Buxoro IIB | Rasmiy kanal
164K subscribers
103K photos
12.8K videos
10 files
32.3K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat! Bazaviy hisoblash miqdori oshdi!
———
Диққат! Базавий ҳисоблаш миқдори ошди!

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Diqqat_bolalar!
Erta tongdan yo’l yoqalarida joylashgan maktablar oldida harakat xavfsizligi taʼminlanmoqda

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Ikkinchi imkon": Prezident afvi tufayli oilasi bag'riga qaytgan buxorolik yigitning kelajak maqsadlari

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyatida "Eng yaxshi ekspert-kriminalist" ko'rik-tanlovining hududiy bosqichi bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2026-yil 12-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar vazirligida doimiy faoliyat yurituvchi komissiyalar ishini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom”ning 10-ilovasiga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida “Eng namunali ekspert-kriminalistika jamoasi” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi belgilangan.

Mazkur ko‘rik-tanlov xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning bilim va kasbiy mahoratini yuksaltirish, intellektual hamda professional salohiyatini oshirish, tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan xodimlarni aniqlash va munosib rag‘batlantirishga qaratilgan.

2026-yil 5-sentabrda Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

Ko‘rik-tanlov davomida ishtirokchilarning nazariy bilimlari, kasbiy tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalari bir necha yo‘nalish bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Dastlab, ishtirokchilarning ekspert-kriminalistika faoliyatiga oid nazariy bilimlari, sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish darajasi hamda kasbiy tayyorgarligini aniqlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi. Belgilangan vaqt davomida xodimlar taqdim etilgan savollarga javob berib, o‘zlarining kasbiy bilim va tayyorgarlik darajasini namoyon etdilar. Test natijalari belgilangan mezonlar asosida baholanib, ishtirokchilarning to‘plagan ballari qayd etildi.

Ko‘rik-tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirokchilarning jangovar va xizmat tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Xususan, xodimlar Kalashnikov avtomati hamda Makarov pistoletini belgilangan tartibda to‘liqsiz qismlarga ajratish va qayta yig‘ish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ushbu jarayonda topshiriqlarni to‘g‘ri va izchil bajarish, qurol bilan muomala qilish ko‘nikmasi hamda belgilangan vaqt me’yorlariga rioya etish kabi jihatlarga alohida e’tibor qaratilib, har bir ishtirokchining natijasi komissiya a’zolari tomonidan baholab borildi.

Shuningdek, suhbat jarayonida ekspert-kriminalistlarning huquq va majburiyatlari, xizmat faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni bilish darajasi, sohaviy xizmatlar bilan o‘zaro hamkorligi, tergov-tezkor guruhi tarkibidagi vazifalari, xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natija va yutuqlari, shuningdek, kriminalistika sohasidagi maxsus bilim va amaliy ko‘nikmalari komissiya a’zolari tomonidan atroflicha baholandi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti leytenant Idiyev Nodirbek Nutfulloyevich faxrli uchinchi o‘rinni, Jondor tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti katta leytenant Shukurov Davlat Elyorjon o‘g‘li faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

Buxoro viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti kapitan Islomov Shoxzod O‘tkirjon o‘g‘li esa o‘zining yuqori kasbiy tayyorgarligi, nazariy bilimlari va amaliy mahoratini namoyon etib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Bu kabi ko‘rik-tanlovlar ekspert-kriminalistika xizmati xodimlarining kasbiy bilim va mahoratini yanada yuksaltirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda o‘z kasbiga sadoqatli, bilimli va professional xodimlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube