Ayyub :)
2.38K subscribers
195 photos
64 videos
2 files
25 links
Kimsasiz qoldim, kel ey, kimsasizlar kimsasi...

| @byayyub_bot
| t.me/anonaskbot?start=npy9p
Download Telegram
Oʻtkan kun – oʻtdi, ketdi!
Tarix gʻildiragini orqaga qaytarishning iloji yoʻq.

Zamonning oʻlib boʻlgan jussasining qabrini ochib tiriltirishga urinma.

Oʻtmishini eslab, uni takror gʻam qilayotgan kishi xuddi unni yana qaytadan tegirmonga solayotgan yoki toʻponni yana qayta aralashga urinayotgan odamga oʻxshaydi.

Eshakka aytilarkan:
— «Nimaga kavshanmaysan?».
— «Yolgʻonni yomon koʻraman!» der ekan.

Ya'ni chaynalib yutib boʻlingan narsani qaytadan olib kelib yana chaynashning nima keragi bor?!
Forwarded from محزوني
бугун 27-чи кеча, саҳиҳ далилларда лайлат-ул қадр кечаси деб келган! бу кеча минг ойдан яхшироқдир, бу кечани ғафлатда ӯтказиб юборма, зеро бу кеча сенинг барча гуноҳларингни авф этилишига сабаб бўлиши мумкин
Bir tush koʻrdim, jonsiz yotardi tanam.
Hech kim parvo qilmasdi, lek kuyib yigʻlardi Onam 🌊
29/29 🥹

Keyingi Ramazonga ham ofiyatda yetkazsin!
Buni nasib derlar
Sira tortma gʻam..
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
Alloh taʼolo aytadi:
«Bandam sen men uchun men xohlagandek boʻlgin, men ham sen uchun sen xohlagandek boʻlaman.
Senga nima foydali ekanligini menga gapirma.
Agar sen men xohlagan ishda menga taslim boʻlsang, sen istagan ishingda senga kifoya qilaman».
Bahor 🌸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allohga oshiq banda

Qalbida Allohga haqiqatan muhabbati bor banda ozgina gunohini ham koʻp deb biladi, koʻp savobini ozgina deb biladi.

Shunaqamisiz?

Yana bitta belgisi:
Toatni oʻziga lozim tutadi, maʼsiyatdan uzoq boʻladi.

Va borligʻini mahbubga beradi.

Rosululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalarga:
— Qoʻshinni jihozlash uchun infoq qilinglar, - dedilar.

Shunda Abu Bakr Siddiq hamma pulini olib keldi. U kishiga hamma pulingni olib kelgin deb aytilmagandi. Bir qismini olib kelsa ham boʻlardi.

Rosululloh:
— Ya Abu Bakr, uyingizga ham biror narsa qoldirib keldingizmi?, - deganlarida.
— Ha, bundan yaxshirog'ini qoldirib keldim.
(Vaholanki hamma pulini olib kelgan..)
— Nimani qoldirib keldingiz?, - deganlarida.
— Uyga Alloh va Rasulining roziligini qoldirib keldim, - deb javob berdi.

@byayyub
Bu kanal diniy mavzudagi kanal emas!
Garchi oxirgi postlar buning aksini koʻrsatayotgan boʻlsa ham.

Kanalni ilm yoʻlidagi oʻzim va sizlar uchun eslatma sifatida ochganman.

Kanalga har qanday mavzudagi post joylanishi mumkin. Diniy yoki dunyoviy. Manfaat berishi mumkin boʻlgan har qanday maʼlumot. Shunchaki oʻrganganlarimni ulashaman.
Vaqt – eng buyuk ne’mat

“Asrga qasamki, inson ziyon ichidadir...”
(Asr surasi, 1-oyat)


Vaqt – Alloh taoloning insoniyatga bergan eng ulug‘ ne’matlaridan biri. Bu ne’mat haqida Qur’onda qasam ichilgan, hadisda esa odamlar ko‘p hollarda e’tiborsiz qoldiradigan ikki ne’matdan biri sifatida zikr etilgan: “Sog‘liq va bo‘sh vaqt.” (Buxoriy)

Ammo bugun biz bu ne’matni qanday qarshilayapmiz?

Hasan Basriy rahimahulloh shunday degan edilar:

"Ey inson! Sen vaqt emassanmi? Agar bir kuning o‘tsa, sening bir qisming ketdi."

Zamonaviy nigoh

Harvard Business Review ma’lumotlariga ko‘ra, zamonaviy inson kuniga o‘rtacha 2–3 soatni telefon ekraniga qarab o‘tkazadi.

Global so‘rovda odamlarning 60% dan ortig‘i doimiy vaqt yetishmovchiligidan shikoyat qilgan.

Ayniqsa, 18–35 yosh orasidagi yoshlar kuniga 4+ soatni telefonlarda o‘tkazishadi, bu esa haqiqiy produktivlikni kamaytiradi.

APA (Amerika Psixologiya Assotsiatsiyasi) aytishicha, rejasiz bo‘sh vaqt insonda tushkunlik, maqsadsizlik hissini kuchaytiradi.

Vaqtdan unumli foydalanish uchun uni toʻgʻri ishlarga taqsimlash lozim.

Yale universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kundalik reja tuzish unumdorlikni 25–30% ga oshiradi.

Pomodoro usuli (25 daqiqa ish – 5 daqiqa tanaffus) bilan ishlaydiganlar ko‘proq ishni kamroq vaqtda bajarishga erishadi.

Toʻxtang va oʻylab koʻring! Vaqtingizni behuda simirayotgan narsa kelajakda sizga yordam beradimi?

Yana shuni unutmangki, albatta har bir banda vaqtidan qanday foydalanganidan soʻraladi!

@byayyub
Qalbingiz qay ahvolda?

Sufyon Savriyning oldiga bir kishi kelib,

— Mening qalbim kasal boʻlib qoldi, menga bir dori tayin qilib bersangiz, - dedi.

Shunda Sufyon Savriy u kishiga qarab quyidagi soʻzlarni aytdi:

— Ixlos tomirini oling, ustiga sabr barglaridan tashlang. Unga tavoze sharbatini quying. Bularning hammasini taqvo idishiga joylab, qilingan gunohlardan boʻlgan mahzunlik oʻtini yoqing. Uni rostgoʻylik qoʻli bilan olib, istigʻfor idishiga quyingda, xudojoʻylik bilan isteʼmol qiling!

Bu aytilgan narsalar dorixonada bormi?

Qayerda bor?

Ilm majlisida, masjidda, madrasada bor. Allohning zikri boʻladigan majlisda bor.

Bu odam qalbi kasal boʻlganini bilib, kelib gapiryapti. Bunaqa kasalmas, balki qalbi oʻlgan qancha odamlar bor?! Bilmasdan yuribdi.

Otasining gapi ham tasir qilmaydi, odamlarning laʼnati ham tasir qilmaydi. Haromni qoʻrqmasdan yeydi. Qalb oʻlib boʻlgan, oʻzining xabari yoʻq xolos.

@byayyub
Mutolaa doimiy hamrohimiz bo'lishi kerak

Yaratgan Robbing nomi bilan oʻqi.
(Alaq surasi 1- oyat)


Islom dini ilk kundanoq ilm va o'qishga katta e'tibor bergan. Vahiyning boshlanishi ham o'qish bilan bog'liq. Bu tasodif emas. Chunki mutolaa – bilimga eltuvchi, qalbni uyg'otuvchi, ongni kengaytiruvchi yo'ldir.

Rasululloh ﷺ aytdilar:

"Kim ilm yo'liga chiqqan bo'lsa, Alloh unga jannat yo'lini oson qiladi..."
(Imom Muslim rivoyati)


Ko'plab hayotlarda yashab ko'rish, turli qiyofadagi odamlar bilan uchrashish va hatto vaqt bo'ylab sayohat sirlarini bilmoqchimisiz?

Siz bu narsalarni kitob o'qish orqali his qilishingiz mumkin.

Kitob o'qish — bu shunchaki dam olish emas. Balki, aqlan va jismonan rivojlanishdir.

Mutolaa miya uchun eng zo'r ozuqadir. U miya faoliyati, xotira, kognitiv funksiyalar – ijodkorlik va miyaning o'rganish sig'imini oshiradi.

U shuningdek, fikrlash qobiliyati, so'z boyligi va tasavvurni kengaytiradi.

Boshqa madaniyatlarni o'rganish orqali insonlar bilan munosabatni va empatiyani yaxshilaydi.

Kitoblar bizni kuldirishi va yig'latishi, intriga va hayajon uyg'otishi mumkin. Bu hislar sog'liq uchun ijobiy foyda keltiradi, shu jumladan miyadan endorfinlar chiqishini stimullaydi. Bu gormonlar dam olishga, og'riqni boshqarishga va stressdan xalos bo'lishga yordam beradi.

O'qish intellektual mashq bo'lishdan tashqari, jismoniy foyda ham keltiradi. 

Tadqiqotga ko'ra muntazam kitob o'qish qon bosimini normallashtiradi, stresni 68% gacha kamaytiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, kitob o'qish va uzoq umr ko'rish o'rtasidagi bog'liqlikni aniqladilar; kuniga atigi 30 daqiqa kitob o'qiydigan insonlarning o'rtacha umr ko'rish davomiyligi, o'qimaydiganlarga nisbatan 2 yilga uzunroq bo'ladi.

Mutolaa bizni qutqaradi. Oʻzingizni rivojlantirish orqali bu millat uygʻonishiga yordam bering.

Kitob o'qishni odatga aylantiring. Boshlanishiga yengil o'qiladigan kichkina kitoblardan boshlang.

Kuniga kamida 20 daqiqa mutolaa uchun vaqt ajratish orqali asta-sekin rivojlanib borasiz. Odat shakllangandan keyin esa mutolaa hayotingizning bir qismiga aylanadi.

@byayyub
Toʻgʻrisoʻzlik – o‘ziga xiyonat qilmaslikdir

Rostgo‘ylik ruhiy va jismoniy salomatlikni yaxshilaydi. Boshqa tomondan, yolg‘on qon bosimi va yurak urishini oshiradi va sog‘liq uchun boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi.

Toʻgʻri va samimiy muloqot ochiqlik va ishonchni rag‘batlantiradi hamda ijtimoiy yaqin munosabatlarning rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Massachusetts universiteti tadqiqotiga ko‘ra:

Odamlarning 60%i tanishlar bilan birinchi suhbatda 3 daqiqada kamida bir marta yolg‘on gapiradi.

Rostgo‘y bo‘lish insonda barqaror psixologik holat, ichki osoyishtalik va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshiradi.

Yolgʻon gapirishga odatlangan insonlar oʻzlarida doimiy stressni sezadilar.

Yolg‘on va haqiqat o‘rtasida miya faollashuvi darajasida neyrofiziologik farq mavjud, bu biz yolg‘on gapirganimizda stress yuzaga kelishiga olib keladi.

@byayyub
Forwarded from Zayd Qamar
Yoʻqotganlarim evaziga Allohni topganimni tushunib yetganimdan beri yoʻqotishni-da sevdim…
— Oʻzingga doim kamdek tuyuladigan sifat nima?
— Taqvo..