Buxoro Kadastr ️
1.11K subscribers
5.53K photos
953 videos
1 file
3.97K links
Kadastr Agentligi hamda Davlat Kadastrlari Palatasi Buxoro viloyat boshqarmalarining rasmiy kanali

Murojaat uchun:
@Kadastr_muloqot_bot
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Buxoro

KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ!

⚠️ Hurmatli fuqarolar, siz kadastr yo‘nalishida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering!

📞 Korrupsiya holatlari haqida ma’lumotlarni ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining +998 88-238-45-45 raqamli telefoniga qo‘ng‘iroq qilib xabar qilishingiz mumkin.

‼️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob
#Kadastr #Buxoro

Savol: Yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirishga ruxsat qanday tartibda olinadi?

Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning" maʼmuriy reglamentiga muvofiq qurilish ishlarini olib borish uchun ruxsat olinadi.

❗️Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

⚠️Qurilish qilish uchun, yer maydoniga huquq turi mavjud bo‘lishi shart.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

📄Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🧊 Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🚜 Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🏢 Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari;

🗺 Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari;

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilik #Yer_nazorati
#Kadastr #Buxoro

📃 Qonunchilikka ko‘ra, sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish:

🟣BHMning 400 baravaridan 500 baravarigacha (132 mln so‘mdan 165 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;

🟣muayyan huquqdan mahrum qilib, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

🟣5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

⚠️ Unutmang! Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi!

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika #Kadastr_Pasporti
#Kadastr #Buxoro

🌟Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tuman, shahar filiallari tomonidan Kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha 2024-yilning yanvar-aprel oylari davomida amalga oshirilgan ishlar haqida infografik ma'lumot

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_kuni #Tabrik
#Kadastr #Buxoro

Bugun, 22-aprel Xalqaro yer kuni

🌏 Bu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2009-yildan ekologiya muammolariga e‘tibor qaratish va tabiatni asrashga chaqirish maqsadida ta‘sis etilgan.

Yurtimizda ham xalqning hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblangan yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

🌱Tabiatga zarar yetkazmaslik, uning boyliklaridan va ne’matlaridan oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni asrash, o‘z tevarak-atrofimizni pokiza tutish – bu har birimizning qo‘limizdan keladigan oddiy va lekin umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan amaldir.

Bu nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari jamoasi

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi Yeri to'g'risida nimalarni bilasiz?


🇺🇿 O'zbekiston - mintaqaning barcha mamlakatlari bilan chegaradosh bo'lgan Markaziy Osiyodagi yagona mamlakat.

🇺🇿 O‘zbekiston dengiz sohiliga chiqish uchun har qanday yo’nalishda 2 davlat chegaralarini kesib o’tish kerak bo’lgan ikki davlatdan biri. Ikkinchisi Lixteynshteyndir.

🇺🇿 Oʻzbek Samarqandi dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biri boʻlib, yoshi boʻyicha Rim bilan qiyoslanadi. Olimlar ushbu turarjoyning yoshini 2750 yildan ortiq deb hisoblashadi.

Geografik joylashuvi

🇺🇿 Markaziy Osiyodagi davlat. Shimolda va g`arbda — Qozog`iston (chegaraning uzunligi — 2203 km), janubda — Turkmaniston (1621 km) va Afg`oniston (137 km), janubi sharqda — Tojikiston (1161 km), sharqda Qirg`iziston (1099 km) davlatlari bilan chegaradosh. Mamlakatning tashqi chegaralari uzunligi 6 221 km.

Asosiy daryolari

🦅 Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron.
Yirik ko`llari: Orol dengizi (global ekologik muammo), Aydarko`l.

Iqlimi

🌕 Issiq, quruq, kontinental. Janubi subtropik mintaqaga kiradi.

Manbaa: 1, 2, 3

#DavKadastrPalata #butunjahon_yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_kuni #Kadastr
#Buxoro

"22-aprel—Butunjahon yer kuni”

📆Bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqotlar universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti bilan hamkorlikda talaba yoshlar uchun Yer kuni munosabati bilan zakovat intelektual o‘yini, geodezik marafon hamda eng yaxshi tasviriy san'at namunalari bellashuvlari o‘tkazildi.

🥇Mazkur bellashuvlarda munosib ishtirok etgan jamoalar va faol talabalar taqdirlanishdi.

🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

😎Bugun, 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, sohada o‘zining o‘chmas izini qoldirib kelayotgan hamda faoliyati davomida mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan 5 nafar xodim “Soha iftixori”, 23 nafari esa “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

💐Kadastr agentligi jamoasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan hamkasblarini muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlariga rivoj va zafarlar tilab qoladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM