BUXORO IIB | Rasmiy kanal
11.2K subscribers
60.7K photos
7.67K videos
9 files
20.1K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
MUROJAAT va YECHIM...

Bugun, erta tongdan tasdiqlangan grafik hamda karantin talablari asosida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi.

Qabul jarayonida 20 ga yaqin fuqarolarning 15 dan ortiq turli masalalarda qilgan murojaatlari Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan tegishi sohaviy xizmatlar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi.

Murojaatlar bilan ishlash jarayonida asosiy eʼtibor har bir masalaning yechim topishiga qaratildi.

Qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan ayrim murojaatlar yuzasidan sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Qoradori-2021 tezkor profilaktik tadbiri. Buxoro tumani.

Olingan tezkor maʼlumotlar asosida Buxoro tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2021” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri davomida, tumanning Yangiturmush mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan N.I. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, uning tomarqa yerida viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining sudga oid kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, 5 tup “Kannabis” (kanop) o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from POSTDA|Rasmiy kanal
BANGIXONA FOSH ETILDI

Buxoro shahar IIOFMB xodimlari Mahmud Tarobiy nomli mahalladagi xonadonlardan birida nomaʼlum shaxslar to‘planib turganligi to‘g‘risida olingan tezkor maʼlumot asosida tadbir o‘tkazishdi. Tadbirda mazkur manzil ko‘zdan kechirilganda, 1998 yilda tug‘ilgan O.M. ismli shaxs 1,5 litr hajmli yelim idish (baklashka) va uning og‘iz qismiga o‘rnatilgan folga qog‘oziga “marixuana” giyohvandlik moddasini o‘zi bilan birgalikda mazkur xonadonda bo‘lgan fuqarolar F.E., I.K., N.M., Sh.M. ismli yigitlar va M.B.ismli qiz bilan birga isteʼmol qilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O.M. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 274-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
Rahbar va yoshlar. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev G‘ijduvon tumanida yoshlar bilan uchrashdi
👉 Batafsil o‘qing

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube