BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.3K subscribers
57K photos
7.26K videos
9 files
19.1K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov G‘ijduvon tumanining “Oqrabot” mahallasida bo‘lib “fuqarobay” tizim asosida “beshlik” vakillari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Bunda aholini qiynab kelayotgan muammolar va mahallalardagi yechimini kutayotgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar o‘rganilib, tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rish borasida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ushbu mahallalarda kelgusida jinoyatchilikning oldini olish maqsadida, “xonadonbay”, “oilabay” va “fuqarobay” tizim, “Xavfsiz hovli” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yana-da kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#LIVE
#3sektor_faoliyatidan
#Gijduvon_tumani

Ayni vaqtda G‘ijduvon tumanida bo‘lib turgan Buxoro viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Mirjamol Miralimov tumanidagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi holidan xabar olib, ularning muammolarini shaxsan o‘zi o‘rganib, iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.

Jarayonda o‘tganlar xotirasiga Qurʼon tilovat qilindi. Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zadorlar yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz yetishtirayotgan mahsulotlar hosiliga baraka tilab, duo qilishdi.

Shuningdek hudud ahlini madaniy hordiq chiqarishi uchun konsert dasturi tashkil etilib, ehtiyojmand xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
⚡️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022 yil 22-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi”gi buyrug‘i talablari asosida Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati batalyoni ofitser xodimlaridan jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan to‘sinda tortilish, 100 metrga yugurish, 1000 metrga yugurish va qo‘l jangi usullaridan sinovlar olindi.

Bunda, asosiy eʼtibor xodimlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda xodimlarni turli xil ekstremal vaziyatlarda harakatlanish tartib qoidalari, qo‘l jangi usullaridan foydalanish mahoratini oshirishga qaratildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube