BUXORO IIB | Rasmiy kanal
13.7K subscribers
87.1K photos
10.6K videos
9 files
27.8K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
#Kun_qahramoni

XALQ BILAN HAMNAFAS

Jo‘rayev Dilshod To‘rayevich 1977-yili Buxoro viloyatining Vobkent tumanida tug‘ilgan. 1999-yil Buxoro davlat universitetini tugatgan. 2003-yildan boshlab, ichki ishlar organlarida xizmat faoliyatini o‘tab kelyapti. Dastlab Vobkent tumani IIB voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish guruh inspektori, keyinchalik profilaktika inspektori va profilaktika katta inspektori lavozimlarida samarali xizmat qildi. Ayni paytda Shofirkon tumani IIB HPB 242-sonli tayanch punkti profilaktika katta inspektori lavozimida faoliyat ko‘rsatyapti.
Батафсил ўқинг👉

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
XODIMLARGA SPEKTAKL NAMOYISH ETILDI

11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni bayramini koʻtarinki ruhda nishonlash maqsadida Buxoro viloyati IIB xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasining “Yangi Oʻzbekiston – yangi kasaba uyushmalari” gʻoyasi ostida hamda “Xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatni muhofaza qilish haftaligi” doirasida madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtkazildi. Jumladan, viloyat IIB xodimlari Birlashgan kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan Kasaba uyushmalari kuniga bagʻishlab, “Boqiy Buxoro” majmuasida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida toʻplangan ichki ishlar organlari xodimlariga Nabi Hoshimovning “Razolat qurbonlari” asari asosida tayyorlangan spektakl namoyish etildi.
Shuningdek, Buxoro estradasining yorqin yulduzlari tomonidan dalnavoz qoʻshiqlar yangradi. Konsert tadbirlari ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarida katta taassurot qoldirdi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

👉 @postdarasmiy телеграм каналимизга аъзо бўлинг.
“Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri. Qorovulbozor tumani.

Qorovulbozor tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 167-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun, tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan 2021 yil 19 oktyabr kunidan beri qidiruv eʼlon qilingan Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Arabon mahallasida ro‘yxatda turuvchi, 1983 yilda tug‘ilgan A.B. Vobkent tumani hududida qo‘lga olinib, 4-son Tergov hibsxonasiga topshirildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Shofirkon tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari kasb bayramini nishonladilar
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Qorovulbozor tumani 3-sektorida daraxt ko‘chatlarini ekish aksiyasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi daraxt ko‘chatlari ekish ishlari Qorovulbozor tumani 3-sektorida ham uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i 3-sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, korxona va tashkilot rahbarlari bilan uchrashib, “Daraxt ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik" aktsiyasida faol ishtirok etish, hududlarni yashil makonga aylantirishda tashabbuskorlikni namoyish etish yuzasidan ko‘rsatmalar berib, shaxsiy namuna sifatida ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda navbati bilan mahallalarda daraxt ekish ishlarini amalga oshirmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube