BUXORO MAKTABI.
550 subscribers
5.31K photos
330 videos
390 files
1.03K links
Ushbu kanal Olmaliq shahridagi "BUXORO MAKTABI" o'quv markazining rasmiy kanali hisoblanadi.
Download Telegram
Maktab bolalariga telefonning foyda va zararlari

Oʻquv yili yaqinlashgani sayin bolaga telefon olib berish yoki bermaslik hayoli koʻp ota ona hayolidan oʻtmoqda. Soʻrovnoma natijasiga koʻra 80% ga yaqin ota-onalar bolalari telefondan foydalanishmaydi. Bolalarga umuman telefon bermaslik kerak degan tushuncha ham notoʻgʻri, chunki masala xususan, sharoitdan kelib chiqqan holatda hal qilinishi kerak.

Onalari uy bekasi, uylari maktabga yaqin, yoki maktabga borib kelishi uchun haydovchi bor bolalar uchun telefonga ehtiyoj yoʻq. Lekin kunduzi ishda boʻladigan, farzandi maktabi uydan uzoqda joylashgan ota-onalar uchun telefon juda ham kerakli, chunki telefon orqali aloqa sababli ota-onalar farzandlaridan koʻngillari toʻq boʻladi.

Telefonni bolalar uchun quyidagi yaxshi taraflarini sanab oʻtishimiz mumkin:

Ota-ona farzandini qayerda ekanini telefon qilib, yoki telefon GPSi orqali bilib turishi mumkin.

Bola xatarda yoki favqulodda holatda yordam chaqirishi mumkin.
Agar telefon internetga ulangan boʻlsa, maktabdagi mashgʻulotlarga qoʻshimcha ravishda internetdan maʼlumotlar olishi, oʻrganishi mumkin.
Telefon sababli sinfdoshlari bilan osonroq yaqinroq aloqa qilishi mumkin.
Doskaga yozilgan muhim maʼlumotlarni, yoki xatarli deb oʻylagan odamni rasmga olib olishi mumkin
Shu bilan bir qatorda bir qancha yomon taraflari ham mavjud:

Bola hayoli darsda emas telefonda oʻyin bilan boʻlib darsga beetibor boʻlishi mumkin.
Agar telefon internetga ulangan boʻlsa yoki boshqa telefon bilan fayllar ulashishi natijasida yoshiga mos boʻlmagan kontentni oʻqishi yoki koʻrishi mumkin
Boshqa sinfdoshlarida telefon yoʻqligi sabab manmansirashi, yoki odamlarga telefon modeliga qarab baho berishni boshlashi mumkin.
Agar sinfdoshlari bilan yaxshi chiqisha olmasa, maktabdagi noxush holat (kimdir ustidan kulishi,qoʻrqitishi) uyda ham davom etishiga telefon sababchi boʻlishi mumkin.
Telefon imtihondagi koʻchirishlar, ayyorliklarni osonlashtiradi.
Eng asosiy masala, telefon bola umrini harakatda va doʻstlari bilan muloqotda oʻtkazish oʻrniga virtual dunyoda oʻtkazishiga sabab boʻladi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, telefonga shunchaki zamonaviy texnologiya sifatida qarashimiz uni yaxshi taraflaridan foydalanishimiz, zararlaridan farzandlarimizni ehtiyot qilishimiz kerak. Xavfsizlik uchun aloqa vositasi zarur, lekin bu smartfon boʻlishi shartmas. Demak, maktabdagi aloqa uchun eng oddiy telefon kifoya qiladi.

Taʼkidlash kerakki, bolalar qoʻliga umuman smartfon ushlatmaslik ham xato boʻlishi mumkin, chunki bu ularni zamondan uzib qoʻyishdek gap. Dars qilish vaqtida nazorat ostida ularga oʻz smartfoningizdan foydalanishga ruxsat berishingiz, boʻsh vaqtda aqlni charxlovchi oʻyinlar oʻynashiga yoki foydali multfilmlar koʻrishiga ruxsat berishingizning zarari yoʻq.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
#motivatsiya

Talaba bo'lishdek baxtni chin qalbdan istagan va yo'lidagi mashaqqatli yo'llarda ortga qaytmasdan kurashayotgan, qadrli abituriyentlarimizga kuch-quvvat tilaymiz!

2021-yilda abituriyentlar safidan talabalar safiga o'tishingizni Yaratgandan tilab qolamiz.

Ilm olishdan charchamang!
20.06.2021 blok test natija..pdf
347.5 KB
📚"Buxoro maktabi" o'quv markazi

20.06.2021 blok test natijasi ❗️

BARCHA ABITURIENTLARGA BUNDAN HAM ULKAN MARRALARNI ZABT ETISHIGA TILAKDOSHMIZ❗️

🏆🔔 Do'stlarni Taklif Qiling 🔔🏆
❄️ ╔═অঠই ⚡️🌞 ইঠঅ═╗
@buxoro_maktabi
❄️ ╚═অঠই 🎖🎖 ইঠঅ═╝
Rasul aka... (2).pdf
419.7 KB
📚"Buxoro maktabi" o'quv markazi


KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O'QUVCHILARINING 2-SINOV TEST NATIJALARI:

BARCHA O'QUVCHILARIMIZGA BUNDAN HAM ULKAN MARRALARNI ZABT ETISHIGA TILAKDOSHMIZ❗️

🏆🔔 Do'stlarni Taklif Qiling 🔔🏆
❄️ ╔═অঠই ⚡️🌞 ইঠঅ═╗
@buxoro_maktabi
❄️ ╚═অঠই 🎖🎖 ইঠঅ═╝
​​​#QABUL2021 | #TAVSIYA

⚠️ Hali hujjat topshirmagan abituriyentlar uchun tavsiyasi:

💡Qabul kvotasi tasdiqlangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘ting.

🤝 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ko‘nikmasiga ega bo‘lmasangiz, bu borada tajribaga ega yaqinlar yoki davlat xizmatlari markazlari ko‘magidan foydalaning.

🔔 Ro‘yxatdan o‘tishdan avval tayyorlangan fanlaringizga mos yo‘nalishlarni obdon o‘rganib aniqlab oling (yo‘nalishlarni quyidagi fayl orqali ko‘rishingiz mumkin).

👨🏻‍💻 Yo‘nalishni tanlayotganda shu yo‘nalish bo‘yicha kamida oxirgi 3 yilda o‘tish ballari haqida bilib oling. Agar siz tayyorgarlik jarayonida to‘playotgan balingiz so‘nggi 3 yildagi o‘tish balidan yuqori bo‘lsa, demak, bu tanlovingiz talaba bo‘lish ehtimolini oshiradi.

☝️Yangi ochilgan yo‘nalishlar bilan qiziqing.

Kelajagingizni tasavvur qilolmaydigan yo‘nalishni tanlamang.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilishiga e’tiborli bo‘ling.

🚫 Eng muhimi o‘qishga kirgizib qo‘yishga va’da beradigan firibgarlarga ishonmang, KORRUPSIYa holatlari ishtirokchisiga aylanib qolmang. Zero, katta hayotdagi ilk qadamingizni korrupsiya botqog‘iga botirishdan boshlamang.

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing


https://t.me/buxoro_maktabi
Oliy Mahaddagi bituruv tadbiri... bular orasidagi shogirdimiz Muhammadrajabga ulkan zafarlar tilayman.
Microsoft kompaniyasi kapitalizatsiyasi 2 trillion dollarga yetdi. Bu birja tarixida bu natijani qayd etgan uchinchi kompaniya hisoblanadi. Bu raqamni tarixda birinchi marta Apple qayd etgan edi. Hozirgi kunda Apple kompaniyasi 2.32 trillion AQSH dollari, Microsoft 2 trillion dollar, Saudi Aramco neft kompaniyasi 1.9 trillion dollar baholanmoqda.

https://t.me/buxoro_maktabi
#Qabul_2021

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar 1-20 iyul kunlari portal.piima.uz sayti orqali topshiriladi.

🔹Nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
▶️ Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Mirzo Ulug‘bek nomidagi fizika, matematika, astronomiya va informatika fanlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga 7- va 8- sinflarga
▶️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan axborot texnologiyalari maktabiga esa 5-sinf hamda 10- sinfga o'quvchilar qabul qiladi.

Hujjatlar:
- elektron ariza;
- tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi elektron nusxasi;
- 3x4 o‘lchamdagi rasm (oxirgi 2 oy davomida tushirilgan);
- 2020-2021 o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan elektron nusxasi;
- ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (qonuniy vakillari) fuqarolik pasporti ma’lumotlari (qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi notarial hujjat); telefon raqamlari.

👉👉@pmtests

❗️Bepulga o'rganilgan narsani qadri bo'lmaydi.

⚡️Agar siz biror narsani bepulga o'rgansangiz, u narsani siz uchun qadri bo'lmaydi. Chunki, siz u uchun hech narsa sarflamagansiz, pulingiz ketmagan va o'rganishni istamaysiz, agar pulga o'rgansangiz, pulingiz ketganidan astoydil o'rganishni boshlaysiz.


Oddiy misol tarzida, maktab ta'lim tizimini olsak, u hamma uchun bepul lekin, har kim ham undan samarali foydalanmaydi.Repititorlik kursi bo'lsa, astoydil o'rganishga kirishadi, chunki, unga pul sarflab qo'ygan.

⚠️Agar biror narsani o'rganmoqchi bo'lsangiz, ozgina bo'lsa ham pul sarflab o'rganing, shunda siz uni Yaxshi o'rganasiz va Natija siz kutgandan ham zo'r bo'ladi.
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️Қабул квоталари тасдиқланди

#abituriyent

Президентнинг тегишли қарорига биноан, 2021/2022 ўқув йили учун давлат буюртмаси параметрлари:

а) бакалаврлар тайёрлаш бўйича:

кундузги таълим шаклига – 113 530 нафар;
сиртқи таълим шаклига – 37 675 нафар;
кечки таълим шаклига – 6 550 нафар;

б) магистрлар тайёрлаш бўйича – 12 900 нафар;

в) хорижий олий таълим ташкилотлари ва уларнинг филиаллари ҳамда нодавлат олий таълим ташкилотларида давлат гранти асосида кадрлар тайёрлаш бўйича – 500 нафар.

Абитуриентларни рўйхатдан ўтказиш 22 июлга (шу куни ҳам) қадар узайтирилди.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Tarix | Kun.uz
Yangi O‘zbekiston universitetiga shu yildan qabul bo‘ladi

▪️Prezident qaroriga ko‘ra, universitet davlat OTMsi hisoblanadi. Qabul shu yildan boshlanadi va darslar ingliz hamda davlat tilida o‘tiladi. Grant va to‘lov asosida talabalar qabul qilinadi.

Yangi O‘zbekiston universitetini tugatganlar 5 yillik stajdan so‘ng rahbarlikka tayinlanadigan nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.

➡️
Xpress.uz – Siz kutgan format
Forwarded from 🍀 BUXORO TIBBIYOT MAKTABI (Akbar Askar o‘g‘li Islomov)
🍀Зўр янгилик: Энди, мободо 1-танлаган йўналишингизга контракт, 2-йўналишингизга грантга кирсангиз, грантни танлашингиз мумкин!

ДТМ хабар беришича, бунда абитуриент рўйхатдан ўтаётган вақтида устуворлик сифатида:

👉 Давлат грантини танласа - дастлаб давлат гранти, сўнгра тўлов-контракт асосида;

👉 Давлат гранти ва тўлов-контрактни танласа - олдинги йиллардаги каби давлат гранти ва тўлов-контракт асосида танлаган таълим йўналишларибўйича кетма-кет танловда иштирок этади.

Батафсил маълумот👇
@BioAAI