BUXORO IIB | Rasmiy kanal
15.5K subscribers
92K photos
11.3K videos
9 files
29.2K links
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Download Telegram
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Jondor tumanida oilalar mustahkamligi va xotin-qizlar himoyasi yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
"Turmush" profilaktik tadbiri doirasida Jondor tumanida IIB masʼul xodimlari va hamkor tashkilotlar ishtirokida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Mahalla faollari, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar faollari hamkorligida qator amaliy choralar ko‘rilmoqda. Fuqarolarga o‘z huquq hamda manfaatlarini qonuniy himoya qilish mexanizmlari tushuntirilib, huquqiy maslahatlar berilyapti. Shuningdek, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta'minlashga ko‘maklashish orqali turli huquqbuzarliklarning oldi olinmoqda.

Tazyiq, zo‘ravonlik hamda firibgarlik holatlarining oldini olish, shu bilan birga, oilaviy nizolarni barvaqt hal etish maqsadida xotin-qizlarga psixologik va yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, har bir mahallada "Xonadonbay" ishlash tizimi asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar yashaydigan xonadonlarga tashrif buyurilib, yuzma-yuz muloqot orqali muammolarga amaliy yechim izlanmoqda.

Amalga oshirilayotgan bu kabi manzilli chora-tadbirlar hududda sog‘lom ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, oilalar totuvligini ta’minlash hamda xotin-qizlarning xavfsiz va farovon hayot kechirishi uchun xizmat qiladi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoroda xavfsizlikning yangi bosqichi: 112 yagona dispetcherlik tizimi amaliyotga joriy etilmoqda

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Photo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida voleybol bo'yicha U-15 qizlar o'rtasidagi chempionat g'oliblari aniqlandi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Photo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda inson qadri va qonun ustuvorligi: Tergov boshqarmasi boshlig'ining shaxsiy qabulida qirqdan ziyod muammolarga yechim topildi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
DIQQAT, TANLOV!

Kiberjinoyatlarning oldini olish maqsadida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Eng yaxshi targ'ibotchi tuman-shahar ichki ishlar organlari va sohaviy xizmatlar" tanloviga start berildi. Tanlovda yoshi, unvoni va lavozimidan qat'i nazar barcha xodimlar ishtirok etishi mumkin.

O'tkazilish muddati: 16-martdan 1-aprelga qadar.

Asosiy vazifa va shartlar:
IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi tomonidan yaratilgan (zararli ".apk" fayllarni o'chiruvchi) @cybershielduz_bot ni faol Telegram guruhlariga "admin" sifatida qo'shish lozim.

Baholash tizimi (guruhdagi a'zolar soniga qarab):

20 dan 300 tagacha — 2 ball

300 dan 1 000 tagacha — 4 ball

1 000 dan 5 000 tagacha — 6 ball

5 000 dan 20 000 tagacha — 8 ball

20 000 dan ko'p — 10 ball

Natijani tasdiqlash:
Botni guruhga admin qilganingiz haqidagi ma'lumotni skrinshot qilib, Kiberxavfsizlik boshqarmasi mas'ullariga yuborishingiz kerak.

Yakunda eng yuqori ball to'plagan jamoalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
SHOFIRKONDA HUQUQ-TARTIBOT RAHBARLARI YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi 2-son politexnikumida ahamiyatli uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Shofirkon tuman IIB boshlig‘i, tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi hamda tergov sudyasi ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xavfsiz va sog‘lom muhitni mustahkamlashdan iborat edi.

Politexnikum talabalari va o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan «Rahbar va yoshlar uchrashuvi» ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan, jumladan, huquqiy masalalar, jinoyatchilikning oldini olish usullari, kiberjinoyatchilik xavfi, giyohvandlikka qarshi kurashish hamda yoshlarning huquq va majburiyatlari borasidagi savollarini o‘rtaga tashladilar.

Tuman IIB boshlig‘i va sud sohasi rahbarlari yoshlarning har bir savoliga amaliy misollar va amaldagi qonunchilik normalariga tayanib, atroflicha javoblar berdilar. Uchrashuvda yoshlar orasida jinoyatchilikni kamaytirish nafaqat davlat organlari, balki butun jamiyat, ayniqsa, kelajak egalari bo‘lgan yoshlarning ham mas’uliyati ekanligi ta’kidlandi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Бухарская НТРК представляет информационную программу "Неделя"

Молодёжь Нового Узбекистана - против коррупции.

