BUXORO IIB | Rasmiy kanal
15.5K subscribers
94.2K photos
11.5K videos
9 files
29.7K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
Buxoro xavfsizligi qalqonlari yagona maqsad yo'lida...

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining Buxorodagi uchrashuvi ikki xalq o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, azaliy qardoshlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Встреча Президентов Узбекистана и Казахстана в Бухаре стала ярким воплощением крепкой дружбы, многовековых уз братства, укрепляющихся отношений стратегического партнерства и союзничества между нашими народами.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Buxoro viloyati IIBda navbatdagi shaxsiy qabul bo'lib o'tdi
Inson qadri va uning dardi bilan yashash bugungi kunda har bir rahbarning asosiy burchidir. Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosida aynan odamlarni qiynayotgan muammolarga quloq tutish va ularga amaliy yechim topish maqsadida navbatdagi shaxsiy qabul o'tkazildi. Buxoro viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig'i tomonidan qabul qilingan ushbu jarayonda xalq bilan yuzma-yuz, samimiy va ochiq muloqot olib borildi. Bu uchrashuvda har bir murojaatga shunchaki qog'ozdagi yozuv emas, balki tirik inson taqdiri sifatida qarab, alohida e'tibor qaratildi.

​Jarayon davomida yigirmadan ortiq fuqaroning sud-huquq, kundalik xizmat faoliyati va shaxsiy muammolari batafsil tinglandi. Murojaat bilan kelgan insonlarning dardi birma-bir eshitilib, har bir masalaning tub ildiziga tushgan holda aholining qonuniy manfaatlarini ta'minlash chora-tadbirlari ko'rildi. Xususan, firibgarlarning tuzog'iga tushib qolgan va mulkini qaytarishda najot izlagan, tergov jarayonlarida adolat hamda xolislikni so'ragan, shuningdek, yo'l harakati xavfsizligi masalalarida o'z e'tiroz va takliflarini bildirgan yurtdoshlarimiz bilan qizg'in suhbat olib borildi va ularga zaruriy huquqiy yo'l-yo'riqlar ko'rsatildi.

​Quvonarlisi shundaki, odamlarni sarson qilayotgan bir qator muammolar boshqarma rahbariyatining bevosita aralashuvi bilan shu yerning o'zida ijobiy hal etildi, qanchadan-qancha insonlarning mushkuli oson bo'ldi. Qo'shimcha o'rganish, chuqurroq huquqiy baho berishni talab etadigan murakkab holatlar esa maxsus nazoratga olinib, mutasaddi soha rahbarlariga aniq muddatli qat'iy topshiriqlar berildi.

​Hech bir murojaat e'tiborsiz qolmaydigan bu kabi shaxsiy qabullar adolat tamoyillarining amaldagi ifodasi bo'lib, xalq va davlat idoralari o'rtasidagi ko'prikni yanada mustahkamlash hamda odamlarning ertangi kunga bo'lgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
©️ "Milliy TV" telekanali "Millar" informatsion dasturi

Mashinadan topilgan og‘u.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM