BUXORO IIB | Rasmiy kanal
10.7K subscribers
53.4K photos
6.85K videos
9 files
18.1K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Buxoro viloyati prokurori hamda Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumanida sodir bo‘lgan mudhish qotillik jinoyatini keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qildilar
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ogohlantiradi!

Ijtimoiy tarmoq firibgarlaridan ogoh bo‘ling.

Plastik kartangiz maxfiy kodi va xos raqamlarini birovga maʼlum qilmang.

Aks holda firibgarlar domiga ilinib, orttirgan barcha mablag‘laringizdan ayrilasiz.

🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida “Pirotexnika” vositalarining noqonuniy oldi-sottisi bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni aniqlash borasida maxsus tezkor profilaktik tadbirlar harakatga keltirilgan.

G‘ijduvon tumani Dehqon bozorida pirotexnika vositalarining qonunga xilof ravishda saqlash, savdo qilish faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida, 1996 yilda tug‘ilgan tumanning Zargaron mahallasida yashovchi R.z. umumiy qiymati 150.000 so‘mlik, 10 qutida 600 dona “Trenya” yozuvli pirotexnika vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Hozirda ushbu shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Kasbiy tayyorgarlik oyligi" tadbirlari doirasida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi bilan amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
“Qoradori-2021” Romitan tumani.

Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2021” tezkor tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumotlar asosida tumanning Qalaychorbog‘ mahallasida yashovchi 1959 yilda tug‘ilgan X.F. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, u o‘z uyida 17 ta “Spichki” yozuvli gugurt qutilarga solib qadoqlangan hamda polietilen paketlarga joylangan viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra vazni 860 grammga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan X.F. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘ZBEKISTON – 24" telekanali " Axborot 24" dasturi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni imzolandi.

🇺🇿
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
“Yangi O‘zbekiston – yangi ichki ishlar organlari!” shiori ostida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga doir navbatdagi sayyor uchrashuv Buxoro viloyatining Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari va ularning ota-onalari bilan o‘tkazildi
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube