BUXORO IIB | Rasmiy kanal
13.7K subscribers
87.1K photos
10.6K videos
9 files
27.8K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
“Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri. Qorovulbozor tumani.

Qorovulbozor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 167-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun, tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan 2021 yil 19 oktyabr kunidan beri qidiruv eʼlon qilingan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Arabon mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.B. Vobkent tumani hududida qo‘lga olinib, 4-son Tergov hibsxonasiga topshirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari kasb bayramini nishonladilar
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qorovulbozor tumani 3-sektorida daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi daraxt ko‘chatlari ekish ishlari Qorovulbozor tumani 3-sektorida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 3-sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, “Daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik" aktsiyasida faol ishtirok etish, hududlarni yashil makonga aylantirishda tashabbuskorlikni namoyish etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib, shaxsiy namuna sifatida ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda navbati bilan mahallalarda daraxt ekish ishlarini amalga oshirmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Peshku tumanida sodir etilgan o‘g‘rilik jinoyati qo‘l barmoq izlari yordamida fosh etildi.

Tuman Ichki ishlar bo‘limining bergan maʼlumotiga ko‘ra 2021 yilning 04 oktyabriga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Peshku tumani Yangiobod mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.M. tegishli bo‘lgan shu manzilda joylashgan go‘sht do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerdan 650.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida, hodisa sodir bo‘lgan joydan olingan qo‘l barmoq izlari jabrlanuvchining mahalladoshi 1988 yilda tug‘ilgan Y.J. ga tegishli ekanligi aniqlanib, gumon qilinuvchi bilan olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida jinoyatni aynan u sodir qilganligi fosh etilgan.

Hozirda Y.J. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
G‘ijduvon tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida qator targ‘ibot va tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube