BUXORO IIB | Rasmiy kanal
15.5K subscribers
92K photos
11.3K videos
9 files
29.2K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Бухарская НТРК представляет информационную программу "Неделя"

Молодёжь Нового Узбекистана - против коррупции.

🇺🇿 Следите за нашими официальными страницами:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
IIV akademiyasi magistraturaga qabul e’lon qiladi

IIV akademiyasi 2026/2027 o‘quv yili uchun magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv”, “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi.
👉Batafsil

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoroda 708 ming AQSH dollari evaziga sotishga taqiq qo'yilgan yerni pullamoqchi bo'lgan firibgar qo'lga olindi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan 1000 dan ziyod insonni zaharlashi mumkin bo'lgan yarim kg giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
#kun_fotosi #кун_фотоси

Tarixiy go'zallik va yelkama-yelka xavfsizlik.
"Eski shahar" atrofida xizmat o'tayotgan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari sayyohlar bilan.
— — —
Тарихий гўзаллик ва елкама-елка хавфсизлик.
“Эски шаҳар” атрофида хизмат ўтаётган Бухоро вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимлари сайёҳлар билан.

📍Buxoro viloyati, Buxoro shahri
Бухоро вилояти, Бухоро шаҳри

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoroda jinoyatchilikni jilovlash, xavfsizlikni ta'minlash va bayramlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 16-mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hududda xavfsiz muhitni yaratish va jamoat tartibini saqlash masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni viloyat IIB boshlig'i ochib berib, so'z navbatini viloyat hokimiga topshirdi. Viloyat hokimi o'z ma'ruzasida joriy yilning o'tgan 2 oy va 10 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlilini shahar va tumanlar kesimida batafsil muhokama qildi. Xususan, mahallalarda sodir bo'layotgan jinoyatchilik holatlariga alohida e'tibor qaratilib, har bir shahar va tuman hokimlariga har oy yakuni bilan jinoyatchilik holatini shaxsan muhokama qilib borish vazifasi yuklatildi. Shundan so'ng tegishli mas'ullarning hisobotlari eshitildi.

Tadbir davomida viloyat prokurori so'zga chiqib, G'ijduvon tumanidagi mahallalardan birida sodir bo'lgan oila-turmush doirasidagi o'ta og'ir jinoyat xususida to'xtaldi. Ushbu holat yuzasidan o'z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, mahalla mas'ullari tomonidan sodir etilgan boshqa qonunbuzarliklar ham tanqidiy ko'rib chiqildi.

Yig'ilish kun tartibidan raqamli xavfsizlik masalalari ham o'rin oldi. Viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i sohadagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida yaratilgan maxsus tizimlar, xususan "Cybershielduz_bot" hamda boshqa tarmoq botlarining faoliyati bo'yicha taqdimot qildi. Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olishda Jizzax tajribasini qo'llash va bu borada viloyat hokimining maxsus qarorini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan hududda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo'yicha taqdimot va takliflar eshitildi.

Tadbir davomida, viloyat IIB boshlig'i tomonidan yaqinlashib kelayotgan muborak "Ramazon hayiti" hamda "Navro'z" umumxalq bayramlarini ko'tarinki ruhda va xavfsiz o'tkazish, tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini to'liq ta'minlash borasida ko'rilishi lozim bo'lgan qat'iy choralar aytib o'tildi.

Yig'ilish so'nggida viloyat hokimi tomonidan barcha mutasaddi rahbarlarga jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini ta'minlash bo'yicha aniq muddatli vazifa va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
DIQQAT, E"LON!!!

Hurmatli, fuqarolar! Buxoro viloyatida Navro‘z umumxalq bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi!

