bekorchi narsalar bilan vaqt o‘tkazma. Bunchalar osonlik bilan gunoh qilma. Shahar darvozasiz deb o‘ylama. Chunki olgan nafasing ham o‘zingniki emas.
Ey mening gunoh bilan musobaqa qilayotgan nafsim, senga ishonganlarni zinhor aldama. Shu toliqqan badanga yana yuk ortma. Hech kim ko‘rmayapti-ku deb o‘ylama. Tashlagan har qadamingning bir kuzatuvchisi bor.
Ey mening kibr suviga cho‘milgan nafsim, zinhor boshqalarga tepadan boqma. Seni sevganlarning ko‘nglini vayron etma. Hech kim bilmaydi deb o‘ylama. Har narsani eshita oladigan bir Tinglovchi bor.
Nafsiga hukm o‘tkazish — olovni qo‘lda ushlab turishdek og‘irdir. Alloh taolo hammaga nafsini bo‘ysindirishdek qiyin g‘alabani nasib etsin.

1
Ijtimoiy tarmoqlar bilan muomala qilishni go‘yo u rabboniy nazoratdan xoli bo‘lgan bir maydon, farishtalarning hisobidan tashqaridagi joydek tasavvur qilish — zamonaviy balodir.
Inson bir so‘zni o‘ylamasdan yozib yuboradi, bir tugmani bosadi-yu, uning oqibati haqida to‘xtab o‘ylamaydi. Ammo yillar o‘tib, o‘sha so‘z o‘ziga qaytib kelganda, uni qanday qilib yozganiga, Alloh uni ko‘rib turgan paytda qanday jur’at qilganiga hayron bo‘ladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Banda o‘zi e’tibor bermagan holda bir so‘zni gapiradi va shu sababli u jahannamga mashriq bilan mag‘rib orasidan ham chuqurroq tushadi».
(Imom Buxoriy rivoyati)
Bu hadis minbarlarda aytiladigan so‘zlar uchungina emas.
Bu hadis — izohlarda yozilgan jumla, storisga qo‘yilgan ibora, masxara, g‘iybat yoki kibr bilan yozilgan postlar uchun hamdir.
Shubhasiz, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifangiz — bu sizning sahifangizdir.
Ammo u faqat odamlar ko‘radigan sahifa emas. U — aytgan so‘zlaringiz, yozgan jumlalaringiz va bosgan tugmalaringizni farishtalar yozib boradigan sahifa.
Va qiyomat kuni siz undagi har bir harf, har bir niyat va har bir ta’sir uchun so‘raladigan sahifaga aylanadi.
Bir kun kelib, bu sahifa oldingizga qo‘yiladi.
O‘chirdim deb o‘ylaganingiz ham unda bo‘ladi.
E’tibor bermay yozganingiz ham unda bo‘ladi.
O‘sha payt kelganda esa,
siz yozgan har bir harf haqida so‘raladi.
Va siz undan qanday javob berishingizni hozir o‘ylab ko‘ring.

2
Tarbiya bo‘yicha tajribaga ega olimlar aytishadiki, agar senda yosh farzandlar bo‘la turib uying doimo tartibli, chiroyli va toza tursa hamda hamma narsa tamoman o‘z joyida tursa, demak sen yomon ota ekansan. Chunki bolalar bo‘la turib doimiy tartibdagi uy mahrumlikka, qattiqqo‘llikka, yomon boshqaruvga dalolat qiladi. Doimiy tartibli uyda bolalarning bolaliklari o‘g‘irlanayapti, xayollari qamoqqa tiqilayapti, ruhlari oyoqosti qilinayapti.
Men uyda nizom va qonunlar bo‘lishiga qarshi emasman. Ya’ni, qonun va qoidalar hukmronlik qilmaydigan kichik jamiyatlar ham halokatga mahkumdir! Ammo shuni unutmaylikki, qonunlar bizning hayotimizni tartibga solish uchundir, uni o‘g‘irlash uchun emas.
Mening qarshi bo‘lgan joyim shuki, ko‘pgina ota-onalar, ayniqsa onalar uy-ro‘zg‘or anjomlarining tartibiga juda o‘ch bo‘lishadi. Ayollarning tabiiy instinkti erkaklarnikiga qaraganda tartibga o‘chroq. Ular nazarida uy jihozlari qurayshning e’zozlanadigan, qurbonlik qilinadigan butlari kabidir. Aslida bu jihozlarni ishlatish va manfaat olish uchun sotib olamiz, muqaddaslashtirish uchun emas. Biz bu to‘g‘rida mo‘tadil bo‘lmog‘imiz lozim.
Bolaning o‘yinga bo‘lgan ehtiyoji xuddi shoirning qasidaga bo‘lgan ehtiyojiga, daraxtning suvga bo‘lgan ehtiyojiga, oshiqning ma’shuqasiga bo‘lgan ehtiyojiga o‘xshaydi. O‘yin bola uchun shunchaki vaqt o‘tkazish emas. U o‘zini shakllantirish va olamni kashf qilishdir.
Qizchamizga dengiz bezgagi tekkanda tashxisdan ilgari faqat isitmanigina aniqlay oldik. Ammo men qizchamni qo‘g‘irchog‘ini quchog‘iga olib shunday deyayotganini eshitdim: “Azizim! Sen bemor bo‘lsang qorning og‘riydi, qayt qilging keladi ammo qila olmaysan. Sovuqdan titraysan, seni quchoqlariga olishlarini istaysan!” U shunday deb qo‘g‘irchog‘ini quchog‘iga oldi.
Farzandlarimiz kursi, stoli, gulli vazalarimiz, suratlar va joynamozlarimizdan muhimroqdir. Uyning kir bo‘lishi nimani bildiradi? Rangli qalamlarning sochilib yotishi, varaqlarning tartibsiz yotishi nimani anglatadi?! Ularni mahrum qilishning o‘rniga ular bilan shartnoma tuzaylik. Ular o‘ynab, yozib, chizib bo‘lganlaridan so‘ng narsalarni yig‘ishtirib joy-joyiga qo‘yishsin. Orqalarini tozalashni o‘rganishsin.
Sochilib yotgan qalam va varaqlar farzandlarimiz go‘daklik chog‘ini yashayotganini anglatadi.
Aziz onajonlar! Kir yuvish mashinangizning borligi sizning diktator emasligingizga, aksincha farzandlariga e’tiborli, ularning rioyasini qiladigan ajoyib ona ekanligingizga dalolat qiladi.
Bolalar bo‘lmagan uy chiroyli bo‘lsada qabristondan farqi yo‘q. Farzandi yo‘qlar uyni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborsa-da farzandlari bo‘lishini orzu qilishadi. Farzandi yo‘q ayol har soatda bitta idish sindirsa-da, kiyimlarini har daqiqada kir qilsa-da bolasi bo‘lishini orzu qiladi.
Va eng muhimi: Ularga qonunlarni o‘rgating. Ularni tartibga o‘rgating,
bolalarga yo‘l ko‘rsating, lekin ularning o‘rniga yurib bermang.
Ularni himoyalang, lekin o‘rniga yashamang. Ularni tarbiyalang. Ammo ularning qanotini kesmang, uchaverishsin!

