"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
3.15K subscribers
6.26K photos
508 videos
4 files
1.1K links
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning telegram tarmog’idagi rasmiy kanali. Elektr energiyasi bilan bog’liq murojaatlar uchun @Buxoro_HETK_muloqot

Ishonch telefoni: 1154,

(0 365) 225-43-88
Download Telegram
Mavsumga puxta tayyorgarlik — barqaror elektr ta’minoti garovi

Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida belgilangan reja-grafiklar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
👷‍♂️ Joriy yilda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan 6521 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari hamda 2163 dona transformator punktlarini joriy ta’mirlash ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu boradagi ishlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi alohida nazoratga olingan.
✅ Ta’mirlash ishlarining o‘z vaqtida bajarilishi elektr uskunalarining texnik holatini yaxshilash, ularning ishonchliligini oshirish, tarmoqdagi ortiqcha yo‘qotishlarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi

💬Facebook | Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
“O’zbekiston”, “Dehcha” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining “Ko’chko’mar”, “Qavola Mahmud”, “Shexoncha”, “Dehcha” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 11 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
"Ipadrom” va “Kasalxona 2” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining “Moxixossa”, "Shayxon", “Yangiobod” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 11 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
“Limonzor”, “Sharbat”, “Rabotak”, “So’rg’ich” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining “Rabotiqalmoq”, “Shergiron”, “Shexoncha”, “Dehcha”, “Rabotak”, “Saxovat”, “Istiqbol” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 14 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
"Qo’rg’on” 110/10 kVli podstansiyasida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Romitan tumanining "O’tabek", “Navbahor”, “Istiqlol”, “Sho’rcha”, “Iftixor”, “Qumrabot”, “Bog’isaydon”, “Qo’rg’on” “Bog’iturkon” hamda "Dehcha" MFY ayrim hududlari energiyasi ta'minotida 2026 yil 14 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Romitan tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
"Poyafzal fabrikasi 2” va “Abdulla Nabiyev” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining “Abduxoliq G’ijduvoniy”, "Sherbudin", “Jo’ybor, “ Xo’ja G’unjoriy”, “Havzi nav” hamda “Avshormahalla” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 14 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" maqolasi e’lon qilindi

Koreya Respublikasining yetakchi nashrlaridan biri — "The Chosun Daily"da Prezident Shavkat Mirziyoyevning "O‘zbekiston va Koreya Respublikasi: o‘zgarishlar davrida kelajak sari intilayotgan hamkorlik" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Maqolada O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi tarixiy rishtalar, bugungi alohida strategik sheriklik, savdo-investisiya aloqalari hamda munosabatlarni yangi texnologik bosqichga olib chiqish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolada qayd etilganidek–

— so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo hajmi 5 barobarga oshgan;

— Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan investisiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshgan;

— Ayni paytda mamlakatimizda Koreya kapitali ishtirokida 700 dan ziyod qo‘shma korxona va loyihalar amalga oshirilmoqda;

— KOICA, Koreya Eksimbanki va EDCF bilan hamkorlikdagi loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollardan ortiq;

— 2025 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollardan oshgan.

Prezident ikki mamlakat iqtisodiyotining o‘zaro to‘ldiruvchanligi yangi o‘sish drayverlarini yaratish uchun katta imkoniyat ekanini ta’kidlab, hamkorlikni umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirish darajasiga olib chiqish muhimligini ta’kidladi.

"Ishonchim komilki, aynan shu asosda hamkorligimizning yangi sahifasini ochishimiz — alohida sohalardagi muvaffaqiyatli hamkorlikdan umumiy ishlab chiqarish tizimlari, texnologik platformalar va yangi bozorlarni shakllantirishga o‘tishimiz mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz barqaror va uzoq muddatli farovonligining yanada mustahkam poydevorini barpo etadi".


Maqolada sun’iy intellekt, yarim o‘tkazgichlar, robototexnika, elektr transport vositalari, biofarmasevtika, aqlli qishloq xo‘jaligi va “aqlli shaharlar” istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida belgilangan. Shuningdek, ta’lim va inson kapitaliga investisiya kiritish, akademik almashinuv va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi e’tirof etgan.

Prezident, shuningdek, Markaziy Osiyo-Koreya Respublikasi sammiti O‘zbekiston va Koreya munosabatlari bilan bir qatorda, butun mintaqa bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim maydon ekaniligiga alohida urg‘u berdi.

"...O‘zbekiston siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, amaliy hamkorlikni kengaytirish va sheriklikning yangi, samarali mexanizmlarini shakllantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslarni ilgari surish niyatida. Bu tashabbuslar “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada tizimli, dinamik va uzoq muddatli mintaqaviy ustuvor vazifalarga yo‘naltirilgan mexanizmga aylantirishga qaratilgan".


Prezident maqolasida qayd etilganidek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni, balki Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik, innovatsiya va umumiy taraqqiyot uchun yangi imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

"Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi tinchlik, innovatsiyalar, o‘zaro ishonch va umumiy farovonlikka asoslangan hamkorlikning yangi makonini shakllantira olishiga chin dildan ishonaman"- deydi Davlatimiz Rahbari maqolada.


Ma’lumot o‘rnida: The Chosun Daily — 1920 yilda tashkil etilgan «Chosun Ilbo» mediaguruhi tarkibidagi nashr bo‘lib, Koreya Respublikasidagi yirik axborot platformalaridan biri hisoblanadi.

Nashr siyosat, iqtisodiyot, jamiyat va xalqaro munosabatlarga oid dolzarb voqealarni keng yoritib boradi. Unda O‘zbekiston Prezidentining maqolasi e’lon qilinishi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikka bo‘lgan yuksak e’tiborning yana bir ifodasidir.


📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektr energetika tizimining ish faoliyati bir soniya ham to‘xtamaydi

Odamlar xotirjam uyquda bo‘lgan paytda ham, energetika tizimi xodimlari xonadonlarda chiroqlar yonib turishi, elektr ta’minoti uzluksiz davom etishi uchun tun bo‘yi xizmatda bo‘ladi.

Ular oilasi bag‘ridan chiqib, sovuq-yomg‘ir, tun va charchoqqa qaramay, xonadonlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash uchun mehnat qiladi.

Chunki elektr energetika tizimida ish bir soniya ham to‘xtamaydi. Energetiklarning xizmati esa xonadonlardagi har bir yorug‘ chiroqda ko‘rinadi.

Ushbu rolik elektr tarmog’idagi bitta kichik avariya misolida hikoya qiladi.

Video muallifi Sharqiy mintaqaviy dipetcherlik boshqarmasi dispetcheri Bobur Xamdamov.

💬Facebook | Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
“Madaniyat”, “Chorbakr” 35/10 kV podstansiyalari va “Paxtakor”, elektr uzatish tarmog’ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining “Madaniyat rabot”, “Shergiron”, “Xonabod”, “Dehcha”, “Saxovat” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 15 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
"Arabxona” 10 kVli elektr uzatish tarmog’ida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Romitan tumanining "Qalaychorbog’", “Romitan”, “Hazortut”, “Mug’oncha”, “Sho’robod” hamda "Qahramon" MFY ayrim hududlari energiyasi ta'minotida 2026 yil 15 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Romitan tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shukronalik

Sofirkon tumani Qal’ai Mirarab qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun, murojaaat asosida hududga 12 dona mustahkam temir beton tayanchlari qurildi,1000 metrga yaqin elektr uzatish tarmog’i tortildi va 1 dona qo’shimcha transformator punkti o’rnatildi.

💬
Facebook | Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
"Yangiobod” va “Qozonxona 3/1” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining "Shayxon", “Yangiobod”, “Olim Xo’jayev”, “Gulshan”, “Razzoq Hamroyev”, “Piridastgir” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 16 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“9 soat”ning siri nimada?

“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…

Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”

Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.

Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.

Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.

Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.

“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi, menimcha, shunday: Prezidentning ish dasturida tushga qadar 1 ta uchrashuv, 1 ta qabul, yana 200 kishilik O‘zbekiston-Koreya biznes forumida nutq, hujjatlarni imzolash marosimi, O‘zbekiston viloyatlarida 5 ta qo‘shma yangi loyihaga start marosimi, Koreyaning 10 ta chebol kompaniyasi (ko‘p tarmoqli ulkan oilaviy biznes) bilan tet-a-tetlar. Bu vaqtda esa yana bir zalga odamlar to‘plandi, Koreyada yashayotgan, o‘qiyotgan 50 ga yaqin vatandoshlar mahtal turibdi. Bu ishlarni boshida turish tugul, shunchaki o‘qib ko‘rsangiz ham “ehhe” devorasiz.

Kostyum-shim kiygan jiddiy odamlarning gaplarini eshitib qolaman: “balki vatandoshlar bilan uchrashuv “otmen” bo‘lar? Uchrashuvga kirmang, deb ayta qolamiz, sammitga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak, hali “obed” ham qilmadilar”.

Tushlik qilmay ishlashlariga biz ham guvohmiz, ayniqsa, xorijda tadbir-tadbirga ulanib ketaveradi. Ko‘proq odam bilan gaplashishga harakat qiladi prezident. Ko‘proq foyda olib ketay yurtimga, deydi prezident.

Bir kun ichida nihoyatda ko‘p odam bilan gaplashib, topshiriqlar bergani, nutq o‘qigani —“non-stop” rejimi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: Prezident ba’zan tomog‘i qirilayotgani uchun uzr so‘raydi, “bular menga suv ham bermaydi” deb yarmi hazil, yarmi chin aytadi.

Auditoriya yoshlardan iborat. “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari, yoki “allaqachon tup qo‘yib palak yozganlar” — 50 $dan biznes boshlab, bugun O‘zbekistondan import qilayotganlar, yoki universitetda 7 koreys talabaga o‘zbek tilini o‘rgatishdan boshlab, hozir yiliga 70 dan ortiq talaba o’qitayotgan olimalar ham bor.

Prezident ularga tashrif tafsilotlarini tushuntiradi, nega Koreyaga kelgani, munosabatlarimiz qanday rivojlanib borayotgani, shu yerdagi fuqarolarga qanday ko‘mak berish mumkinligi haqida suhbatlashadi. 10 ga yaqin yoshlarning takliflarini tinglaydi.

Protokol xizmati bir necha bor rahbar oldiga kelib eslatadi: “9 soat bo‘ldi”.

Davlat rahbari esa muloqotda davom etadi. Jurnalistlar mag‘zini chaqishga urinamiz. To‘xtovsiz ishlayotganlariga 9 soat bo‘ldimi yoki muhim tadbir boshlanishiga 9 soat qoldimi?

Uchrashuvda Koreyada tadqiqot qilayotgan Yelena Chuyanova “tez-tez, shoshilinch madaniyat”ni eslatadi: 빨리빨리 문화 (ppalli-ppalli munhwa). Ya’ni, taraqqiyotdan orqada qolmaslik sharti – vaqtni yengish, nafaqat «jisman», balki «ma’nan yengish».

Koreyani rivojlantirgan bu madaniyat Prezidentimizning “shoshilmasdan shoshilish” prinsipiga o‘xshaydi. Zamondan orqada qolmaydigan O‘zbekiston qurish orzusi bu.

"Bir daqiqa ham vaqtlaringni bekorga o‘tkazmanglar. 5 yil o‘tadi, 10-15 yil o‘tadi. Kim boshqaradi O‘zbekistonni? Sizlar. To‘g‘ri, sog‘inch qiynaydi. Vatan sog‘inchi alamida ko‘proq ilm olinglar, vatanga sadoqat bilan xizmat qilinglar".

9 soat “tik oyoqda” o‘tgan kun baribir yakunlanmaydi. 16-sentabrda Markaziy Osiyo beshligi va Koreya sammiti bo‘ladi, hozir borib prezident o‘z nutqini, tashabbuslarni tayyorlaydi.

Qachon rahbar dam oladi—bu savolga javob topish butun delegatsiya uchun hozircha jumboq.

“O‘zimniyam qiynayman, sizlarniyam,
ishlamagunlaringcha qo‘ymayman, bizga 40 million xalq qarab turibdi. Ularni rozi qilishimiz kerak”.

9 soatlik “non stop”ning sirini bilmaymanu, maqsadi lekin aniq shu.
“Humo” 35/6 kV podstansiyasida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining "Nizomiy Ganjaviy", “Turki Jandiy”, “Jalol Ikromiy” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 17 sentyabr kuni soat 08:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
#Mavsumga_tayyorgarlik
#Buxoro_shahri

Kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida belgilangan reja-grafiklar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

💬Facebook | Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
“6-kichik tuman 2”, “Tabobat” elektr uzatish tarmog’ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro shahrining "Foshun", “Xo’jamushkin”, “To’qimachi”, “Do’stlik”, “Losha” MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 17 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
“Uzumzor”, “Chorbakr”, “RP markaz”, “Yangi turmush”, “Alatxona” elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi sababli Buxoro tumanining “Amirobod guliston”, “Shergiron”, “Podshohi”, “Arabxona”, “Sohibkor”, “Turkon”, “Istiqbol”, “Yangi turmush”MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2026 yil 17 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar;

“Gulshanobod”, “Losha”, “Xumin”, “Mahmud Tarobiy” MFY ayrim hududlarida soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
"Agro 2” 10 kVli elektr uzatish tarmog’ida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Romitan tumanining "Qahramon” MFY hamda "Buxoro Agro 2" erkin iqtisodiy zonasi hududlari energiyasi ta'minotida 2026 yil 17 sentyabr kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Romitan tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo