"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
1.7K subscribers
3.59K photos
317 videos
4 files
542 links
"Бухоро ҳудудий электр тармоқлари корхонаси" АЖнинг telegram тармоғидаги расмий канали. Электр энергияси билан боғлиқ мурожаатлар учун @Buxoro_HETK_muloqot

Ишонч телефони: 1154,
(0 365) 225-43-88
Download Telegram
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.

👉👉👉 @buxenergo
ҲУРМАТЛИ ЭЛЕКТР ЭНЕРГИЯСИ ИСТЕЪМОЛЧИЛАРИ!

Ҳаво ҳароратининг совиб кетиши ҳамда юқори истеъмол вақтларида Бухоро вилоятига белгиланган истеъмол топшириғини бажариш, ишлаб чиқаришдаги технологик жараёнлар тўхтаб қолишининг олдини олиш, электр энергияси ишлаб чиқариш ва истеъмол мувозанатини ушлаб туриш ҳамда таъминотдаги тартибсиз узилишларни бартараф этиш мақсадида вилоятимиз ҳудудларида туман, шаҳар ҳокимликлари билан келишган ҳолда аввал эълон қилинган электр энергияси таъминотига оид киритилган қисқа муддатли чекловлар декабрь ойининг 14, 15 ҳамда 16 саналарида ҳам амал қилишини маълум қиламиз.

⚡️Бухоро шаҳри
⚡️Когон шаҳри
⚡️Бухоро тумани
⚡️Ғиждувон тумани
⚡️Шофиркон тумани
⚡️Вобкент тумани
⚡️Ромитан тумани
⚡️Пешкў тумани
⚡️Олот тумани
⚡️Қоракўл тумани
⚡️Қоровулбозор тумани
⚡️Когон тумани
⚡️Жондор тумани

Электр энергияси таъминоти билан боғлиқ ҳар қандай муаммоли вазиятда “Ҳудудий электр тармоқлари” АЖнинг туну кун фаолияти йўлга қўйилган 1154 қисқа рақамли Call-марказига қўнғироқ қилишингиз ёки "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot каналининг администраторига @HET_admin ўз мурожаатингизни йўллашингиз мумкинлигини яна бир бор эслатиб ўтмоқчимиз.

Шунингдек, юқорида келтирилган "Бухоро ҲЭТК" АЖ ҳамда унинг таркибидаги туман, шаҳар электр таъминоти корхоналари ва электр таъминоти корхоналари раҳбарларининг телефон рақамларига қўнғироқ қилишингиз мумкинлигини билдирамиз.

Келтирилган ноқулайликлар учун узр сўраймиз.

"Бухоро ҳудудий электр тармоқлари корхонаси" АЖ

👉👉👉@buxenergo
Forwarded from MINENERGY.UZ
O‘zbekistonda uchta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish bo‘yicha tender g‘oliblari aniqlandi

Bugun, 15-dekabr kuni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida umumiy quvvati 500 MVt bo‘lgan 3 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib investorlar aniqlandi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

“Masdar” kompaniyasi (BAA) Buxoro viloyatida 250 MVt quvvatga ega loyihani qurish va unda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining bir kilovatt-soati uchun 3,044 AQSh senti miqdorida taklifi bilan g‘olib bo‘ldi. Ahamiyatlisi, mazkur loyiha O‘zbekistonda birinchi marta quvvati 62 MVtlik Energiya saqlash batareyasi bilan amalga oshiriladi.

“GD Power – Powerchina” konsorsiumi (Xitoy) Namangan viloyatida 150 MVt quvvatga ega loyiha uchununda ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 4,828 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

“Voltalia” kompaniyasi (Fransiya) Xorazm viloyatida 100 MVt quvvatga egaloyiha uchun ishlab chiqarilgan bir kilovatt-soat elektr energiyasini 2,888 AQSh sentida yetkazib berish taklifi bilan g‘olib deb topildi.

Muzokaralar o‘tkaziladi.

▶️@minenergy_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida 24 soatlik ish rejimida qo’shimcha navbatchiliklar tashkil qilingan. Elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari va boshliq o’rinbosarlari tomonidan hududlarda kelib chiqishi mumkin bo’lgan elektr energiyasi ta’minotidagi avariyali uzilishlarni qisqa muddatlarda bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Istiqlol" telekanalining "Hudud yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
“Shimoliy" 35/6 podstansiyasidagi elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining “M.Narshaxiy”, “Furqat”, “Alisher Navoiy”, “Ko’kaldosh”, “S.Sheroziy”, “Sobir Raximov”, “Dilkusho”, “Ibn Sino”, “Gulchorbog’” hamda "Guliston" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida bugun 16 dekabr kuni soat 14:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Oybek”, “Jalol Ikromiy”, “Do’stlik”, “Ibn Sino” va “Navbahor” MFY hududlaridagi elektr qurilmalari navbatdan tashqari ko’rikdan o’tkazildi. O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, transformator punktlari hamda elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Hurmatli elektr energiyasi iste'molchilari!
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning rasmiy telegram kanali orqali e'lon qilingan elektr energiyasi ta'minotiga oid kiritilgan cheklovlar jadvali hozirda amalda ekanligini, cheklov jadvallarida o'zgarishlar kiritilganda qo'shimcha ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

👇👇👇Cheklov jadvallari

⚡️Бухоро шаҳри
⚡️Когон шаҳри
⚡️Бухоро тумани
⚡️Ғиждувон тумани
⚡️Шофиркон тумани
⚡️Вобкент тумани
⚡️Ромитан тумани
⚡️Пешкў тумани
⚡️Олот тумани
⚡️Қоракўл тумани
⚡️Қоровулбозор тумани
⚡️Когон тумани
⚡️Жондор тумани

"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “5-kichik tuman” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining “Oybek”, “Do’stlik” hamda "Navbahor" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida bugun 19 dekabr kuni soat 13:00dan 15:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
"Ziyorat" 6 kVli elektr uzatish tarmog'ida avariyali o'chishlar kuzatilayotganligi sababli Qorako'l tumanining "Malaysheyx" hamda "Regihaydar" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni damda Qorako'l tuman elektr ta'minoti korxonasi tezkor avariya tiklash brigadasi tomonidan ta'mirlash, tiklash ishlari olib borilayotganligini soat 22:00ga qadar elektr ta'minoti tiklanishini ma'lum qilamiz.

Qo'rako'l tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉@buxenergo
"Ziyorat" 6 kVli elektr uzatish tarmog'ida avariyali o'chishlar kuzatilayotganligi sababli Qorako'l tumanining "Xo'jakon" hamda "Malaysheyx" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayni damda Qorako'l tuman elektr ta'minoti korxonasi avariya tiklash brigadasi tomonidan tarmoqda joriy ta’mirlash ishlari olib borilayotganligini soat 12:00ga qadar elektr ta'minoti tiklanishini bildiramiz.

Qo'rako'l tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉@buxenergo
⚡️Ҳозироқ тўғридан-тўғри эфирни томоша қилинг: Президент Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси

⭕️⭕️⭕️⭕️➡️ Telegram орқали

⭕️⭕️⭕️⭕️➡️ Facebook орқали

⭕️⭕️⭕️⭕️➡️ Buxorotv.uz орқали

📍Бухоро шаҳри
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
G’ijduvon tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Olmazor” 10 kVli elektr uzatish tarmog’ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish ishlarining olib borilishi munosabati bilan tumanning “O’zanon”, “Xaticha”, “G’ovshun” hamda “Mahalla mirzayon” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta’minotida bugun soat 15:30 dan 19:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

G’ijduvon tumani elektr ta’minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Shofirkon tumani Guliston MFY hududidagi simyog’ochning holati bo’yicha e’lon qilingan murojaat Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig’i boshchiligida o’rganib chiqilganliginini va nazoratga olinganligini bildiramiz. Shuningdek, simyog’ochning yaroqsiz holga kelib qolgan pastgi qismini almashtirish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi