"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
2.48K subscribers
21.2K photos
2.36K videos
545 files
10.4K links
''TIQXMMI'' milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti hayotiga oid xabar va media almashinuvi.
Creator: Navruz Saidov
Admin bilan aloqa: Matbuot kotib
@Suxrobbek_Xurshidovich
Download Telegram
#Buxoro viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Buxoro viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro shahar bo‘limi: "Bog`idasht" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Buxoro tumani bo‘limi: "Bog`ikalon" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi boshlig`i o`rinbosari (ichki tanlov);

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Bosh boshqarma boshlig`i o`rinbosari (ichki tanlov);

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi bosh mutaхassis;

▪️Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi: Teхnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo`limi bosh mutaхassis;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bo‘limi: "Sayyod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi: "Guliston" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

▪️Shofirkon tuman hokimligi: "Zarchabek" mahalla fuqarolari yig`inidagi hokim yordamchisi;

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Atrof–muhitni monitoring, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig'i;

▪️Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Buxoro viloyati boshqarmasi: Romitan tuman Tabiat resurslari inspeksiya boshlig‘i;

▪️Kogon shahar maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi: bosh iqtisodchi;

❗️Arizalar 26.05.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️
Agentlikning Buxoro viloyati filiali — 65-221-03-17

▪️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Institutimizning qadrli talabalari!

O’ziga xos o'yinimizda ishtirok etib, yaxshigina sovg’alarga ega bo’lishni istaysizmi?

Bu juda oson!

Unda o'yinda qatnashib, omadingizni sinang!

🤔“Xo’sh, buning uchun bizdan nima talab etiladi?” deysizmi?

Aytarli hech narsa!

Shunchaki institutimiz rektori Shavkat IMOMOVning instagram va telegramdagi rasmiy sahifalariga obuna bo'lish kifoya!

BuxTRBIning instagramdagi kanali obunachilari orasidan Shavkat Jahonovichning shaxsiy akkauntini topib, unga va o’sha joyda ko’rsatilgan telegram havolasiga obuna bo’ling!

👉Instagram sahifa

👉Telegram sahifa

Shoshiling va yutuqlarga erishing!

@BuxTRBI
Футзал бўйича жаҳон чемпионати Ўзбекистоннинг учта шаҳарида ўтказилади

Бу ҳақида Президентга спорт таълимини ривожлантириш ва халқаро мусобақаларни ўтказиш режалари бўйича берилган ахборотда айтилди.

FIFA қарори билан футзал бўйича бу йилги жаҳон чемпионати юртимизда ўтказилиши белгиланган эди. Шавкат Мирзиёвга берилган маълумотда айтилишича, 14 сентябрь – 6 октябрь кунлари бўладиган мазкур мусобақа Тошкент, Андижон ва Бухоро шаҳарларида ташкил этилади.

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, дунёнинг энг кучли 24 жамоаси қатнашадиган жаҳон чемпионатига иштирокчи мамлакатлардан 30 мингдан зиёд мухлислар келиши кутилмоқда экан.

@Tezkor_Bukhara
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Photo
MAKTAB KARVONSAROYGA AYLANMASIN!

Ta'lim jarayonida sifat ko‘rsatkichlari avvalo davomat holatiga, o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlaridagi ishtirokiga, bu boradagi tegishli tartiblarga nechog‘li rioya etilayotganiga bog‘liq. Negaki Xalq ta'limi vazirligi belgilagan va tasdiqlagan o‘quv dasturlari, mavjud darsliklardagi mavzular ko‘lami hamda ketma-ketligi zamirida shunday bir tizim yotadiki, o‘g‘il-qizlar saboqlarda o‘z vaqtida, talab darajasida qatnashmasalar, ularning o‘quv fanlari bo‘yicha tushuncha va bilimlari qoniqarsiz bo‘lib qoladi. Ilm o‘zlashtirishdagi yaxlit zanjirning uzilishi esa o‘qib-o‘rganish jarayonida boshqalardan orqada qolishga, turli nomutanosibliklarga, ortiqcha muammolarga olib kelishi tayin. So‘nggi oylarda respublikamiz o‘rta ta'lim dargohlarida aynan davomat masalasini yaxshilashga alohida diqqat qaratilayotgani, bu boradagi sustkashliklarga qarshi jiddiy choralar ko‘rilayotgani bejiz emas.

“Besh qo‘l barobar emas”, deganlaridek, hamma ota-onalarni ham o‘z farzandlari kelajagiga, ta'lim-tarbiyasiga, taqdiriga birday mas'uliyatli, deb bo‘lmaydi. Afsuski, bu – real hayotiy haqiqat. Bolasining maktabga muntazam qatnashiga bevosita yoki bilvosita to‘sqinlik qilayotgan, yoxud buni istamaydigan, befarq, sovuqqon kishilar ham borki, aynan shunday kimsalar sabab oxirgi yillarda diyorimiz maktablarida o‘g‘il-qizlarning darsga kelib-ketishlari, keraklicha saboq olishlari masalasida muammolar ko‘zga yaqqol tashlanib qoldi. Shu sabab ham muntazam dars qoldirayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan jarimalar qo‘llanilmoqda. Bu – albatta, majburiy chora. Agar o‘z bolasi ertasiga befarq bo‘lgan ayrim kimsalarga yetarlicha chora ko‘rilmasa, maktabday qutlug‘ dargoh odamlar xohlasa, kelib, xohlamasa, kelmaydigan karvonsaroyga aylanib qolishi hech gap emas.

Bu albatta, masalaning bir tomoni. Davomatga, sifatli ta'limga, o‘quvchilarning o‘z vaqtida bilim olishlariga to‘siq bo‘layotgan yana bir salbiy omil ham borki, ushbu hol bevosita maktablarning ba'zi bir mas'uliyatsiz mutasaddilari qilmishlariga borib taqaladi. Shu yilning 18-martida Kogon tumanida o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobusning katta yo‘lda halokatga uchrashi bilan bog‘liq fojiani olaylik. Mazkur tumandagi 5-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabining bir necha o‘quvchining o‘limiga, o‘nlab o‘g‘il-qizlarning tan jarohat olishlariga sabab bo‘lgan bu falokatga shu ta'lim dargohi rahbarlarining ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri aybi bor. Negaki o‘quvchilar aynan dars mashg‘ulotlari o‘tadigan vaqtda maktabda, sinf xonasida emas, yo‘lda bo‘lishgan. Ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, ular hech qayday post-patrul xodimlarining nazoratisiz Buxoro shahriga, Buxoro viloyat musiqali drama teatriga olib ketilayotgan bo‘lgan. Shu o‘rinda har qanday aqli raso kishining ko‘nglidan “Dars paytida teatrda nima bor?!” degan haqli savol o‘tishi tabiiy.

Hech kim, ayniqsa, ta'lim sohasi mas'ullari bir muhim haqiqatni unutmasliklari shart: hech qanday tomosha, hech qanday madaniy tadbir ta'lim jarayonidan, dars mashg‘ulotlaridan ustun emas! Hech qanday madaniy tadbir yoshlarning bilim olish huquqlarini cheklagan holda, bevosita ta'lim olish vaqtini qurbon qilish evasiga o‘tkazilmasligi darkor.

Kogondagi yo‘l-transport hodisasi ro‘y bermagan taqdirda ham, o‘sha maktab mutasaddilari davomat masalasiga panja orasida qaraganligi bilan bog‘liq ayon haqiqat yo‘qqa chiqib qolmasdi.
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Photo
Yuqorida respublika miqyosida o‘g‘il-qizlarning darslardagi muntazam ishtirokiga jiddiy e'tibor qaratilayotganini bejiz ta'kidlamadik. Mazkur holatni Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari batafsil o‘rganib chiqib, hududlar bo‘yicha oxirgi yillarda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni e'lon qildilar. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat maktablarida o‘rtacha davomat 2022-yilda 83,6 foizni, bultur esa 82,5 foizni tashkil qilgan. Muassasa ekspertlarining oxirgi tadqiqotlaridan ayon bo‘lishicha, hududlar bo‘yicha eng past darajadagi davomat Toshkent shahri (57,8 foiz), Jizzax (76,9 foiz), Toshkent (75,8 foiz) va Farg‘ona (79,8 foiz) viloyatlari maktablarida kuzatilgan. Buxoro viloyati ta'lim maskanlari bu borada umumhisobda boshqalardan yaxshiroq natijaga ega. Buxorolik o‘quvchilarning o‘rtacha davomati 89,1 foiz ekan.

Ilmiy-tadqiqot muassasasining shu yo‘nalishdagi loyihasiga rahbarlik qilayotgan Muhabbat Ahmedovaning bildirishicha, o‘rganishlar yoshlarning mashg‘ulotlarida nechog‘li ishtirok etayotgani barcha o‘quv fanlari doirasida ham olib borilmoqda. Davomatning eng past ko‘rsatkichlari boshlang‘ich sinflarda o‘zbek tili va matematika, o‘rta va yuqori sinflarda esa informatika, adabiyot, ingliz tili, algebra saboqlarida kuzatilgan.

Bundan tashqari, ota-onalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar shuni ko‘rsatdiki, bolalarning betob bo‘lishi, kattalarga ishga yordamlashishi, xususiy tartibdagi o‘qituvchilar, repetitorlar qo‘lida o‘qishlari, qolaversa, maktabga qatnash uchun oilalarda qo‘shimcha mablag‘ yetishmasligi singari holatlar ko‘pincha dars qoldirilishiga olib kelmoqda.

https://t.me/BuxTRBI
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Photo
Futzal bo‘yicha mundialga tayyorgarlik yo‘lida:
Ilk mezbonligimiz xayrli kechsin


O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan futzal bo‘yicha 2024-yilgi Jahon chempionatiga Andijon, Buxoro va Toshkent shaharlari mezbonlik qilishini mamnuniyat bilan bildiraman.
Bu FIFAning shu buyuk mamlakatdagi birinchi musobaqasi bo‘ladi hamda men shu uch buyuk shaharda muxlislar qo‘llab-quvvatlashini kutaman. Albatta, o‘yinlar juda qiziqarli o‘tadi
”.

Shu mazmundagi bu xabar Futbol Assotsiatsiyalarining Xalqaro Federatsiyasi, ya'ni FIFA prezidenti Janni Infantinoning instagramdagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.

Bu albatta, diyorimiz sporti hayotidagi va sport o‘yinlari tashkilotchiligi borasidagi tarixiy voqelik. Shu yilning 14-sentabridan 6-oktabrigacha diyorimiz futzal (mini-futbol) bo‘yicha erkaklar o‘rtasida to‘rt yillikning eng muhim musobaqasiga mezbon bo‘lishi kutilmoqda. O‘ninchi bor o‘tkazilishi rejalashtirilgan ushbu mundialda odatdagidek besh qit'ani jamlagan olti mintaqaviy konfederatsiyaga qarashli jami 24 milliy terma jamoa saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o‘tgan holda g‘oliblik va sovrinli o‘rinlar uchun qizg‘in kurashadi, deb umid qilamiz.

Poytaxtimiz hamda vodiy durdonasi sanalgan Andijon shahri qatori sharif shahrimizdagi arenalarda ham muxlis va mutaxassislar amaldagi jahon chempioni Portugaliya, mundiallarning ko‘pkarra g‘olibi Braziliya, Ispaniya, Argentina, debutant Fransiya va jahonning boshqa yetakchi terma jamoalari ishtirokidagi jami 52 ta o‘yinni bevosita kuzatish imkoniga ega. Albatta, mezbonlar – yurtimiz futzalchilarining maydondagi harakatlari, natijalari ham bor e'tiborimizda bo‘lishi tabiiy.

Jahon chempionatining yana bir nufuzli tashkilotchisi, FIFAning musobaqalar o‘tkazishga bosh mutasaddisi Haime Yarza O‘zbekistonning boy va rang-barang madaniyatini o‘zida jo etgan uch shahar mezbon sifatida tanlanganidan mamnunligini, qatnashchi jamoalar bu yerda o‘zlarini xuddi uylaridagidek his etishlarini, nafaqat O‘zbekiston, balki umuman, butun Markaziy Osiyo tarixida ilk bor FIFA shafeligida yirik musobaqa o‘tajagi asosiy tashkilotchining global darajada obro‘-e'tiborini yanada oshirishini ta'kidladi.

O‘z navbatida, FIFA rahbarining bayonotiga va kutilayotgan musobaqaga puxta hozirlik ko‘rish masalalariga munosabat bildirarkan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov quyidagi mulohazalarini o‘rtoqlashdi:

Bu ajoyib tadbirga mezbonlik qilish – biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston – jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan ajoyib mamlakat va biz endi dunyoning eng yaxshi futzalchilari hamda murabbiylarini qabul qilish, ularni ushbu maftunkor yurt bilan yanada yaxshiroq tanishtirishga hozirlik ko‘rishimiz mumkin. Futzalning butun dunyoga mashhurligini inobatga olgan holda butun jahondan minglab muxlislar tribunalarni to‘ldirib, o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlashi, barchaning ushbu tadbirdan bahramand bo‘lishi va ajoyib muhit yaratishlarini kutyapmiz”.

Ha, bo‘lajak mundialdan umidlarimiz katta. Muhimi, yaxshi hozirligik ko‘rib, o‘sha kunlarga eson-omon yetib, ishonchni oqlashda.

Eslatish joizki, FIFA bundan o‘n yillar avval ham bizga boshqa bir boobro‘ musobaqani, aniqrog‘i, futbol bo‘yicha o‘smir qizlar o‘rtasida jahon chempionatini o‘tkazish imkonini bergan, o‘shanda mezbon shaharlardan biri deya Buxoro ham belgilangandi. Taassufki, mahalliy tashkilotchilarning sustkashligi, tayyorgarlik qoniqarsiz bo‘lgani tufayli FIFA keyinchalik mezbonlik huquqini bizdan olib qo‘ygandi. O‘shanda xuddi tug‘ilmagan bolaga beshik sotib olingandek, ayrim OAVlarda “Buxoroda Jahon chempionati o‘tadi” mazmunidagi shoshqaloqlik bilan xabarlar chiqqani yodimizda. Holbuki ertaga nima bo‘lishini hech kim aniq bilmaydi.
"TIQXMMI" MTU Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti
Photo
Biz esa yaxshi niyat bilan oldingi holat takrorlanmasligini, futzalchi charm to‘p ustalari ishtirokidagi jahon chempionatiga amaldagi ilk mezbonligimiz yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda, diyorimizga, xususan, Buxoroga keladigan mehmonlar uchun zarur shart-sharoitlarni to‘la-to‘kis ta'minlagan holda o‘tishini tilaymiz. Qolaversa, bu boradagi dastlabki qadamimiz kelajakda milliardlar o‘yini – futbol bo‘yicha ham mezbonliklarimizga poydevor bo‘lishidan umidvormiz.

https://t.me/BuxTRBI
Shaxmat muxlislari uchun!

Masala sharti:
Oqlar boshlab, ikki yurishda mot qiladi.
#Tugʻilgan_kun

⚡️ Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

🎉 "TIQXMMI" MTU BuxTRBI Umumtexnika kafedrasi o'qituvchisi, doktaranti Ravshanov Umidjon Xalil o'g'lining bugun tavallud ayyomi. Kelajakda ishlarining rivojini, kasbining yetuk kadrlaridan bo'lishni, bundanda yuqori cho'qqilarga erishishni tilab qolamiz. Shu institutda shunday namunali xodimlar borligi institutimizning katta yutug'i.

Hamma tug'iladi, yashaydi. Lekin hamma ham o'zining namunali xulqi, tarbiyasi bilan insonlar ko'nglidan joy egallay ololmaydi.

Umidjon Ravshanovga uzoq umr, sihat-salomatlik, mehnat faoliyatlariga kattadan-katta zafarlar tilab qolamiz!!!

💐💐💐 Hurmat va ehtirom ila, hamkasblaringiz va shogirdlaringiz!

@BuxTRBI
⚡️Bugun 24-may "Xodimlar bo'limi" kuni. Ushbu kun munosabati bilan Institutning Xodimlar bo'limi rahbari va mutaxassislarini chin qalbdan tabriklaymiz. Kelgusidagi ishlaringizga omad va zafarlar tilaymiz. Institutda sizning o'ziga xos hurmatingiz bor. Raqobatbardosh kadrlarni topib institutning rivojlanishi yo'lida mehnatingiz katta. Yana bir bor ushbu kun muborak bo'lsin.

Yuksak hurmat va ehtirom ila institut jamoasi.

💧"TIQXMMI" MTU BuxTRBI
TelegramInstagramYouTubetiiamebb.uz
📢 Avstriyada to'liq moliyalashtirilgan ilmiy stajirovka dasturi!

Ilmiy
stajirovka davomiyligi: 1 yil

Imtiyozlar:

Ilmiy stajyorlar uchun oyiga 1462 yevro stipendiya
O'qish davomida ko'proq tadqiqot tajribasiga ega bo'lish imkoniyati
Stajyorlar uchun til kurslari, sport va dam olish, bepul IST Austria Shuttle avtobusi xizmati
Turar joy
Tibbiy sug'urta

🔻IST ilmiy stajirovka dasturiga ushbu yo'nalish talaba va bitiruvchilari ariza topshirishi mumkin:

-biologiya;
-kompyuter ilmlari;
-ma'lumotlar bilan ishlash & ilmiy hisoblash;
-fizika;
-matematika.

Talablar:

🔸Nomzodlar bakalavr yoki magistratura bosqichi talabalari bo'lishi yoki ushbu darajalarni tugatgan bo'lishi
🔸Nomzodlar ingliz tilini yuqori darajada bilishi
🔸Ariza beruvchi o'zi murojaat qilayotgan tadqiqot mavzusiga katta qiziqish bildirishi kerak.

🕒 Deadline: Yil davomida

Batafsil: Official link

qo'shimcha ma'lumot uchun:
Xalqaro Hamkorlik bo’limi boshlig’i M.K.Jo’rayeva

@mokhina_j_13
Forwarded from Xushnudbek.uz
Erta tongni xushxabardan boshlaymiz

Iqtisodchi, @uzbekonomics kanali muallifi Botir Qobilov Harvard Universitetidan fan doktori ilmiy darajasini olibdi. Bu haqda Behzod Hoshimov ma'lum qildi.

Botir aka Qobilov Harvard Universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi o’zbekistonlik bo’libdi.

Qoyil! O'zbek ilmiy jamiyati uchun katta xushxabar bu. Yurtdoshlarimiz orasidan shunday olimlar yetishib chiqayotganidan doim faxrlanamiz, farzandlarimiz ham ular kabi ilmli inson bo'lishini niyat qilamiz.

Botir aka, chin dildan tabriklayman!


👉 @xushnudbek 👈
Qutlov

Odatda u qadar gapirilmaydigan, alohida e’tirof etilmaydigan bir soha vakillari borki, ularning bevosita ko’magisiz biron bir tashkilot yoki korxonada ish tartibi, mehnat ahli va boshqaruv apparati mutasaddilarining o’zaro aloqadorligi, birgalikdagi samarali faoliyati ta’minlanishini tasavvur etish mushkul.
Rahbariyat va xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni tartib hamda muayyan tizimga solishda aynan ularning ahamiyati salmoqli.
Bu o’rinda gap kadrlar bilan ishlash bo’limlari mutasaddilari xususida boryapti.

Bugun, 24-may – mazkur jabha fidoyilari faoliyatiga atalgan kun ekan.

Shu munosabat bilan institutimizning Abera Hasanovna Gadoyeva boshchiligidagi kadrlar bilan ishlash bo’limi xodimlarini qutlaymiz.

Ularga sihat-salomatlik, mehnat faoliyatlariga rivoj tilaymiz.

https://t.me/BuxTRBI