"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
1.93K subscribers
3.79K photos
329 videos
4 files
572 links
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning telegram tarmog’idagi rasmiy kanali. Elektr energiyasi bilan bog’liq murojaatlar uchun @Buxoro_HETK_muloqot

Ishonch telefoni: 1154,

(0 365) 225-43-88
Download Telegram
"Chorbakr" 10 kVli elektr uzatish tarmog'idagi tayanchga avtomashinaning kelib urilishi natijasida shikast yetkazilgan. Shu munosabati bilan Buxoro tumanining "Guliston", "Shergiron", "Amirobod" hamda "Arabxona" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar mavjud. Hozirda ta'mirlash, tiklash ishlari olib borilayotganligini soat 19:00ga elektr energiyasi ta'minoti tiklanishini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
“Rabotak”, "To'qimachi", "Gufik Avitsena" 6 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Avshor mahalla", "Shergiron", "Rabotak" hamda Buxoro tumanining "Rabotipoyon" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2023 yil 6 noyabr kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar,

"Qorako'l zavodi" 10 kVli elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining davom ettirilishi sababli "Sadriddin Ayniy" MFY hududidagi ishlab chiqarish korxonalari elektr energiyasi ta'minotida soat 13:00dan 17:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

"Buxoro HETK" AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “KC-1” 110/35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda. Shuningdek, elektr qurilmalarining estetik holati yaxshilanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
“Qozonxona 3/2” 6 kVli elektr uzatish tarmog'ida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Sifatmuniy", "Bahouddin Naqshband", "Namozgoh", "Navbahor" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2023 yil 7 noyabr kuni soat 09:00dan 17:00ga qadar,

Elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining "Yangiobod", "Shergiron", "Poshshoyi", "Arabxona" hamda "Amirobod" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

"Buxoro HETK" AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
#DIQQAT_E'LON

Buxoro milliy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan "Buxoro" 220/110/35/6 kV podstansiyasida zamonaviy elegaziy o'chirib yoqish qurulmalarini o'rnatish ishlarini bajarilishi sababli Buxoro shahrining "Sifatmuniy", "Bahouddin Naqshband", "Namozgoh", "Navbahor", "Varaxsha", "Gulshan", "Razzoq Hamroyev", "Shodlik", "Piridastgir", "Yoshlik", "Losha" va Buxoro tumanining "Xumin", "Dilobod Zafarobod" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2023 yil 8 noyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar;

“Qorako'l zavodi”, "Bank kolleji", "Ark", "Suvchi 2", "Sohibkor" 6 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Fayzulla Xo'jayev", "G'afur G'ulom", "Mirzo Ulug'bek", "Imom al Buxoriy", "Sherbudin", "Avshormahalla", "Turkiy Jandiy", "Abbos Aliyev", "Abdurauf Fitrat", "Otbozor", MFY hamda Geofiziklar qo'rg'oni hududlari elektr energiyasi ta'minotida soat 09:00dan 18:00ga qadar,

"Chorbakr", "Uzumzor" va "Limonzor" 10 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining "Gulshanobod", "Yangiobod", "Shergiron", "Poshshoyi", "Arabxona", "Turkon", "Istiqbol", "Sohibkor" hamda "Amirobod" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

"Buxoro HETK" AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
#Jarayon
#Mavsumga_tayyorgarlik

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Afshona” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maxsus texniklar yordamida soha mutaxassislari salqi simlarni tortib, ulanish qismlarini mahkamlash ishlarini olib bormoqdalar. Bu esa o’z navbatida elektr energiyasi iste’molchilariga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish uchun xizmat qiladi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati


👉👉👉 @buxenergo
“Abdulla Nabiyev” va “Yog’ zavodi 1” 6 kVli elektr uzatish tarmoqlarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Abduxoliq G’ijduvoniy”, qisman “Mutal Burxonov” MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2023 yil 10 noyabr kuni soat 12:00dan 14:00ga qadar;

“Dilkusho”, “Ko’kaldosh” hamda “Alisher Navoiy” MFY hududlarida soat 14:00dan 16:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan “Shofirkon” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Ta’mirlash jarayonida soha mutaxassislari tomonidan elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi va sinovdan o’tkazildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

👉👉👉
@buxenergo