"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ
1.93K subscribers
3.79K photos
327 videos
4 files
569 links
"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJning telegram tarmog’idagi rasmiy kanali. Elektr energiyasi bilan bog’liq murojaatlar uchun @Buxoro_HETK_muloqot

Ishonch telefoni: 1154,

(0 365) 225-43-88
Download Telegram
#Jarayon

“Obod mahalla” Davlat dasturi asosida yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturiga binoan, elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida hududga olib kelingan yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.
Bugungi kunga qadar 300 donadan ortiq mustahkam temir-beton tayanchlar o’rnatildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#G’ijduvon_tumani

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish va qonunbuzar iste'molchilarga choralar ko'rish bo‘yicha reyd tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro" telekanalining "Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrinining "Avshor mahalla", "Bahouddin Naqshband", "Ibn Sino", “Sherbudin” hamda "Mutal Burxonov" MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2022 yilning 14 iyun kuni soat 10:00dan 15:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2022 yil 17 iyun soat 21:00 dan 20 iyun soat 22:00gacha billing tizimida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn to‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bo‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Rasmiy kanallarimiz
👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram
Уважаемые потребители электрической энергии!

В связи с проведением профилактических работ на биллинговая система, проводимых для улучшения качества предоставляемых электронных услуг потребителям электрической энергии АО «Региональные электрические сети» сообщает о том, что с 21:00 ч. 17.06.2022 г. до 22:00 ч. 20.06.2022 г. могут возникнуть технические сбои при осуществлении онлайн-платежей за электроэнергию и получении информации о состоянии индивидуального лицевого счета.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Также информируем о том, что в данный период не предусматривается автоматическое отключение от сети потребителей, имеющих дебиторскую задолженность.

АО «Региональные электрические сети»

Наши
официальные каналы👇👇👇

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram
Elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrinining "Imom al Buxoriy", "G'afur G'ulom", "Mirzo Ulug'bek" hamda “Ko'kaldosh” MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2022 yilning 20 iyun kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Rasmiy munosabat.

Joriy yilning 19 iyun kuni Kun.uz telegram kanali orqali “O’zbekneftigaz”: Elektr tarmoqlarida elektr ta’minotining uzilishi tabiiy gaz qazib chiqarish va qayta ishlash qurilmalari avariyaviy holatda to’xtadi” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

2022 yilning 19 iyun kuni tongi soat 06:22 da “Gazli-2” 110 kV havo elektr uzatish tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan. Dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan bir martalik qo’shib ko’rish ishlari olib borilgan va soat 06:43da elektr energiyasi ta’minoti qayta tiklangan. Keyingi bosqichda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilish sabablarini aniqlash va kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida dastlabki o’rganish ishlari amalga oshirilgan. Umumiy uzinligi 160 kmdan ortiqni tashkil qiluvchi “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobida bo’lgan 117 km masofadagi qismi “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, o’rganib chiqilgan va elektr uzatish tarmog’ining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tegishli qismida avariyali uzilishlar kelib chiqishiga sabab bo’luvchi kamchiliklar aniqlanmagan. (Qolgan 43 km qismi “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli)

Hozirda “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ida kuzatilgan uzilishlar sabablarini aniqlash bo’yicha maxsus ishchi guruh tuzilganligini va ishchi guruh tomonidan navbatdagi o’rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shuningdek, kelgusida bu kabi uzilishlar kuzatilishini oldini olish uchun “Gazli-2” 110 kV elektr uzatish tarmog’ining “Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ga tegishli qismini ham ko’rikdan o’tkazish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.

"Buxoro HETK" AJ matbuot xizmati
“Telemarkaz” 6 kVli havo elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrinining "Fayzulla Xo’jayev" hamda “Yangiobod” MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2022 yilning 21 iyun kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrining “Fayzulla Xo’jayev” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod mahalla” Davlat dasturi asosida modernizatsiya va yangilash ishlari olib borilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “MY5” telekanalining “Hudud” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrinining "To’qimachi", "Piridastgir", "Olim Xo’jayev" hamda “Bahouddin Naqshband” MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2022 yilning 22 iyun kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
Kogon tumanida elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelayotgan iste’molchilar aniqlandi.

Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan tumandagi mahalla fuqarolar yig’inlari hududlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash, ularni oldini olish va qarzdorliklarni bartaraf etish bo’yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Elektr energiyasidan foydalanish tartib qoidalarini buzgan iste’molchilarga nisbatan qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilib, ta’minotdan uzib qo’yilmoqda va yetkazilgan zarar miqdori qayta hisob kitob qilinmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo
Elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrinining "Otbozor", "Yangiobod" hamda “Shayxon” MFY hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2022 yilning 23 iyun kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi

👉👉👉 @buxenergo
#Dasturlar_ijrosi
#Peshku_tumani

Yangi tayanchlar o’rnatilmoqda.

Peshku tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan “Obod mahalla” Davlat dasturi hamda og’ir hududlar elektr energiyasi ta’minoti mustahkamligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora tadbirlar asosida mustahkam temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

👉👉👉 @buxenergo