🇺🇿 Следите за нашими официальными страницами:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
IIV akademiyasi magistraturaga qabul e’lon qiladi

IIV akademiyasi 2026/2027 o‘quv yili uchun magistraturaning “tashkiliy-strategik boshqaruv”, “tashkiliy-taktik boshqaruv” hamda “ilmiy-pedagogik faoliyat” mutaxassisliklari bo‘yicha qabul e’lon qiladi.
👉Batafsil

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoroda 708 ming AQSH dollari evaziga sotishga taqiq qo'yilgan yerni pullamoqchi bo'lgan firibgar qo'lga olindi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan 1000 dan ziyod insonni zaharlashi mumkin bo'lgan yarim kg giyohvand moddalar tarqalishining oldi olindi

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from IIV | Rasmiy kanal
#kun_fotosi #кун_фотоси

Tarixiy go'zallik va yelkama-yelka xavfsizlik.
"Eski shahar" atrofida xizmat o'tayotgan Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari sayyohlar bilan.
— — —
Тарихий гўзаллик ва елкама-елка хавфсизлик.
“Эски шаҳар” атрофида хизмат ўтаётган Бухоро вилояти ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси ходимлари сайёҳлар билан.

📍Buxoro viloyati, Buxoro shahri
Бухоро вилояти, Бухоро шаҳри

Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt
Buxoroda jinoyatchilikni jilovlash, xavfsizlikni ta'minlash va bayramlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 16-mart kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida hududda xavfsiz muhitni yaratish va jamoat tartibini saqlash masalalariga bag'ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishni viloyat IIB boshlig'i ochib berib, so'z navbatini viloyat hokimiga topshirdi. Viloyat hokimi o'z ma'ruzasida joriy yilning o'tgan 2 oy va 10 kuni mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tahlilini shahar va tumanlar kesimida batafsil muhokama qildi. Xususan, mahallalarda sodir bo'layotgan jinoyatchilik holatlariga alohida e'tibor qaratilib, har bir shahar va tuman hokimlariga har oy yakuni bilan jinoyatchilik holatini shaxsan muhokama qilib borish vazifasi yuklatildi. Shundan so'ng tegishli mas'ullarning hisobotlari eshitildi.

Tadbir davomida viloyat prokurori so'zga chiqib, G'ijduvon tumanidagi mahallalardan birida sodir bo'lgan oila-turmush doirasidagi o'ta og'ir jinoyat xususida to'xtaldi. Ushbu holat yuzasidan o'z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondashgan mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, mahalla mas'ullari tomonidan sodir etilgan boshqa qonunbuzarliklar ham tanqidiy ko'rib chiqildi.

Yig'ilish kun tartibidan raqamli xavfsizlik masalalari ham o'rin oldi. Viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig'i sohadagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida yaratilgan maxsus tizimlar, xususan "Cybershielduz_bot" hamda boshqa tarmoq botlarining faoliyati bo'yicha taqdimot qildi. Shuningdek, kiberjinoyatlarning oldini olishda Jizzax tajribasini qo'llash va bu borada viloyat hokimining maxsus qarorini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi. Shu bilan birga, mas'ullar tomonidan hududda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish bo'yicha taqdimot va takliflar eshitildi.

Tadbir davomida, viloyat IIB boshlig'i tomonidan yaqinlashib kelayotgan muborak "Ramazon hayiti" hamda "Navro'z" umumxalq bayramlarini ko'tarinki ruhda va xavfsiz o'tkazish, tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini to'liq ta'minlash borasida ko'rilishi lozim bo'lgan qat'iy choralar aytib o'tildi.

Yig'ilish so'nggida viloyat hokimi tomonidan barcha mutasaddi rahbarlarga jinoyatchilikni jilovlash va aholi osoyishtaligini ta'minlash bo'yicha aniq muddatli vazifa va topshiriqlar berildi.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube