BUXORO.ADLIYA.UZ
315 subscribers
3.83K photos
521 videos
1 file
2.5K links
Buxoro viloyat adliya boshqarmasining rasmiy telegram kanali
https://t.me/buxoro_adliya_uz
Download Telegram
Forwarded from buxoronoma1920 / Расмий канал (Бухоро Sulaymonov)
* Жараён

Вилоят адлия бошқармасида 2023 йил давомида амалга оширилган ишлар ҳамда “Ҳеч бир шахс ҳужжатсиз қолмайди” ҳуқуқий акцияси доирасидаги фаолият юзасидан кенг жамоатчилик ва оммавий ахборот воситалари вакилларига ахборот бериш мақсадида матбуот анжумани ўтказилди.

Тоҳир ИСТАТОВ фотолавҳаси

⭕️ Уланиш учун:
@buxoronoma1920
Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi

Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.

Manba: O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni
Oliy ta’lim muassasasining kunduzgi, kechki, sirtqi ta’lim shakllarining pedagogika yo‘nalishlarida o‘qiyotgan shaxslar 3-kursdan boshlab o‘qishiga xalaqit bermagan holda pedagoglik ishini amalga oshirish uchun umumta’lim muassasalarida asosiy ish joyi sifatida ishga qabul qilinishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi.
Buxoro shahar 3-son FHDY bo'limi tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida Buxoro shahar 16-son umumiy o'rta maktabida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirda "Ko'k saroy", "Sherbudin", "Sharq yulduzi" MFY faollari, maktab o'qituvchilari va o'quvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirdan ko'zlangan maqsad "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan huquqiy tushuntirish hamda aksiya doirasida fuqarolarni xatlovdan o'tkazib, ularga huquqiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_huquqim

Savol: Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish uchun beriladigan himoya orderining muddatini uzaytirish tartibi qanday?

Sh.Sharipov - Vobkent tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti tomonidan javob berildi.
Tadbirkorlardan 8 turdagi hisobotlarni talab qilish bekor qilindi
Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma'lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.
2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.
👉Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;
2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;
2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.
“Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi

2024-yil 1-martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning 22 turi bekor qilinadi.
Shuningdek, 2024-yil 1-martdan: 👇
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga qo‘llanilgan jarima summasi miqdorining 50 foizi 15 kun ichida, 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langanda, huquqbuzar jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi;
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berish jarayonida video aloqa vositalari yordamida talabgorlarning litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talab va shartlariga muvofiqligini masofadan turib baholash tartibi joriy etiladi;
tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro'yxatdan o‘tkazishda uning pochta manzili sifatida muassisning turar joyini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.
Turoperatorlar uchun favqulodda holatlar yuzaga kelganda xavfni majburiy sug‘urta qilish tartibini joriy qilish orqali “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun 15 ming AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zaxira qilib qo‘yish bekor qilinadi.
2024-yil 1-martdan 2025-yil 1-yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida rentgen uskunasidan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish faoliyatlarini boshlash uchun uch oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi joriy etiladi.

Manba: PF–8-son, 09.01.2024-y.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mening_huquqim

Savol: Aholining ehtiyojmand qatlamlari uchun davlat boji qanday hollarda kamaytiriladi?

Sh.Jo'rayev - viloyat yuridik texnikumi Yuridik klinika rahbari tomonidan javob berildi.
“Reklama to'g'risida”gi Qonunga (O‘RQ–776-son, 07.06.2022-y.) ko'ra reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
maktabgacha ta'limda hamda tarbiyada, umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko'rsatish;
bolalarni ularning sog'lig'iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko'rsatmasdan reklama qilish;
milliy va oilaviy an'analarga, shuningdek axloq va ma'naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo'lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.
Qonunga muvofiq, voyaga yetmaganlarning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiiste'mol qilishdan himoya etish maqsadida reklamada, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:
xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va (yoki) sog'lig'iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o'z sog'ligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
ota-onalar va tarbiyachilarni obro'sizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga bo'lgan ishonchiga putur yetkazish;
voyaga yetmaganlar olishi yoki iste'mol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun mo'ljallangan telekanallarda, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Bundan tashqari, dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko'rinishi shifokorlarning tashqi ko'rinishiga o'xshash shaxslarning ishtirok etishi taqiqlanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Пластик картанинг махфий кодини ҳеч кимга берманг!
Yangi bino qurishdan avval tuproqning unumdor qatlami sidirib olinishi kerak

“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi Qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.
Qishloq xo'jaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan o'ziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash to'g'risida axborot olish huquqiga ega.
Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.
Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari hokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.
Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning o'rni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablag'laridan qishloq xo'jaligida foydalanilmayotgan sug'oriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Tuproqni o'rganish Qishloq xo'jaligi, Suv xo'jaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan joylarda tadbirkorlik subyektlari o'rtasida "Davlat tili" va Reklama to'g'risida'gi qonunlarning mazmun-mohiyati, savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarini davlat tilida va milliy qadriyatlarga mos nomlashning ahamiyati haqida, reklama, e'lon va axborot matnlarida davlat tili ustuvor bo'lishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.