Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
1.18K subscribers
20.3K photos
2.05K videos
7 files
6.05K links
Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan xotin-qizlar masalalariga doir amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidagi rasmiy Telegram sahifa

Facebook:https://www.facebook.com/groups/3429008777329888/?ref=share
Download Telegram
Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi
Photo
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonining ijrosi ta’minlanmoqda.

Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Peshku tumani hokimi Vahob Qahhorov va Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshchiligida joriy yilning 13-iyun sanasida uzoq muddatga chet elga ketgan xotin-qizlar bilan tumanda video konferensiya tashkil qilinib, xotin-qizlar bilan onlayn suhbat o‘tkazildi.

Xotin-qizlarning muammo va takliflarini yechishda tumandagi barcha tegishli tashkilot rahbarlari hamda mahalla raislari, xotin-qizlar faollari ishtirok etishdi.

Uzoq-muddatga chet elga ishlab yurgan xotin-qizlarning muammolarini yechishda tuman hokimi V.Qahhorov boshchiligida barcha tashkilot rahbarlari birma-bir onlayn suhbatlashib, migrant xotin-qizlarni muammolarini joyida hal qilib, vaqt talab qilinadigan masalalarga tegishli tashkilotlarga topshiriq berildi.

Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir mahallada jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda xonadonlarni o‘rganib borish, Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslarning oilalari yagona reyestrini yaratish va yangilab borish, chet elga chiqib ketgan shaxslarning uyida qolgan oila aʼzolari, shu jumladan farzandlarining turmush tarzini o‘rganish, doimiy manzilli qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish chora-tadbirlari va topshirig‘i berildi.
Video muloqotda xorijda ishlab yurgan xotin-qizlardan bola puli olishda amaliy yordam, uy-joy masalasida, bolasi uchun aliment undirishda yordam, pensiyaga chiqish muammosi, kadastr masalasi, farzandlarini maktabga joylashtirish va boshqa masalalarda murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolari yozib olinib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi hamda ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
#ҳудудлардан_хабарлар

☯️ Бухоро шаҳар “Турки Жанди” маҳалласида маҳалланинг фаол хотин-қизлари, нуроний онахонлар, кўчабошилар иштирокида маънавий-маданий тадбир ташкил этилди. Саховатпеша ҳомийлар кўмагида ўтказилган дийдорлашувда миллий ва оилавий қадриятлар, бугун ёшлар тарбияси, аёлларимизнинг жамиятда тутган ўрни борасида дилдан суҳбатлашилди.
    Ушбу давра суҳбатида Бухоро шаҳар ҳоким ўринбосари-Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Маърифат Умарова иштирок этди.

🇺🇿 Бизни кузатиб боринг!
Telegram|Facebook

https://t.me/buxoro_xotinqizlari

https://www.facebook.com/groups/3429008777329888/?ref=share
#Биласизми

✔️ Қонунчиликка кўра, мутахассислиги бўйича камида 5 йил меҳнат стажига эга, лекин олий маълумотга эга бўлмаган 500 нафар хотин-қизларни ҳар йили Оила ва хотин-қизлар давлат қўмитаси тавсияномаларига асосан давлат олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига умумий қабул параметрларидан ташқари алоҳида тест синовлари натижаларига мувофиқ тўлов-контракт асосида ўқишга қабул қилиш амалиёти жорий этилган.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#БУХОРО_ТВ

ДИЁР ЯНГИЛИКЛАРИ информацион дастур
и: Когон туманида тадбиркор аёллар сафи ортмоқда.

🇺🇿 Бизни кузатиб боринг!
Telegram|Facebook

https://t.me/buxoro_xotinqizlari

https://www.facebook.com/groups/3429008777329888/?ref=share
#ҳудудлардан_хабарлар

💠 Пешку тумани
Ёшлар истироҳат боғида ташкил этилган “Бўш иш ўринлари меҳнат ярмаркаси” 24 нафар хотин-қизларга тикув машинкалари берилди. 5 нафар фуқаро касб-ҳунарга ўқишга жойлаштирилди, 8 нафар фуқарога деҳқон хўжалиги очиб берилди, 18 нафар фуқарога эса тадбиркорлик фаолиятини бошлаши учун имтиёзли кредит ажратилди.

🇺🇿 Бизни кузатиб боринг!
Telegram|Facebook

https://t.me/buxoro_xotinqizlari

https://www.facebook.com/groups/3429008777329888/?ref=share