Biror bir yaxshilikka dalolat qilar ekanmiz, eng katta e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan narsa — uslubdir. Chunki biz da’vat qilayotgan narsa aslida to‘g‘ri, haq bo‘lsa ham, qarshi taraf buni bilib turgan taqdirda ham, noto‘g‘ri uslub sabab u yo‘lga kirmasligi mumkin. Sababi esa oddiy — bu uning nafsiga og‘ir botadi.
Tasavvur qiling, kimnidir kitob o‘qishga targ‘ib qilmoqchisiz. “Kel, kitob o‘qiymiz”, deysiz. U esa rad javobini beradi. Siz bundan g‘azablanib, “Sen odam bo‘lmaysan, hamma o‘qisa ham sen o‘qimaysan”, qabilidagi so‘zlarni aytasiz. Balki shu birgina gap bilan uning qalbiga kitobga nisbatan umrboqiy nafratni joylab qo‘yayotgandirsiz.
Yoki yana bir holatni olaylik: bir inson xato qiladi. Siz esa uni to‘g‘rilamoqchi bo‘lib, xatosini yuziga solasiz, uni sindiruvchi so‘zlar bilan tanbeh berasiz. Natijada u to‘g‘ri yo‘lni emas, sizdan qochishni tanlaydi. Holbuki, xato ekanini muloyim so‘zlar bilan tushuntirib, keyin to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatsangiz, ehtimol u buni qalbi bilan qabul qilardi.
Shu bois biz har bir yaxshilikni Alloh rizosi uchun qilishimiz, bu yo‘lda sabr va matonat bilan turishimiz kerak. Chunki yaxshilikka da’vat — tez natija beradigan ish emas. Hatto eng oddiy ko‘ringan amallarni o‘rgatish ham katta sabr talab qiladi. Masalan, bir insonga suv ichayotganda “Bismillah” bilan boshlashni singdirish uchun ham vaqt, mehr va matonat kerak bo‘ladi.
Aslida, yaxshilikka da’vat qilish — odamni emas, qalbni tarbiyalashdir. Qalb esa qattiq qo’llikni yoqtirmaydi; u muloyimlikka ochiladi. Qo‘pol so‘z aytilgan joyda haqiqat eshitilmaydi, u yerda faqat nafs himoyaga o‘tadi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz ﷺ: “Alloh muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radi”, deb bejiz aytmaganlar.
Biz ko‘pincha “men haqman” degan tuyg‘u bilan gapiramiz, ammo “u buni qanday qabul qiladi?” degan savolni unutib qo‘yamiz. Holbuki, bitta yumshoq so‘z yillar davomida ochilmagan qalb eshigini ochishi mumkin, bitta qattiq gap esa uni butun umrga berkitib qo‘yishi hech gap emas.
Shuning uchun yaxshilikka dalolat qilar ekanmiz, o‘z nafsimizni emas, qarshi tarafning hidoyatini maqsad qilaylik. Chunki biz da’vat qiluvchimiz, hukm chiqaruvchi emasmiz. Qalblarni burish bizning qo‘limizda emas — bu faqat Allohning ixtiyorida. Bizga esa chiroyli so‘z, sof niyat va sabr bilan urug‘ sepish kifoya. Qachon unib chiqishi esa Allohning hikmatidir.

5
Ey Robbim! Holimizga rahm qil! Sen rahm qilmasang, kimga yuzlanamiz, qayerdan najot topamiz. Zotan, eng mehribon, rahm-shafqatli Zot O‘zing san!
Shu sababli bizlarni mahluqotlarning gultoji inson qilib yaratding; sarvari koinot Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat qilding; mehribon, musulmon ota-onaga farzand qilib berding!
Allohim, bizga rahm qildingki, ham aqlan, ham jismonan sog‘-salomat voyaga yetdik! O‘zingni tanitding, O‘zinggagina ibodat qiladigan, bandalaring qatorida qilding.
Yaratgan egam, bizlarga rahm qilganing sabab yuraklarimiz Sening va Rosuling Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ishqi bilan uradigan bo‘ldi. Ey qalblarni O‘z qo‘lida tutgan Robbim! Qalblarimizni O‘zingdan o‘zga narsalarga bog‘lanib qolishdan asra! Dunyo muhabbatini yuraklarimizdan sug‘urib olgin, oxirat ishqi bilan uni to‘ldirgin!
Kaloming — Qur’onga muhabbatli qilgin, uni sevib o‘qiydiganlar safiga kiritgin, dining yo‘lida xizmat qilishni nasib etgin, shu yo‘lda g‘am chekadigan qilib qo‘ygin!
Ey Robbim, rahmating va marhamating bilan bizlarni Ramazonga yetkazgin! Undan jannatni qo‘lga kiritib, taqvoimizni mustahkamlab, gunohlardan mag’firat bo’lgan, qalblarimiz isloh bo’lgan xolatda chiqishimizni nasib etgin!
Ey Robbim, holimizga rahm qil! Bilib-bilmay qanchadan-qancha gunohu ma’siyatlarga qo‘l urdik, bizni afvu mag‘firat ayla! Holimizga O‘zing rahm qilmasang, batahqiq zalolatda qolamiz!
Allohim, ota-onalarimizdan marhamatingni ayama, bizlarni jannatingda jamuljam qil! Ahlimiz, farzandlarimizni O‘zing rozi bo‘ladigan holatda tarbiya qilishimizga yordam ber! Bizlarga rahm qil, so‘nggi nafasimizgacha haq yo‘lingda bo‘laylik!
Ey Robbim, qiyomat kuni hamma sarson bo‘lib turganda bizlarga rahm qil! Sen rahm qilmasang Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ham shafoat qila olmaydilar! O‘sha dahshatli holatda bizdan rahmatingni ayama! Bizlarga jahannamni ravo ko‘rma, bunga toqat qila olmaymiz!
Ey Robbim, faqat Sening rahmating ila jannatga kiramiz! Maqsadimiz — jamolingni ko‘rish, bu saodatga bizlarni musharraf ayla, munosib bandalaringdan qil!
Allohim! Biz Sening ojiz bandalaringmiz, umidimiz faqat Sening rahmatingdandir! Rahmatingni bizdan darig‘ tutma! Bizlarni O‘zing sevgan, O‘zing rozi bo‘lgan, O‘zingga yaqin bandalar safidan qilgin!
Ey Robbim, holimizga rahm qil! O‘zingning roziligingga erishtir!
Qalblarimizni iymon nuri bilan to‘ldirgin.

Odatda davlat boshliqlari boshqa bir davlatga tashrif buyurishidan avval ularning elchilari boradi. Elchilar mezbon davlat vakillariga davlat rahbarining qachon kelishi, tashrifining maqsadi, muhokama qilinadigan masalalarni ma’lum qiladi. Elchilarga qilingan muomalaga qarab davlat boshliqlariga bo‘lgan munosabatga baho beriladi. Ya’ni elchilarga ko‘rsatilgan izzat-ikrom davlat rahbariga ko‘rsatilgan hurmat bilan barobardir. Aksincha, elchiga nisbatan beparvolik va behurmatlik davlatga nisbatan hurmatsizlik hisoblanadi. Elchining o‘ldirilishi esa o‘sha davlatga urush e’lon qilish bilan teng sanalishi hammaga ma’lum…
Oylarning sultoni Ramazonning mehmon bo’lib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Uning elchisi Sha’bon esa bizni oz fursatda tark etadi. Bu oy Ramazonning yaqinlashib kelayotganidan xabar beruvchi muborak elchidir. Sha’bon orqali biz Ramazonga tayyorgarlik ko‘rish, o‘zimizni isloh qilish, qalbimizni poklash imkoniyatiga egamiz.
Ramazon elchisini qanday qarshi olyapmiz? Unga munosib bo’lgan hurmatni ko‘rsata olyabmizmi? Ramazonga munosib holatda kirish uchun sha’bonni qanday o‘tkazyapmiz? Hali fursat bor, hali imkoniyat bor. Ramazon tadorigini aynan shu oydan boshlash muhim!
Alloh taolo barchamizni Ramazonga sog‘-salomat, iymon butunligida, e’tiqod musaffoligida, yuzimiz yorug‘ holda yetkazsin va uni chiroyli o‘tkazib, ulkan yutuqlar bilan chiqishimizni nasib etsin!

Baroat kechasi qanday kecha?
Onamiz Oisha roziyallohu anho aytadilar: Rosululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: “Ey Oisha bu kecha qanday kecha ekanini bilasizmi?” deb so‘radilar. Men: “Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq”, dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu sha'bonning o‘n beshinchi kechasidir. Alloh azza va jalla bu kecha bandalariga rahmat nazari bilan qaraydi va mag‘firat so‘rovchilarni mag‘firat etadi, rahm so‘rovchilarga rahm qiladi, dillarida musulmonlarga nisbatan gina, adovat saqlovchi kishilarni qanday bo‘lsa, shunday holatda qo‘yib qo‘yadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Baroat kechasida nimalar sodir bo‘ladi?
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu kechada (sha'bonning o‘n beshinchi kechasida) nimalar bo‘lishini bilasizmi?” dedilar.
Oisha roziyallohu anho: “Yo Allohning Rasuli, bu kechada nimalar bo‘ladi?” dedilar.
U zot alayhissalom: “U kechada Odam bolalarining bu yilda tug‘iladiganlari va bu yilda vafot etadiganlari yoziladi va u kechada ularning amallari ko‘tarilib, rizqlari nozil bo‘ladi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Baroat kechasida gunohlar mag‘firat qilinadi.
Hazrat Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo sha'bonning o‘n beshinchi kechasi dunyo osmoniga (O‘zining sha'niga muvofiq) tushadi va Allohga shirk keltirgan va qalbida gina, kudurat bor kishidan boshqa barchani mag‘firat qiladi” (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Baroat kechasida duolar qabul bo‘ladi.
Usmon ibn Abul Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qachon sha'bonning o‘n beshinchi kechasi bo‘lsa, bas, (Alloh taolo tarafidan) bir nido qiluvchi nido qiladi: “Birorta mag‘firat so‘rovchi bormi, Men uni mag‘firat qilaman! Biror narsa so‘rovchi bormi, Men unga beraman”, deydi. Shu vaqtda kim so‘rasa, unga beriladi. Zinokor hotin va mushrikdan boshqa”.
Baroat kechasida odamlar do‘zaxdan ozod qilinadi.
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Jabroil alayhissalom mening oldimga kelib: “Bu sha'bonning o‘n beshinchi kechasidir. Alloh taolo bu kechada ko‘p odamlarni do‘zaxdan ozod qiladi. Ularning adadi Kalb qabilasi qo‘ylarining junlaridan ham ziyoda bo‘ladi. Faqat bu kechada Alloh taologa shirk keltirgan, ginachi va qarindoshlik aloqalarini uzuvchi, izorini (manmanlik bilan) to‘pig‘idan pastga tushirib yuruvchi, ota-onasiga oq bo‘luvchi va xamr ichuvchi kishilarga rahmat nazari bilan qaramaydi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).
Baroat kechasida qanday amallarni bajarish lozim? Izoh bo’limiga o’tib bilib olsangizlar bo’ladi!
Joriy yil hisobi bo’yicha Ertaga 2 fevraldan 3 fevralga o’tar kechasi (Dushanba kuni shomdan, Seshanba tongigacha bo’lishi kutilmoqda!)

Bolaligingizni sog‘inasizmi?
Har bir bolaga qaraganingizda o‘z bolaligingizni eslaysizmi? Yoki har kuni qaytadan bola bo‘lishni, bola kabi begunoh, beg‘ubor bo‘lishni istaysizmi?
Keyin esa aslo vaqtni ortga qaytarib bo‘lmasligini bilib g‘am chekasizmi? Juda g‘alati-a? Yaqinda kichkinagina bola edik, tezroq katta bo‘lishni istadik. Kechalari ko‘rpalar ostida ulg‘ayishni orzu qildik.
Ulg‘aydik ham. Endi xayollarimizni bola bo‘lib qolish orzusi egalladi. Xayolni xayol qildik. Inson juda ajoyib-da! Nuqul imkonsiz narsalarni istaydi. Hatto inson faqatgina istashni biladi.
Beg‘uborlik degan narsa bizga bolaligimizdan qolgan meros bo‘lsa kerak. Inson ulg‘aygan sari yashashga ko‘nikaveradi. Yashamoq degani esa dunyoga, hayotga va o‘limga ko‘nikmoq deganidir. Ko‘nikishga ko‘nikish deganidir. Bundan tashqari zulmga, dardga o‘rganish deganidir. Ko‘nikish qanday g‘arib yomon hol-a? Ko‘nikishning rahmatligini bilaman, biroq sabr eng go‘zal narsadir. Balki inson ko‘nikmasligi, sabr qilishi lozimdir. Shuning uchun ulg‘ayish degani yig‘lamaslik, yig‘lay olmaslik, ko‘zdan oqqan yoshni yashirishga urinish degani bo‘lsa kerak.

Ramazon ifori
Inson bir narsani qattiq sog‘insa, u yaqinlashgani sari sog‘inchining kuchliligidan, o‘sha narsaning iforini seza boshlaydi…
Yusuf alayhissalomning otalari farzandlarini qattiq sog‘inganlaridan:
“Men Yusufning hidini sezyapman”, degan ekanlar.
Ramazon yaqin. Biz uni sog‘indikmi? Ramazonning iforini sezyapmizmi? Ko‘pchilik Ramazon barakali oy, tunlari ham, kunlari ham uzoq davom etadi, deb o‘ylaydi.
Ammo unutmang, birodar. Ramazon oyi ham boshqa oylar kabi 30 kundan iborat! Har bir kuni ham boshqa kunlar kabi 24 soat! Ramazon oyida ham boshqa oylar kabi to‘rt hafta bor, ya’ni Ramazon ham boshqa oylar kabi tez o‘tib ketadi. Bu vaqtlarni g‘animat bilaylik, balki shu Ramazonimiz oxirgisi bo‘lar.

Yuragim bir lahza jim bo‘lib qoldi… Go‘yo butun olam ichimdan chiqib ketganday. Nafas olyabman, ammo ruhim holdan toygan. Qayerdaman, nima qilayapman — bilmayman. Faqat bitta haqiqat bor: nima bo‘lsa ham, yana Senga suyanaman. Chunki mendan ketmaydigan yagona manzil — Sening huzuring.
Yana Senga kelaman, yo Robb.
Chunki yo‘llar adashtirib yuboradi, odamlar chalg‘itadi, nafs aldab qo‘yadi. Ammo Sen… Sen hech qachon tark etmaysan. Men o‘zimni yana Sendan topaman. Sindirilgan joylarimni, yig‘lab yuborilgan tunlarimni, tilim aytolmagan dardlarimni — hammasini Sendan topaman.
Allohim…
Hayo qilyapman. Juda ham.
Qayta-qayta so‘rashdan hayo qilyapman. Yana-yana avf so‘rab, boshimni egib kelishdan hayo qilyapman. Bila turib, o‘sha xatoga yana qaytganimdan hayo qilyapman.
“Bu safar bo‘lmaydi”, deb turib, yana o’sha gunohlarga qaytganimdan hayo qilyapman.
Lekin baribir kelyapman…
Chunki Sening huzuringdan boshqa boradigan joyim yo‘q.
Agar Sen qabul qilmasang — kim qabul qiladi?
Agar Sen yuz o‘girsang — kim rahm qiladi?
Ya Robb, Sen qalblarning sirini biluvchisan: men gunohga muhabbatim tufayli emas, nafsimning zaifligi sababli toyaman.
Men haqqa qarshi chiqmoqdan emas, sabrim tugagan damlarda yengilaman. Men Seni unutganimdan emas, qalbim g‘aflat bilan qoplanganda, o‘zimni yo‘qotib adashaman.
Menga shunday yo‘l ko‘rsatgin-ki,
u yo‘l oxirida Sening roziliging bo‘lsin.
Shunday nur ber-ki, qorong‘ulikda o‘zimni emas, Seni ko‘ray.
Shunday eslatgin-ki, nafsim baland ovozda gapirganda, qalbimda Sening sifatlaring yangrasin.
Allohim,
menga o‘zimni emas — O’zingni eslat.
G‘aflat kelganda, yuragimni uyg‘ot.
Gunoh chiroyli ko‘ringanda, oxiratni ko‘rsat.
Yiqilganimda, “tur” deydigan iymonni ichimda tirik tut.
Men yana keldim, yo Robb.
Yana eshiging oldidaman.
Yana qo‘llarim bo‘sh, yuragim esa og‘ir holatda.
Ammo umidim tirik. Chunki Sen Rahmlilarning eng Rahmlisisan.
Mendan ketma, Allohim.
Meni Sendan ketkazma.
Qadamlarim adashsa ham, yo‘limni yana Senga buradigan hidoyat ber.
Yuragim ming bor charchasa ham, tinchlikni faqat Sening zikringda topadigan qalb ato et.
Qayta-qayta yiqilsam ham, yana Senga qaytadigan, yuragi Sen bilan taskin topadigan bandalaringdan qil…
Ya Robb,
Sendan ketmay…
Senga kelib…
Sening huzuringda qolishni nasib et.
Men yana keldim, Ya Robbim…

22
Uyida yaxshi muomalani ko‘rmagan qiz ko‘chaning o‘ljasidir. Chunki qalb och qolsa, u har qanday qo‘ldan uzatilgan narsani “mehr” deb qabul qiladi. Uyda berilmagan e’tiborni ko‘chadan izlaydi.
Biz atrofimizdagi kishilarni muhabbatga ko‘msak, ularni o‘tkinchi xushomadlar tuzog‘idan asragan bo‘lamiz. Chunki muhabbat bilan to‘lgan qalbni aldash qiyin, u o‘z qadr qimmatini biladi. E’tiborsiz qalb esa eng arzon iltifotga ham sotilib ketadi.
Davolanishdan ko‘ra kasallikdan saqlanish yaxshiroqdir. Portlash ehtimoli bor narsalarning piligini sug‘urib olish portlagandan keyin singan narsalarni terib yurishdan afzaldir! Qalb ham shunday: uni gunohga tushgandan keyin yig‘lab tuzatishdan ko‘ra, mehr bilan oldindan asrash afzal.
Islom bizga avvalo qalb tarbiyasini o‘rgatadi. Payg‘ambarimiz ﷺ: “Sizlarning eng yaxshilaringiz — ahllariga eng yaxshi muomala qilganlaringizdir”, deganlar. Demak, uydagi bir og‘iz iliq so‘z, bir oddiy e’tibor ko‘chadagi mingta yolg‘on tabassumdan qimmatroq.
Aql bunga guvoh: insonni adashtirish uchun katta fitna shart emas, kichik e’tiborsizlik yetarli. Qalbdagi bo‘shliqni gunoh tez to‘ldiradi, xuddi suv pastlikka oqgandek.
Qachonki biz bolalarimizga faqat “harom”ni emas, “nega harom” ekanini, “buni qilma” deyishdan ko‘ra, nega qilmaslik kerakligini mehr bilan tushuntira olsak; Shundagina u xatodan qo‘rqmaydi, xatoning oqibatini tushunadi; nega xato ekanini anglagan inson to‘g‘ri yo‘ldan og‘maydi. Yaxshilikni majburiyat deb emas, mazmuni bor tanlov deb biladi. Qalbi to‘lgan insonni yo‘ldan og‘dirish qiyin, chunki u o‘z qiymatini biladi.
Aql ham, iymon ham bir gapni aytadi: muhabbat berilmagan joyda nafs hukmron bo‘ladi. Qalb bo‘sh qolsa, uni shayton to‘ldiradi. Ammo muhabbat bilan to‘lgan qalb — gunoh oldida ham oyoqda tura oladi.
Qizlarimizni, o‘g‘illarimizni, yaqinlarimizni faqat nazorat bilan emas, tarbiya bilan asraylik. Chunki qonun gunoh sodir bo‘lgandan keyin ishga tushadi, qalb esa gunohga qadam qo‘ymasidan oldin tirik bo‘lishi kerak.
Qonun jismni tiyishi mumkin, ammo niyatni to‘xtata olmaydi. Niyatni esa faqat muhabbat, ma’rifat va iymon poklaydi. Shuning uchun jamiyat qoidalar bilan emas, vijdon bilan tik turadi.
Qalblar muhabbat bilan tarbiyalanmasa, qonun ko‘paygani bilan gunoh kamaymaydi.
Muhabbat bilan ulg‘aygan qalb esa nazoratsiz ham to‘g‘ri yuradi.
Unutmang, qalblar faqat muhabbat bilan tiriladi…

10
Go‘yoki Alloh taolo bu yomg‘ir bilan Ramazonni qarshi olar ekan, yeru osmonni, qalblarni ham birma-bir poklab olayotgandek. Tomchilar faqat tuproqqa emas, ko‘ngillarimizga ham yog‘ayotgandek — gunohlarning changini yuvib, qalbni tavbaga chorlayotgandek. Bu yomg‘ir sukut ichidagi da’vat: “Ey banda, sen ham poklan, sen ham qayt”. Ramazon — faqat ro‘za emas, bu rahmatning yog‘ilishi, mag‘firatning ochilishi, qalbning tirilishi. Bu muborak oyga kirar ekanmiz, Alloh taolo yomg‘ir bilan yeru osmonni yuvgani kabi, bizni ham gunohlarimizdan poklab, O‘ziga yaqinlashtirsin. Amiyn.
2
Shaharda yomg‘ir yog‘moqda…
Tomchilarning har biri go‘yo Ramazon va bahorning nozik iforini olib kelayotgandek. Havoda bir poklik, bir sog‘inch, bir shukronalik bor.
Yomg‘ir ostida sayr qilishni juda xohladim. Bilasizmi, yomg‘irdagi sayr oddiy sayrga o‘xshamaydi. To‘g‘ri, jasad biroz sovqotishi mumkin… ammo qalb-chi? Qalb go‘yo yuvilgandek, har bir tomchi qalbimga tegib, ichimdagi og‘irliklarni yuvib ketayotgandek. Go‘yo ko‘nglimdagi g‘uborlar yomg’ir bilan yerga singib, ruhim yengillashayotgandek.
Balki yomg‘ir biz o‘ylagandek oddiy hodisa emasdir… Balki u — eslatmadir. Shukr qilishni unutgan qalblarga, og‘irlikni ko‘tarib charchagan yelkalarga, ichida aytilmagan so‘zlari bor yuraklarga bir eslatmadir.
Har tomchi go‘yo: “Yengillash… qo‘yib yubor… Alloh bor,” deb shivirlab turadi. Va inson anglaydi — ba’zi og‘riqlarni gapirib emas, his qilib davolash kerakligini.
Men bugun shu yomg‘irda sayr qilishni istadim… Siz-chi?

Marketingdan gaplashamiz | Nurmuhammad Sodiqov
Kishi qanday ilmni o‘rganishi kerak?
Ilmning ko‘pligi — hidoyatning ko‘pligi degani emas
Biz shunday zamonda yashayapmizki, ilmga yetishish juda oson. Bir tugma bosiladi — minglab ma’ruzalar. Bir qidiruv — yuzlab fatvolar. Kitoblar, darslar, iqtiboslar…
Lekin boshqa savol tug‘iladi: Qalbimiz og‘irlashyaptimi yoki yumshashyaptimi?
Oldingi avlodlar ilm topish uchun safar qilgan. Biz esa ilm ichida yashayapmiz. Ammo nega qalblar qotib ketgan? Nega bahslar ko‘p, xushu’ esa kam?
Chunki muammo ilmning yo‘qligida emas. Muammo — ilmni hazm qilolmayotgan qalblarimizda.
Rosululloh ﷺ ogohlantirgan edilar: bir zamon keladi, olimlar kamayadi. Odamlar johillarni boshliq qilib oladi. Ulardan so‘raladi, ular esa ilmsiz fatvo beradilar. Natijada o‘zlari ham adashadilar, boshqalarni ham adashtiradilar.
Bugun masala faqat “bilish”da emas. Masala — kimdan va qanday qalb bilan olayotganimizda.
⸻
Tezkor ilm — sayoz ta’sir
Bugun ko‘p narsani tez bilib olamiz. Ammo chuqur o‘ylamaymiz, tafakkur qilmaymiz. O‘qib chiqamiz, ulashamiz, bahslashamiz… lekin to‘xtab, o‘zimizga qo‘llamaymiz.
Ahli ilmlar bir masalani o‘rganib, oylar davomida unga amal qilishgan. Biz esa bir kunda o‘n mavzu o‘qib, birontasiga ham jiddiy kirishmaymiz.
Ilmni ko‘paytirishdan oldin, uni qalbga singdirish kerak.
⸻
Ilm va ijtimoiy tarmoq sinovi
Yana bir xavfli nuqta — ilmni ko‘rsatish vasvasasi.
Bugun bilgan narsamizni darhol yozgimiz keladi. Baham ko‘rgimiz keladi. Odamlar “ilmli”, “chuqur fikrli” desin deymiz. Qalb sezilmaydigan riyoga moyil bo‘ladi.
Ilm qalbni tozalashi kerak edi…
Ammo ba’zida u “men bilaman” degan yashirin kibrni o‘stirib qo‘ymoqda.
Rasululloh ﷺ aytganlaridek, johil fatvo berganda u nafaqat boshqani, balki o‘zini ham halokatga olib boradi. Eng qo‘rqinchlisi — odam o‘zini haq yo‘ldaman deb o‘ylab adashishi.
Ahli ilmlar bir masalani bilsa ham, uni gapirishdan oldin qalblari titragan. “Shu so‘zim uchun qiyomatda javob berishim kerak,” deb qo‘rqishgan.
⸻
Ilmning og‘ir tomoni
Ilm — sharaf. Ammo u yuk hamdir.
Bilmagan odam ba’zi xatolarni jaholat bilan qiladi.
Bilgan odam esa atay qilsa — bu boshqa daraja.
Shuning uchun sahobalar fatvo berishdan qochishgan. Masala bir kishidan boshqasiga, undan boshqasiga o‘tgan. Har biri: “Buni boshqasi aytsa yaxshi,” degan. Chunki ular ilmning mas’uliyatini his qilgan.
Eng dolzarb savol
Biz ilmni ko‘paytiryapmizmi — yoki hidoyatni? Biz bahsni ko‘paytiryapmizmi — yoki tavozu’ni?
Ilmning barakasi — sukunatda bilinadi. Ilmning samarasini — muomalada ko‘rasan.
Ilmning haqiqatini — yolg‘iz qolganingda bilasan.
Agar ilm seni kechalarni bedor o‘tkazishga majbur qilsa — u foydali ilm. Agar ilm seni boshqalarni tuzatishga oshiq qildirib, o‘zingni unutdirsa — bu xavfli yo‘l.
Oxirgi o‘lchov
Bir kun keladi.
Kitoblar yopiladi.
Bahslar tugaydi.
Faqat bir narsa qoladi:
Qalbingda ilm nechog‘lik nurga aylangani.
Allohim, bizni ilm bilan mashhur bo‘lgan emas, ilm bilan mag‘firat topgan bandalaringdan qilgin.
Ilmni tilimizda emas, qalbimizda mustahkam qilgin. Ilmimizni dunyo va oxiratimizga foydali qilgin, Sening roziliging uchun ilm olib unga amal qilishimzni nasib aylagin. Amiyn.

Agar odamlar Telegram,Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlariga jo‘natayotgan, ulashayotgan va’z-nasihatlarning hech bo‘lmaganda to‘rtdan biriga chin dildan amal qilganlarida edi, dunyo bugungidek sovuq va beparvo bo‘lmas edi.
Agar tilimiz bilan tarqatgan nasihatlarimiz qalbimizga ham kirganida edi, agar “yaxshilik qiling” degan gapni faqat ulashib qo‘yish bilan kifoyalanmay, o‘zimiz ham qilganimizda edi, agar “g‘iybat qilmang” degan so‘zlarni boshqalarga yuboribgina qolmay, tilimizni ham tiyganimizda edi, agar “namozni qazo qilmang” degan videolarni jo‘natibgina qolmay, o‘zimiz ham namozga shoshilganimizda edi —
unda qalblar bunchalik qotib bag’ritosh bo‘lib ketmas edi.
Biz boshqalarga yuborayotgan so‘zlarimiz bilan o‘zimiz ham yashaganimizda edi, nasihat biz uchun yuk emas, nurga aylangan bo‘lardi. Shunda yo‘llarda yurgan odamlar bir-biridan shubhalanib emas, yaxshi niyatda qaragan bo‘lardi.
Rivoyatlardagi kabi farishtalar yerga tushib, “Bu bandalar gapirganiga amal qilyapti”, degan ma’noda yo‘llarda turib, biz bilan qo‘l berib so‘rashgan bo‘lar edi.
Asl muammo nasihatning kamligida emas — muammo amalning kamligida. So‘zlarimiz juda ko‘p, lekin ixlosimiz oz. Ulashish oson, ammo o‘zimizni o‘zgartirish qiyin.
Agar nasihatni faqat barmoqlarimiz emas, qalbimiz ham ko‘targanida edi,
bugun bu dunyo biroz sokinroq, biroz adolatliroq, biroz rahmliroq bo‘larmidi…

3
Ba’zida rostan ham oshirib yuboraman…
Keraksiz narsalar uchun keragidan ortiq asabiylashaman.
Kichkina xatolardan o‘zimga ulkan muammolar yasab olaman.
Va ichimda bir savol tinmay aylanadi: nega men oddiy inson bo‘la olmadim?..
Ba’zan o‘zimni o‘zim tushunmay qolaman. Ichimda nima kechayotganini anglay olmayman. Go‘yoki yuragimning tubida kimdir indamay yig‘layotgandek, lekin ovozi qulog‘imga yetib kelmaydi. Atrofimdagilarni hafa qilib qo‘yaman… aslida esa birontasini ranjitishni istamayman. Faqat ichimdagi bo‘ronni boshqara olmay qolaman.
Men keraksiz narsalardan katta muammolar yasamayman — u muammolar ichimdagi bo‘shliqdan o‘sib chiqadi. Go‘yoki qalbimning bir chetida qorong‘i, sovuq bir joy bor. Ba’zida o‘sha yerda yolg‘iz qolib ketgandek bo‘laman. Hissiz. Tushunarsiz. O‘zimga ham begona.
Yuzimda kulgi bor. Kulaman. Gaplashaman. Hamma meni kuchli deb o‘ylaydi. Lekin hech kim ichimda o‘zim bilan o‘zim qanday kurashayotganimni bilmaydi. Har kuni, har lahza… o‘zimni o‘zim ich-ichimdan yemirib borayotganimni faqat o‘zim his qilaman. Qalbim jim… lekin ichida bir qichqiriq bor.
Charchadim. Juda ham charchadim.
Hammasidan emas — o‘zimdan charchadim. Oddiy bo‘la olmasligimdan charchadim.
Hamma kabi sodda, yengil, beparvo yashay olmasligimdan charchadim.
Boshqalar uchun oddiy bo‘lgan narsalar menga nega tog‘dek ulkan tuyuladi? Nega boshqalarga oddiy ko’ringan narsadan, men ulkan muammolar yasab olaman?
Men shunchaki oddiy yashashni xohlayman.
Bir narsani ko‘nglimga olib kunlab o‘ylamaslikni xohlayman.
Har bir so‘zni yurakka olib, keyin o‘zimni o‘zim jazolamaslikni xohlayman. Yaqinlarimga qattiq gapirib, keyin tunlari afsus bilan yonmaslikni xohlayman.
Boshqalarga oddiy bo‘lgan narsalardan ulkan muammolar yasab olmaslikni xohlayman.
Lekin haqiqat shuki — men hech qachon “oddiy” bo‘la olmadim.
Ba’zida o‘zimdan qochgim keladi.
O‘zimni o‘chirib, yengilroq bir odamga aylangim keladi. Lekin qayerga borsam ham, shu yurak men bilan birga. Shu noziklik. Shu og‘riq. Shu ortiqcha o‘ylashlar.
Men aslida yomon emasman.
Men shunchaki charchaganman.
Ichida tinmay kurashayotgan insonman. Bir tomonda aql — “bular arzimas narsalar” deydi. Ikkinchi tomonda yurak — “yo‘q, bu og‘riq” deydi.
Va men o‘rtada qolaman…
Ba’zida ichimda shunday savol tug‘iladi: Agar men biroz kamroq his qilganimda, hayotim yengilroq bo‘larmidi?

Payg’ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) Ramazonni vasf etib shunday marhamat qiladilar:
«Bu sabr oyidir, uning mukofoti esa – jannatdir».
Bu muborak oyda musulmonlarga Alloh roziligi uchun mislsiz imkoniyatlar va barakotlar ato etiladi. Allohning Rosuli (sollallohu alayhi vasallam) bu oyda Alloh taoloning bandalariga alohida e’tibor qaratilishini ta’kidlab dedilar:
«U Zot maxsus rahmat yog‘diradi, gunohlarni mag‘firat qiladi va duolarni ijobat etadi. Alloh taolo sa’y-harakatlaringizga qarab farishtalar oldida faxrlanadi. Shu oyda Uning rahmat va mag‘firatiga erisha olmagan inson, darhaqiqat, baxtsiz va badbaxtdir».
Xush kelibsan, ey Ramazon!
Mag‘firat va jannat eshiklari ochilgan, shaytoni la’in kishanlangan muborak oy – Ramazon allaqachon oramizga kirib keldi. Uning nurlari qalblarimizni yoritmoqda, barakasi xonadonlarimizni to‘ldirmoqda. Endi savol shuki: biz bu ne’matli kunlarning qadriga yetishga, har lahzasini ibodat va ezgulik bilan bezashga tayyormizmi? Bu muborak oy juda tez fursatda bizni tark etadi.
Bas, qalblarimiz eshiklarini ochib, uni munosib kutib olaylik!
U qoldirgan nur qalbimizda so‘nmas chiroq bo‘lib qolsin.
U bizga o‘rgatgan sabr – sinovlarda madadkorimiz, taqvo – har qadamimizga yo‘lchi yulduz, ixlos esa barcha amallarimizning ruhi bo‘lib hayotimizda davom etsin.
Ramazon bizni bir kun tark qilar, ammo uning tarbiyasi biz bilan qolsin. Qalbimiz Ramazon bilan uyg‘ongan bo‘lsa, yil bo‘yi shu uyg‘oqlikda yashaylik. Shunda Ramazon biz bilan faqat bir oy emas, butun umr hamroh bo‘ladi — bizni poklab, yuksaltirib, Robbimiz rizosiga yetaklaydi.

Allohim, bu muborak Ramazon oyining har bir soniyasi hurmati qalblarimizni gunoh zanjirlaridan ozod qilgin. Biz ojizmiz, Sen Qodirsan, biz xatokormiz, Sen Mag‘firatlisan.
Ya Robbim, kechalari to‘kilgan yashirin ko‘z yoshlarimizni qabul etgin, qalbimizdagi aytilmagan dardlarimizni Sen bilasan — ularga O‘zing shifo bergin. Ro‘zalarimizni faqat ochlik emas, qalb pokligiga sabab qilgin, namozlarimizni faqat ado emas, Senga yaqinlikka vasila qilgin.
Xonadonlarimizdan janjalni ketkaz, o‘rniga muhabbat va baraka joylagin. Ota-onalarimizning umrini ziyoda aylagin, sihat-salomatlik va xotirjamlik ato etgin. Biz so‘ramagan, lekin biz uchun eng yaxshi bo‘lgan yaxshiliklarni ham nasib etgin.
Yo Rahmon, qalbimizni hasad, g‘urur va kibrdan poklagin. Tilimizni yolg‘ondan, ko‘zimizni haromdan, qo‘limizni zulmdan asragin. Bizni sabrda sobit, shukrda bardavom qilgin. Qalbimizga Qur’on muhabbatini joylagin, oyatlaringni hayotimiz ziynati qilgin. Kichik amallarimizga ulkan ajrlar yozgin, gunohlarimizni cheksiz rahmating bilan mag‘firat qilgin.
Allohim, musofirlikda yurgan akalarimizni, do‘stlarimizni O‘zing panohingda asragin. Begona yurtlarda ularni yolg‘izlik iztirobidan asra, qalblariga sabr va taskin ato etgin. Halol rizq yo‘lida to‘kilgan har bir tomchi terlarini ibodat savobiga yozgin. Har qadamini farishtalaring bilan qo‘riqlagin. Ota onalarining, sog‘inchli nigohlari bilan yashayotgan qalblariga kuch bag‘ishlagin.
Sening roziliging uchun olayotgan ilmlarini qalblariga nur, aqllariga hikmat qilgin. O‘rganayotgan har bir harflari dunyoda izzat, oxiratda najot bo‘lsin. Ilmlarini faqat martaba uchun emas, ummatga manfaat, o‘zlariga esa ikki dunyo saodati uchun qilgin. Bilimlarini amal bilan ziynatla, niyatlarini ixlos bilan mustahkamla.
Ya Robbim, ularga keyingi Ramazonlarni oilalari davrasida, sihat salomatlikda o’tqizishni nasib etgin. Musofirlikni ular uchun hijron emas, visolga eltuvchi yo‘l qilgin. Ularni sog‘-salomat, yuzlari yorug‘, qalblari xotirjam holda Vatanlariga qaytishni O‘zing muyassar aylagin.
Duo qilayotgan qo‘llarimizni bo‘sh qaytarma, umid bilan kutgan qalblarimizni noumid qilmagin.
Bu Ramazonda taqdirlarimizni yaxshilikka burib, qalblarimizni nurga to‘ldirgin, ismimizni qabul etilgan bandalar ro‘yxatiga yozgin. Qabrlarimizni jannat bog‘laridan bir bog‘ aylagin. Oxiratimizni dunyomizdan go‘zal qilgin.
Amiyn

Hammasi ajoyib… Go‘yo osmon ham Ramazon kelganini sezib, havoga boshqacha bir latofat qo‘shib qo‘ygandek. Tong saharda uyqu aralash turib, sokinlik bag‘rida saharlik qilish — bu oddiy nonushta emas, bu qalbning uyg‘onishidir. Ko‘zlar yarim yumulgan, ammo yurak uyg‘oq… Go‘yo farishtalar qanot qoqib o‘tadigan lahzalar.
Kun bo‘yi iftorni o‘ylab yurish ham ochlik emas aslida — bu sabrni his qilish. Har daqiqa nafs bilan kurash, har soat ichki poklanish. Quyosh ufqqa og‘ar ekan, qalb ham yumshab boradi. Iftor payti qilingan duo… u shunchaki so‘z emas, u ko‘z yoshlar bilan osmonga ko‘tarilgan iltijo. Bir qultum suv, bir dona xurmo bilan ochlik bosiladi, lekin aslida to‘ygan nafsing emas — qalbing bo‘ladi. O‘sha lahzada anglaysan: insonni yashnatadigan narsa ko‘p taom yeyishlikda emas, balki Alloh taolo unga solgan barakada ekanligini.
Ramazonda suhbatlar ham boshqacha bo‘ladi. Yaqin insonlar bilan qilingan sayrlar, sokin kechadagi shabada, yulduzlar ostida aytilgan samimiy gaplar… Go‘yo har bir so‘z qalbga muhrlanadi. Xuftondan keyingi jamoat bilan ado etilgan taroveh namozlari — bu alohida bir olam. Ba’zan qaysi rakatdaligini unutib qo‘yasan, ba’zan uyqu bosadi… ammo baribir safni tark etging kelmaydi. Chunki qalbing sajdada taskin topadi.
Tarovehdagi beg‘ubor bolalarni ko‘rib, yoshliging yodingga tushadi. Masjid hovlisida yugurib yurgan paytlaring, kattalarga ergashib safga turgan kunlaring… Qalb bir zumda yillar ortiga qaytadi. Ramazon nafaqat ro‘za, u xotiralar, u sog‘inch, u mehr.
Va eng ajablanarlisi — Ramazon qaysi faslga to‘g‘ri kelmasin, o‘sha faslni go‘zal qiladi. Bahorda kelsa, gullar ham ibodat qilayotgandek ochiladi. Yozda kelsa, quyosh ham sabrni o‘rgatadi. Kuzda kelsa, xazonlar ham tavbaga chorlaydi. Qishda kelsa, sovuq ham qalblarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Chunki Ramazon — fasl emas, u qalbning bahoridir.
Bu oy yilda bir keladi… va juda tez o‘tib ketadi. Kecha endi boshlangandek edi, darrov so‘nggi o‘n kunligi kirib keladi. Har safar o‘zimizga va’da beramiz: “Keyingi Ramazongacha o‘zgacha bo‘laman”, deymiz. Lekin aslida Ramazon bizni tark etmaydi — agar biz uning ruhini qalbimizda saqlay olsak.
Ramazon — bu och qolish emas, bu ortiqcha og‘irliklardan xalos bo‘lish. Bu nafsning shovqinini pasaytirib, qalbning ovozini eshitish. Bu shoshqaloq hayot ichida to‘xtab, “Men kimman? Qayerdaman?” degan savollarga javob izlash.
Eh Ramazon… Sen kelganda qalblar yumshaydi, ko‘zlar namlanadi, dillar bir-biriga yaqinlashadi. Sen ketganingda esa ortingdan sog‘inch qoladi. Ammo balki sen bizni tark etmaysan — balki biz seni tark etamiz…
Shu bois, har bir saharlikni oxirgidek, har bir iftorni so‘nggidek, har bir sajdani hayotimizdagi eng samimiy sajdadek ado etaylik. Balki yana bir Ramazongacha yetish nasib etar, balki etmas…
Ramazon — Allohga qaytishning eng go‘zal bahonasidir.