Buxoro IIB | Rasmiy kanal
163K subscribers
103K photos
12.8K videos
10 files
32.3K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro viloyati IIBda mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati muhokama qilindi

▶️Batafsil
— — — —
Бухоро вилояти ИИБда маҳаллаларни жиноятдан ҳоли ҳудудга айлантириш ва фуқаролар мурожаатлари билан ишлаш ҳолати муҳокама қилинди

▶️Батафсил

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg'ulotlari o'tkazildi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Shofirkon tumanlarida nizoli oilalar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i rahbarligida Shofirkon tumanida ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida nizoli oilalar holati chuqur o‘rganildi. Ushbu o‘rganishlar jarayonida oilaviy kelishmovchiliklarning barvaqt oldini olish, ularning tub sabablarini aniqlash va bartaraf etishga alohida e'tibor qaratildi. Mutasaddilar tomonidan har bir holat yuzasidan fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik suhbatlar olib borilib, ularga kerakli huquqiy tushuntirishlar va maslahatlar berildi. Oilalarda totuvlikni ta'minlash hamda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash jamiyat tinchligining asosiy garovi ekanligi ta'kidlab o‘tildi.

Tadbirlar davomida fuqarolarga oilaviy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni qonuniy hal etish yuzasidan yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_hudud_dolzarb_30_kunlik
Buxoro shahrida bedarak yo'qolgan voyaga yetmagan bola qo'riqlash xizmati xodimlari tomonidan topildi
Buxoro shahrida yashovchi fuqaro D.M. viloyat IIBning "112" tizimiga murojaat qilib, yashash xonadonidan noma'lum tomonga chiqib ketgan voyaga yetmagan o'g'li A.M.ni topishda amaliy yordam so'ragan.

Buxoro shahar Qo'riqlash bo'limi 6-sonli Texnik qo'riqlash markazi xodimlariga "Chorbahossa" MFY, Talija ko'chasida joylashgan xonadonlarning biridan tashvish xabari kelib tushgan.

Qo'riqlash xizmati xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadonda bo'lgan shaxsning shaxsiga aniqlik kiritishgan. Olib borilgan tekshiruv davomida ushbu shaxs aynan qidiruvda bo'lgan voyaga yetmagan A.M. ekanligi ma'lum bo'lgan.

Shundan so'ng, zudlik bilan uning onasi chaqirtirilib, voyaga yetmagan A.M. belgilangan tartibda onasiga sog'-salomat topshirildi. O'z vaqtida ko'rilgan tezkor choralar natijasida yana bir oilaning xotirjamligi ta'minlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
©️Buxoro MTRK “Xabar” informatsion dasturi

IIBda navbatdagi qabul.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tibbiyot va profilaktika hamkorligi: Buxoroda ruhiy salomatlik markazi o'rganildi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Kogon tumanida voyaga yetmaganlar o'rtasidagi huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Kogon tumanida "Dolzarb 30 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida tuman IIB JXX XPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tomonidan alohida e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yoshlar bilan ishlash tizimi kuchaytirildi. Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni tazyiq, zo‘ravonlik hamda turli firibgarliklardan asrash masalalari kun tartibida ko‘rib chiqildi. Tuman hududida tungi vaqtda ko‘ngilochar joylarda yurgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, ularning ota-onalariga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, tadbir davomida nazoratsiz va qarovsiz qolgan, bemaqsad daydib yurgan o'smirlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni Buxoro viloyati IIB JXX XPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube