"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
1.62K subscribers
3.3K photos
299 videos
4 files
508 links
"Бухоро ҳудудий электр тармоқлари корхонаси" АЖнинг telegram тармоғидаги расмий канали. Электр энергияси билан боғлиқ мурожаатлар учун @Buxoro_HETK_muloqot

Ишонч телефони: 1154,
(0 365) 225-43-88
Download Telegram
#Yashil_energetika

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida quyosh panellari o’rnatildi

Batafsil

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI BINOSIDA 50 KVT QUVVATLI QUYOSH ELEKTR STANSIYASI ISHGA TUSHIRILDI

Buxoro viloyatida birinchilardan bо‘lib “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ binosida 50 kvt quvvatli quyosh elektr stansiyasi
ishga tushirildi.

Ushbu quyosh elektr stansiyasi yiliga 90 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida, 30 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

Mazkur stansiya o‘rnatilishi hisobiga korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik xarajatini 40 mln so‘mga kamaytirishga xizmat qiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 1 dekabr soat 23:00dan 3 dekabr soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
Уважаемые потребители электрической энергии!

В связи с проведением профилактических работ на серверах Центра обработки данных, проводимых для улучшения качества предоставляемых электронных услуг потребителям электрической энергии АО «Региональные электрические сети» сообщает о том, что с 23:00 ч. 01.12.2022 г. до 22:00 ч. 03.12.2022 г. могут возникнуть технические сбои при осуществлении онлайн-платежей за электроэнергию и получении информации о состоянии индивидуального лицевого счета.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Также информируем о том, что в данный период не предусматривается автоматическое отключение от сети потребителей, имеющих дебиторскую задолженность.

АО «Региональные электрические сети»

Наши
официальные каналы👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
“O‘zbekneftgaz” AJ gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari kamayishi kuzatilmoqda. Uning hajmlarini oshirish yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli gaz konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlari yildan-yilga kamayib borayotgani kuzatilmoqda.

Misol uchun, 2021-yilda belgilangan rejaga nisbatan 200 mln metr kub kam tabiiy gaz qazib chiqarilgan, 2022-yilning 11 oyida rejaga nisbatan 5 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarildi.

Jamiyatga qarashli gaz konlarida rejaga nisbatan sutkasiga o‘rtacha 7,1 foizga kam tabiiy gaz qazib chiqarilmoqda. Buning asosiy sabablari gaz konlarida tabiiy gaz zaxiralarining kamayib borayotganligi va konlarda avariyalar kelib chiqayotganligidir.

Bugungi kunda ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan havo haroratining keskin sovib ketishi sababli quvurlarda gaz bosimining pasayishi kuzatilmoqda. Qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz to‘liq ichki isteʼmol uchun, xususan aholi va ijtimoiy soha obyektlari hamda issiqlik elektr stansiyalariga yo‘naltirilmoqda.

Bundan ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini (maktabgacha taʼlim tashkilotlari, maktab, o‘quv yurtlari, shifoxonalar va boshqalar) energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash hisoblanadi.

Hozirgi kunda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirishning zarur chora-tadbirlari ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan isteʼmolchilardan ushbu holatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslaridan imkon qadar oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish institutida energiya tejovchi texnalogiyalarni joriy qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro" telekanalining "Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЖЎРАБЕК МИРЗАМАҲМУДОВ: БУ ОБ-ҲАВОДА РЕЖАЛИ ЧЕКЛОВЛАР КИРИТМАСАК, ЭРТАГА БУНДАН-ДА ЖИДДИЙРОҚ ТАЛАФОТ БЎЛИШИ МУМКИН

Ўзбекистон бош вазири ўринбосари – энергетика вазири Жўрабек Мирзамаҳмудов энерготаъминотдаги узилишлар юзасидан изоҳ берди. Унинг сўзларига кўра, ҳозирги об-ҳаво шароити жиддийроқ талафотларнинг олдини олиш мақсадида режали чекловлар ўрнатишни тақозо этмоқда.

Манба

Расмий каналларимиз👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | Twitter
#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi havo elektr uzatish tarmoqlarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Mutaxassislar balandligi 22 metr bo’lgan tayanchlarga chiqib, ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.
Takidlash joizki, ayni shu kunlarda diyorimizda kuzatilayotgan ob-havoning injiqliklariga qaramasdan soha xodimlari o’z vazifalarini sidqi dildan bajarib kelmoqdalar. Sovuq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talab ortishi natijasida elektr qurilmalari va tarmoqlarida yuklama oshib, hududlarda kelib chiqayotgan avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Buning uchun tunu-kun navbatchilik brigadalari tashkil qilingan bo’lib, maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Ҳудудларда нега тез-тез чироқ ўчишининг сабаблари айтилди (+ видео)

📍
https://uza.uz/posts/433217

🎥https://youtu.be/Ij6DIsVosA8

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Turkmanistondan elektr energiyasi importining kunlik hajmi oshirildi

Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida “Turkmanenergo” korporatsiyasidan import amaliyotining sutkalik 17–18 mln kVt-soatdan 20–21 mln kVt-soatga oshirildi.

—————

Увеличен суточный объем импорта электроэнергии из Туркменистана

В целях увеличения объемов отпуска электроэнергии потребителям Узбекистана, ежесуточный импорт электроэнергии, поступающей от корпорации «Туркманэнерго» увеличен с 17-18 млн кВт-ч до 20-21 млн кВт-ч.

▶️@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Свет»ни режали ўчириш жадвалига қай даражада амал қилинади? Бир суткада «свет» атиги 2 соатга ўчирилиши аниқми? Шерзод Хўжаев тегишли саволга жавоб берди.

Kun.uz расмий канали
Forwarded from Behruz
#Jarayon

Havo elektr uzatish tarmog'idagi kamchiliklar bartaraf qilinmoqda.

Ayni damda Kogon tuman elektr ta'minoti korxonasi qo'shimcha ikkinchi avariya tiklash brigadasi xodimlari tomonidan "Obi hayot 2" 6 kVli havo elektr uzatish tarmog'idagi beton ustinga avtomashinaning zarar yetkazishi oqibatida yaroqsiz holatga kelgan tayanchni almashtirish ishlari bajarilmoqda.

Tun yarimlab, ob-havo noqulayligi, tashqarida sovuq havo harorati saqlanib turishiga qaramay soha zahmatkashlari aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, ta'mirlash, tiklash ishlarini uyushqoqlik bilan olib bormoqdalar.

⚡️Tez orada hudud elektr energiyasi ta'minoti tiklanadi.

"Buxoro HETK" AJ matbuot xizmati

👉👉👉@buxenergo