Ayyub :)
2.38K subscribers
194 photos
64 videos
2 files
25 links
Kimsasiz qoldim, kel ey, kimsasizlar kimsasi...

| @byayyub_bot
| t.me/anonaskbot?start=npy9p
Download Telegram
📚 китоб ўқийдиган инсондан ёмонлик чиқмайди..!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ulamolar aytadilarki,
- Kim odobni yengil sanasa, sunnatdan mahrum bo‘ladi.
- Kim sunnatni yengil sanasa, farzlardan mahrum bo‘ladi.
- Kim farzlarni yengil sanasa, oxiratdan mahrum bo‘ladi.
Alloh bilan birga boʻlmoq – farz,
dunyodan ayrilmoq – sunnatdir.
Mendan oldin oʻtmang toki, Onam ekaningizni unutar darajada qarishimni kuting iltimos Ona...
Oʻtkan kun – oʻtdi, ketdi!
Tarix gʻildiragini orqaga qaytarishning iloji yoʻq.

Zamonning oʻlib boʻlgan jussasining qabrini ochib tiriltirishga urinma.

Oʻtmishini eslab, uni takror gʻam qilayotgan kishi xuddi unni yana qaytadan tegirmonga solayotgan yoki toʻponni yana qayta aralashga urinayotgan odamga oʻxshaydi.

Eshakka aytilarkan:
— «Nimaga kavshanmaysan?».
— «Yolgʻonni yomon koʻraman!» der ekan.

Ya'ni chaynalib yutib boʻlingan narsani qaytadan olib kelib yana chaynashning nima keragi bor?!
Forwarded from محزوني
бугун 27-чи кеча, саҳиҳ далилларда лайлат-ул қадр кечаси деб келган! бу кеча минг ойдан яхшироқдир, бу кечани ғафлатда ӯтказиб юборма, зеро бу кеча сенинг барча гуноҳларингни авф этилишига сабаб бўлиши мумкин
Bir tush koʻrdim, jonsiz yotardi tanam.
Hech kim parvo qilmasdi, lek kuyib yigʻlardi Onam 🌊
29/29 🥹

Keyingi Ramazonga ham ofiyatda yetkazsin!
Buni nasib derlar
Sira tortma gʻam..
Hayit ayyomingiz muborak boʻlsin!
Alloh taʼolo aytadi:
«Bandam sen men uchun men xohlagandek boʻlgin, men ham sen uchun sen xohlagandek boʻlaman.
Senga nima foydali ekanligini menga gapirma.
Agar sen men xohlagan ishda menga taslim boʻlsang, sen istagan ishingda senga kifoya qilaman».
Bahor 🌸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Allohga oshiq banda

Qalbida Allohga haqiqatan muhabbati bor banda ozgina gunohini ham koʻp deb biladi, koʻp savobini ozgina deb biladi.

Shunaqamisiz?

Yana bitta belgisi:
Toatni oʻziga lozim tutadi, maʼsiyatdan uzoq boʻladi.

Va borligʻini mahbubga beradi.

Rosululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalarga:
— Qoʻshinni jihozlash uchun infoq qilinglar, - dedilar.

Shunda Abu Bakr Siddiq hamma pulini olib keldi. U kishiga hamma pulingni olib kelgin deb aytilmagandi. Bir qismini olib kelsa ham boʻlardi.

Rosululloh:
— Ya Abu Bakr, uyingizga ham biror narsa qoldirib keldingizmi?, - deganlarida.
— Ha, bundan yaxshirog'ini qoldirib keldim.
(Vaholanki hamma pulini olib kelgan..)
— Nimani qoldirib keldingiz?, - deganlarida.
— Uyga Alloh va Rasulining roziligini qoldirib keldim, - deb javob berdi.

@byayyub
Bu kanal diniy mavzudagi kanal emas!
Garchi oxirgi postlar buning aksini koʻrsatayotgan boʻlsa ham.

Kanalni ilm yoʻlidagi oʻzim va sizlar uchun eslatma sifatida ochganman.

Kanalga har qanday mavzudagi post joylanishi mumkin. Diniy yoki dunyoviy. Manfaat berishi mumkin boʻlgan har qanday maʼlumot. Shunchaki oʻrganganlarimni ulashaman.