"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
2.71K subscribers
5.82K photos
467 videos
4 files
986 links
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning telegram tarmog’idagi rasmiy kanali. Elektr energiyasi bilan bog’liq murojaatlar uchun @Buxoro_HETK_muloqot

Ishonch telefoni: 1154,

(0 365) 225-43-88
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro" telekanalining "Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

💬
Facebook | 👉Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
"Uzumzor" 10 kV hamda "Madaniyat" 6 kV elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash  ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro tumanining "Arabxona", "Yangi turmush", "Turkon", "Saxovat", "Sohibkor", "Rabotiqalmoq" hamda "Shexoncha" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2025 yil 5 mart kuni soat 09:00dan 16:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Metan zapravkalar faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanadi

Mart oyining dastlabki kunlarida mamlakatimizda havo harorati keskin tushib, tabiiy gaz isteʼmolining ortishi va gaz quvurlarida bosimning pasayishiga sabab boʻldi. Mazkur holatda birinchi navbatda aholi hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan taʼminlashga ustuvorlik qaratildi va avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Oʻtgan kunlar mobaynida olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida quvurlarda gaz bosimi normallashtirildi. Bu esa metan zapravkalar ish faoliyatini tiklash imkonini yaratdi.

Ertaga, 6-mart kuni soat 09:00 dan eʼtiboran metan zapravkalar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Energetika vazirligi Axborot xizmati.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
"Denov", "Bog'idasht" va "Paxtakor" elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash  ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro tumanining "Bog'idasht", "Zarmanoq", "Dilobod Zafarobod", "So'fikorgar", "Qavola Mahmud", "Navro'z", "Bog'ikalon", "Turkon" hamda "Saxovat" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2025 yil 6 mart kuni soat 09:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz.

Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
#Jarayon

Avval xabar berganimizdek hududlar elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida joriy yil avvalida belgilab olingan chora - tadbirlar asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Buxoro tuman elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari tomonidan “Suyak zavodi” 10 kVli elektr uzatish tarmog’idagi manan eskirgan 6 dona tayanch yangisiga almashtirildi. Shuningdek, № 890-sonli transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.


💬
Facebook | 👉Telegram | 🌐 Veb-sayt | 📞1154
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iste’molchilar qanday qilib о‘z xonadonlariga quyosh panellarini о‘rnatishlari mumkin? Bu borada qanday imtiyozlar bor?

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan tayyorlangan mazkur rolikda bu haqida batafsil bilish mumkin.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan go’zal va betakror, muhtarama ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda jamiyat rahbari tomonidan nafis qalb egalariga jamoadagi mehnati va shijoati uchun chuqur hurmat-ehtirom va ezgu tilaklar bildirildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hayot bog’larida tikonlar so’lsin,
Umr yo’llaringiz gullarga to’lsin,
Nurlarga belandi bu kun zamin ham
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Bolam deb g’am chekkan mehribonlarim,
Tashvishi bir ummon, quvonchi yarim,
Ey, mening jannatiy onajonlarim,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Qalbida dard ammo, yuzlari hushhol,
Sabr, bardoshidan mashaqatlar lol
Olamni nurafshon aylagan ayol,
Qutlug’ ayyomingiz muborak bo’lsin.

Tabassum ketmasin yuzlaringizdan,
Quvonch yoshi tomsin ko‘zlaringizdan,
Chamanlar gullasin izlaringizdan,
Qutlug‘ ayyomingiz muborak bo‘lsin.

👉👉👉
@buxenergo
"Un kombinati" 6 kVli elektr uzatish tarmog'ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish ishlari bajarilishi sababli "Bukhara city" majmuasi hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2025 yil 9 mart kuni soat 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo