Buxoro IIB | Rasmiy kanal
164K subscribers
103K photos
12.8K videos
10 files
32.3K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari o'rtasida "Buxoro Smart Qalqon" ilovasini o'rnatish va undan samarali foydalanish bo'yicha targ'ibot ishlari olib borildi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
©️Istiqlol TV "Xabarlar" informatsion dasturi

Buxoroda "Bilimlar kuni" tadbirlari.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro IIB | Rasmiy kanal
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabul qilindi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Romitan tumanida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va aholi bandligini ta'minlash chora-tadbirlari o'rganildi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida Romitan tumanida Davlatimiz rahbarining PQ-1 sonli qarori ijrosini ta'minlash, ishsizlikni qisqartirish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda xavfsiz muhitni yaratish ishlari ko'zdan kechirildi. Tumandagi "Qahramon" va "G'azberon" mahallalarida o'tkazilgan o'rganishlar jinoyatchilikni jilovlashda aholi bandligini ta'minlash naqadar muhim omil ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Xususan, "Qahramon" mahallasida 85 million yevro sarmoya hisobiga barpo etilgan va 800 nafarga yaqin yangi ish o'rnini yaratgan yirik loyiha faoliyati o'rganildi. Viloyat rahbari ushbu quvvatdan hududdagi ishsiz, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a'zolarini doimiy ish bilan ta'minlashda maksimal darajada foydalanish zarurligini ta'kidladi. Barqaror ish o'rni va munosib ish haqi fuqarolarning huquqbuzarlik yo'liga kirib qolishining oldini oluvchi eng asosiy ijtimoiy qalqon ekanligi qayd etildi.

Oila daromadi xonadon xotirjamligi va hudud xavfsizligining tayanchidir. Shu ma'noda Romitanning "G'azberon" mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkorlar xonadonida tashkil etilgan yirik chorvachilik faoliyati ham ko'zdan kechirildi. Aholini mana shunday halol mehnat va oilaviy tadbirkorlikka jalb etish mahallalarda sog'lom iqtisodiy muhitni shakllantirib, jinoyatchilikdan holi hudud barpo etishning eng samarali usuli ekanligi e'tirof etildi.

Yakunda tuman mas'ullari hamda huquq-tartibot idoralari vakillariga hududda ijtimoiy-kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, ishsiz fuqarolarni yirik sanoat korxonalari va oilaviy tadbirkorlikka yo'naltirish yuzasidan qat'iy topshiriqlar berildi. Jinoyatchilikka qarshi kurashishni ijtimoiy reyestrdagi oilalar bilan manzilli ishlash orqali tashkil etish Romitan tumani xavfsizligi va xalq farovonligining asosiy kafolati ekanligi alohida ta'kidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Voyaga yetmaganlarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha tadbir o'tkazildi
Buxoro viloyati Kasbiy ko'nikmalar markazi hamda Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tomonidan imzolangan memorandum doirasida hududdagi voyaga yetmagan yoshlarni kasb-hunarga o'rgatish va ularning kelgusidagi bandligini ta'minlashga qaratilgan amaliy tushuntirish ishlari tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida yoshlarga markazda mavjud bo'lgan kasb-hunar o'quv kurslari hamda ularning qulayliklari va afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi. Mutaxassislar tomonidan kelajakda mustaqil mehnat faoliyatini yo'lga qo'yish imkoniyatlari tushuntirildi va bolalarning shaxsiy qiziqishlari hamda qobiliyatlariga mos keladigan yo'nalishlarni tanlash bo'yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.

Tushuntirish ishlari davomida yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javob olishdi. Mutasaddilar tomonidan ularni doimiy ravishda o'z ustida ishlashga va zamonaviy kasb-hunar sirlarini o'zlashtirishiga alohida e'tibor qaratildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube