BUXORO MAKTABI.
486 subscribers
5.31K photos
330 videos
390 files
1.03K links
Ushbu kanal Olmaliq shahridagi "BUXORO MAKTABI" o'quv markazining rasmiy kanali hisoblanadi.
Download Telegram
⚡️Ertaga, 20-iyundan oliy taʼlim muassasalariga qabul boshlanadi. Abituriyentlar hujjatlarini my.dtm.uz sayti yoki my.gov.uz portali orqali onlayn topshiradi.

Qabul 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.
#Илм

Ибн Муборак роҳимаҳуллоҳ деди:

«Нубувватдан кейин илм тарқатишдан кўра яхшироқ даражани билмайман».

📚 «Таҳзийбул камаал» 16/20.
•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
Forwarded from Xushnudbek.uz
Барча юртдошларимизга мурожаат!

Бугун, 20 июнь, якшанба.

Республикамиздаги барча давлат олий таълим муассасаларига ҳужжатларни онлайн қабул қилиш бошланди.

Фурсатдан фойдаланиб, Сизларга мурожаат қилмоқчиман. Кўпнинг дуоси ўтади дейишади. Шундай кунларда дуо қилайлик:

• илоҳим, жорий йилда ҳақиқатда яхши ўқиган, ўз устида ишлаган, билим олиш учун машаққат чеккан абитуриентлар талаба бўлишсин;

• ота-онасининг пулига ёки мансабига ишонган, қўлига бир марта ҳам китоб ушламаган, калласи хумдай бўм-бўш, қинғир йўллар билан ўқишга кирмоқчи бўлган такасалтангларнинг иши юришмасин, имтиҳондан йиқилсину, лекин қалбида илм олишга бўлган иштиёқ пайдо бўлсин;

• пора эвазига миллат келажагини ҳам, виждонини ҳам ўртага тикиб, сотиб юбормоқчи бўлган мансабдор шахслар, мўмай даромад эвазига қинғирликларга тайёр бўлган кўчадаги «олғирлар»нинг иши тескарисидан келсин, ҳаммаси жазосини олсин;

• таълим тизимини ривожлантириш учун, адолатни таъминлаш учун жон-жаҳди билан курашаётган, кечасию кундузи тиним билмай меҳнат қилаётган масъулларнинг, шу ишга бош қўшаётган барча хизматчиларнинг кучига куч қўшилсин, ғайратига ғайрат. Мана шундай виждонли ва ҳалол мутахассислар таълим тизимида кўпаяверсин.

Омийн!


👉 @xushnudbek 👈
Mo'jazgina kichkina bir maktabimiz ish boshladi...
Yuqoridagi ikki qavatli maktabimiz kichik yoshdagi maktab bolalarini yoz kunlarini behuda sarfmasliklari uchun ayni vaqtida faoliyatini boshladi.
Maktab bolalariga telefonning foyda va zararlari

Oʻquv yili yaqinlashgani sayin bolaga telefon olib berish yoki bermaslik hayoli koʻp ota ona hayolidan oʻtmoqda. Soʻrovnoma natijasiga koʻra 80% ga yaqin ota-onalar bolalari telefondan foydalanishmaydi. Bolalarga umuman telefon bermaslik kerak degan tushuncha ham notoʻgʻri, chunki masala xususan, sharoitdan kelib chiqqan holatda hal qilinishi kerak.

Onalari uy bekasi, uylari maktabga yaqin, yoki maktabga borib kelishi uchun haydovchi bor bolalar uchun telefonga ehtiyoj yoʻq. Lekin kunduzi ishda boʻladigan, farzandi maktabi uydan uzoqda joylashgan ota-onalar uchun telefon juda ham kerakli, chunki telefon orqali aloqa sababli ota-onalar farzandlaridan koʻngillari toʻq boʻladi.

Telefonni bolalar uchun quyidagi yaxshi taraflarini sanab oʻtishimiz mumkin:

Ota-ona farzandini qayerda ekanini telefon qilib, yoki telefon GPSi orqali bilib turishi mumkin.

Bola xatarda yoki favqulodda holatda yordam chaqirishi mumkin.
Agar telefon internetga ulangan boʻlsa, maktabdagi mashgʻulotlarga qoʻshimcha ravishda internetdan maʼlumotlar olishi, oʻrganishi mumkin.
Telefon sababli sinfdoshlari bilan osonroq yaqinroq aloqa qilishi mumkin.
Doskaga yozilgan muhim maʼlumotlarni, yoki xatarli deb oʻylagan odamni rasmga olib olishi mumkin
Shu bilan bir qatorda bir qancha yomon taraflari ham mavjud:

Bola hayoli darsda emas telefonda oʻyin bilan boʻlib darsga beetibor boʻlishi mumkin.
Agar telefon internetga ulangan boʻlsa yoki boshqa telefon bilan fayllar ulashishi natijasida yoshiga mos boʻlmagan kontentni oʻqishi yoki koʻrishi mumkin
Boshqa sinfdoshlarida telefon yoʻqligi sabab manmansirashi, yoki odamlarga telefon modeliga qarab baho berishni boshlashi mumkin.
Agar sinfdoshlari bilan yaxshi chiqisha olmasa, maktabdagi noxush holat (kimdir ustidan kulishi,qoʻrqitishi) uyda ham davom etishiga telefon sababchi boʻlishi mumkin.
Telefon imtihondagi koʻchirishlar, ayyorliklarni osonlashtiradi.
Eng asosiy masala, telefon bola umrini harakatda va doʻstlari bilan muloqotda oʻtkazish oʻrniga virtual dunyoda oʻtkazishiga sabab boʻladi.

Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, telefonga shunchaki zamonaviy texnologiya sifatida qarashimiz uni yaxshi taraflaridan foydalanishimiz, zararlaridan farzandlarimizni ehtiyot qilishimiz kerak. Xavfsizlik uchun aloqa vositasi zarur, lekin bu smartfon boʻlishi shartmas. Demak, maktabdagi aloqa uchun eng oddiy telefon kifoya qiladi.

Taʼkidlash kerakki, bolalar qoʻliga umuman smartfon ushlatmaslik ham xato boʻlishi mumkin, chunki bu ularni zamondan uzib qoʻyishdek gap. Dars qilish vaqtida nazorat ostida ularga oʻz smartfoningizdan foydalanishga ruxsat berishingiz, boʻsh vaqtda aqlni charxlovchi oʻyinlar oʻynashiga yoki foydali multfilmlar koʻrishiga ruxsat berishingizning zarari yoʻq.


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•
#motivatsiya

Talaba bo'lishdek baxtni chin qalbdan istagan va yo'lidagi mashaqqatli yo'llarda ortga qaytmasdan kurashayotgan, qadrli abituriyentlarimizga kuch-quvvat tilaymiz!

2021-yilda abituriyentlar safidan talabalar safiga o'tishingizni Yaratgandan tilab qolamiz.

Ilm olishdan charchamang!
20.06.2021 blok test natija..pdf
347.5 KB
📚"Buxoro maktabi" o'quv markazi

20.06.2021 blok test natijasi ❗️

BARCHA ABITURIENTLARGA BUNDAN HAM ULKAN MARRALARNI ZABT ETISHIGA TILAKDOSHMIZ❗️

🏆🔔 Do'stlarni Taklif Qiling 🔔🏆
❄️ ╔═অঠই ⚡️🌞 ইঠঅ═╗
@buxoro_maktabi
❄️ ╚═অঠই 🎖🎖 ইঠঅ═╝
Rasul aka... (2).pdf
419.7 KB
📚"Buxoro maktabi" o'quv markazi


KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O'QUVCHILARINING 2-SINOV TEST NATIJALARI:

BARCHA O'QUVCHILARIMIZGA BUNDAN HAM ULKAN MARRALARNI ZABT ETISHIGA TILAKDOSHMIZ❗️

🏆🔔 Do'stlarni Taklif Qiling 🔔🏆
❄️ ╔═অঠই ⚡️🌞 ইঠঅ═╗
@buxoro_maktabi
❄️ ╚═অঠই 🎖🎖 ইঠঅ═╝
​​​#QABUL2021 | #TAVSIYA

⚠️ Hali hujjat topshirmagan abituriyentlar uchun tavsiyasi:

💡Qabul kvotasi tasdiqlangandan so‘ng ro‘yxatdan o‘ting.

🤝 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish ko‘nikmasiga ega bo‘lmasangiz, bu borada tajribaga ega yaqinlar yoki davlat xizmatlari markazlari ko‘magidan foydalaning.

🔔 Ro‘yxatdan o‘tishdan avval tayyorlangan fanlaringizga mos yo‘nalishlarni obdon o‘rganib aniqlab oling (yo‘nalishlarni quyidagi fayl orqali ko‘rishingiz mumkin).

👨🏻‍💻 Yo‘nalishni tanlayotganda shu yo‘nalish bo‘yicha kamida oxirgi 3 yilda o‘tish ballari haqida bilib oling. Agar siz tayyorgarlik jarayonida to‘playotgan balingiz so‘nggi 3 yildagi o‘tish balidan yuqori bo‘lsa, demak, bu tanlovingiz talaba bo‘lish ehtimolini oshiradi.

☝️Yangi ochilgan yo‘nalishlar bilan qiziqing.

Kelajagingizni tasavvur qilolmaydigan yo‘nalishni tanlamang.

❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda ma’lumotlarning to‘g‘ri to‘ldirilishiga e’tiborli bo‘ling.

🚫 Eng muhimi o‘qishga kirgizib qo‘yishga va’da beradigan firibgarlarga ishonmang, KORRUPSIYa holatlari ishtirokchisiga aylanib qolmang. Zero, katta hayotdagi ilk qadamingizni korrupsiya botqog‘iga botirishdan boshlamang.

📨 Barcha abituriyentlarga ulashing


https://t.me/buxoro_maktabi