Olot tumani markaziy o‘yingohda 17-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan “Xalifa” MFY hududidan o‘tuvchi D076 “z” avtomobil yo‘lining 2-3 kmgacha bo‘lgan oraliq;

Shofirkon tumani markaziy o‘yingohida 17-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "Xo‘ja Orif" MFY "M.Ashrafiy" ko‘chasi D067 avtomobil yo‘lining 290-290.5 km oralig‘i;

Kogon tumani markaziy o‘yingohida 17-mart soat 12:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "Niyozhoji" MFY "Niyozhoji" ko‘chasidan o‘tuvchi D197 avtomobil yo‘lining 43.5-44 kmgacha bo‘lgan oraliq;

Qorovulbozor tumani Yoshlar bog‘ida 17-mart soat 16:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan Navoiy ko‘chasi “Buxoroneftgazparmalash” AJga burilish yo‘lidan “Yangi saroy” to‘yxonasi burilish yo‘ligacha hamda Navoiy ko‘chasiga tutashadigan "Geologlar" ko‘chasidan chiqadigan 2 ta ko‘chalardan;

Vobkent tumani “Yoshlik” markaziy o‘yingohida 18-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan tuman markazidagi "I.Buxoriy" ko‘chasining "Bobur" va "Ziyo" ko‘chalari kesishmasi, "Bobur" ko‘chasining "F.Xo‘jayev" va "Baxt Iqbol" ko‘chalari kesishmasi hamda "Ziyo" ko‘chasining "Baxt Iqbol" ko‘chasi kesishmalaridan;

Romitan tumani markaziy o‘yingohida 18-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan 80V086 avtomobil yo‘lining 0-0.2 kmgacha bo‘lgan oraliq;

Buxoro tumani markaziy o‘yingohida 18-mart soat 10:00da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan tuman markazida joylashgan “Markaziy o‘yingoh”ga eltuvchi "Buyuk ipak yo‘li", "Buxoro shoh" va "Fitrat" ko‘chalarida;

Peshku tumani markaziy o‘yingohida 18-mart soat 11:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan D198 avtomobil yo‘lining 36-37 kmlari "Ibn Sino" va "A.Temur" ko‘chalarida;

Jondor tumani markaziy o‘yingohida 18-mart soat 13:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan tuman markazidagi "Zarafshon" MFY "M.Torobiy" ko‘chasidan o‘tuvchi D076 avtomobil yo‘lining 1-1.8 km.gacha bo‘lgan oraliq;

Qorako‘l tumani amfiteatrida 19-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "Ulug‘bek" ko‘chasidan o‘tuvchi D184 avtomobil yo‘lining 1.5km (tuman hokimligi oldidagi chorrahadan) M37 avtomobil yo‘li bilan kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan oraliq;

G‘ijduvon tumani “Nurafshon” madaniyat istirohat bog‘ida 19-mart soat 11:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "Degrezon" MFYning "Sharq" va "O‘zbekiston" ko‘chalari kesishmasidan "Nurafshon" madaniyat va istirohat bog‘i bo‘ylab "O‘zbekiston" ko‘chasi muyulishigacha;

Kogon shahri Lokomotiv o‘yingohida 19-mart soat 10:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "A.Navoiy" MFY "Buxoro shoh" ko‘chasidan "Do‘stlik" ko‘chasiga bo‘lgan oraliqda;

Buxoro shahri “Ko‘hna va Boqiy Buxoro” majmuasidagi amfiteatrida 19-mart soat 12:00 da o‘tkaziladigan bayram tadbiri munosabati bilan "Gazli shoh" va "I.Karimov" ko‘chalari kesishmasidan "Vobkent" va "I.Karimov" ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan oraliqda transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha cheklanadi!

Shu sababli fuqarolar hamda shahrimiz mehmonlaridan boshqa avtomobil yo‘llaridan harakatlanishlarini, barcha haydovchilardan tartibga soluvchi xodimlarning ishoralari va yo‘l belgilari talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoro shahrining "Piridastgir" mahallasida jamoat xavfsizligini ta'minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish choralari ko'rilmoqda
Buxoro viloyati IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan reja asosida Buxoro shahrining “Piridastgir” mahallasiga biriktirilgan viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar davomida mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, xodimlar tomonidan mahalla aholisi bilan yaqindan muloqot qilinib, fuqarolarga o‘z mulkini ishonchli qo‘riqlash xizmatiga topshirishning afzalliklari haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Bundan tashqari, uy-joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini qo‘riqlash tizimlariga ulash orqali ularning xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va turli noxush holatlarning oldini olish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube