•BuxDU •БухГУ •BukhSU
12.7K subscribers
37.3K photos
4.36K videos
314 files
18.2K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university
Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
+99865 221-26-85
Download Telegram
👋Talabalar, sizlar uchun #Mega_loyiha

🏛 Deyarli 1 asrlik tarixga ega #Buxoro_davlat_universiteti barchamiz uchun birdek muqaddas va mo'tabardir. Shunday ulug' dargohda tahsil olar ekanmiz, uning rivoji, buguni va ertasi uchun barchamiz daxldormiz.

⚜️Buxoro davlat universiteti rahbariyati #BuxDU_yoshlarni_sevadi shiori ostida "Universitet madhiyasi" tanlovini e'lon qiladi.
✍️ Siz ijodkormisiz? She'r yozish qobiliyatingiz bormi? Unda ushbu tanlov siz uchun. Nafaqat she'r yozuvchilar, balki boshqalar ham o'z iste'dodlarini sinab ko'rishlari mumkin.

✔️Tanlov uchun taqdim etiladigan she'rlar kompyuterda Word dasturida yozilib, pastki qismida ism-familiyasi hamda fakulteti ko'rsatilgan holda guruh tyutorlariga yetkazilishi kerak. Tyutorlar tomonidan to'plangan ijodiy ishlar BuxDU bo'limi 212-xona (N. Ahmedova)ga yetkazilishi lozim. Tanlov 25-iyuldan 20-avgustga qadar davom etadi.
🧑‍🎓Iqtidoringizni namoyon qiling, talaba-yoshlar!

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari
#Qabul_2022

🎓Ikkinchi vа undаn keyingi oliy mа’lumot olish bo‘yichа tegishli yo'nalishlarning kirish sinovlari dasturi va baholash mezoni👇👇👇

🔺Amaliy matematika https://is.gd/MoOzlm👈👈

🔺Biologiya https://is.gd/r5tyJk👈👈

🔺Buxgalteriya hisobi va audit https://is.gd/cT4cMp👈👈

🔺Dasturiy injiniring https://is.gd/tKsdY1👈👈

🔺Geografiya https://is.gd/hhwhHp👈👈

🔺Iqtisodiyot https://is.gd/Cg3Q7t👈👈

🔺Matematika https://is.gd/ku1w8B👈👈

🔺O`zbek tili https://is.gd/agvT5s👈👈

🔺Psixologiya https://is.gd/enM5ZN👈👈

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#BuxDU_yangiliklari

⚡️Tojikiston Fanlar akademiyasi Musiqashunoslik sho'basi rahbari, musiqashunos, San'atshunoslik fanlari doktori, professor Asliddin Nizomov 20-22 iyul kunlari Buxoroga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida BuxDU kutubxonasiga muallifning "Ta'rixi musiqii tojik" va "Abdurrahmoni Jomy va ilmi musiqy" nomli kitoblari tufha sifatida berildi. Bugun BuxDU San'atshunoslik fakulteti, Musiqa ta'limi kafedrasi mudiri, To‘xtasin Rajabov va O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, kompozitor Ahmad Haydarovlar ushbu kitoblarni BuxDU rektori Obidjon Xamidovga topshirishdi. Tojikiston Fanlar akademiyasi va BuxDU hamkorligi yanada faollashuvi xususida iliq fikrlar bildirildi. Rektor Obidjon Xamidov tomonidan professor Asliddin Nizomovga aloqalarni mustahkamlash yo`lidagi tashrifi hamda tuhfa qilingan adabiyotlar uchun minnatdorchilik bildirildi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
⚡️Abituriyentlar 1 mln 118 mingdan oshdi

DTM maʼlumotiga koʻra, 1 118 422 nafar abituriyent oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan va taʼlim yoʻnalishlarini tanlagan.
(2022-yil 26-iyul 18:00 holatiga)

🔹 Kunduzgi taʼlim shakli — 583 682 nafar;
🔹 Sirtqi taʼlim shakli — 502 264 nafar;
🔹 Kechki taʼlim shakli — 25 295 nafar;
🔹 Masofaviy taʼlim shakli — 7 181 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi boʻyicha taqsimoti:

1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 129 275 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 123 185 nafar.
3️⃣ Toshkent viloyati — 107 551 nafar.
4️⃣ Fargʻona viloyati — 101 920 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 96 658 nafar.
6️⃣ Andijon viloyati — 73 483 nafar.
7️⃣ Qoraqalpogʻiston — 71 215 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 71 082 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 67 172 nafar.
🔟 Toshkent shahri — 63 718 nafar.
1️⃣1️⃣ Buxoro viloyati — 63 062 nafar.
1️⃣2️⃣ Xorazm viloyati — 59 212 nafar.
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati — 49 698 nafar.
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati — 41 191 nafar.

🎓 Oliygoh.uz rasmiy kanali:

👉 @OLIYGOH_GRANTLAR
❗️Bugun OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni.

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma. Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
O‘zbekistonda “Bioiqtisodiyot” bo‘yicha ilk bor tashkil etilgan magistraturaga o‘qishga taklif qilamiz.

👨‍💻YeI Erasmus+ dasturi asosida 🇫🇮Finlandiyaning Yuviskalye tabiiy fanlar universiteti, 🇱🇻Latviya hayotiy bilimlar va texnologiyalar universiteti va 🇱🇹Litvaning Vitautas Magnus universitetlari bilan hamkorlikda 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab yo‘lga qo‘yilgan magistraturaga qabul boshlandi.

👩‍🏫Magistratura o‘quv rejasi YeI va O‘zbekiston hamkor OTM lari hamkorligida ishlab chiqildi. Talabgorlar magistratura dasturiga Buxoro davlat universitetida o‘qishga topshirishlari mumkin.

Ushbu 📚magistratura dasturi boshqa dasturlardan farqi shundaki, darslar Yevropalik va O‘zbekistonlik hamkor universitetlar vakillari tomonidan o‘tiladi. Magistrlar uchun maxsus jihozlangan xonalarda darslar tashkil etiladi hamda 4 OTM vakillari akademik mobillik asosida 1 semestr 🏢ToshDAU, 2 semerstr 🏫TIQXXMI MTU va 3 semestr 🕌ToshDAU Samarqand filialida va yakuniy semestrni o‘qishga kirgan OTM da o‘tkazishadi.

Shuningdek, o‘qish mobaynida1 oylik yozgi o‘quv mashg‘ulotlari ✈️ Latviya va Litva davlatlarida tashkil etiladi.

O‘qish yakunida doktoranturada yuqorida zikr etilgan universitetlarda davom ettirish imkoniyati ham mavjud.

🧑🏻‍💻 magistr.edu.uz onlayn platformasi orqali hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin!

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Конституциявий_ислоҳотлар

☝️"Конституциямиз - халқ Конституцияси бўлишидан фуқароларимиз
хурсанд"

☝️"Конституциявий ислоҳотларга фуқароларимиз
бефарқ эмас..."

☝️ Умумхалқ муҳокамаси давомида фуқаролар ва жамоатчилик томонидан 25 июль ҳолатига кўра тақдим этилган таклифлар юзасидан #инфографика

☝️Умумхалқ муҳокамалари давомида фуқаролардан қандай таклифлар келиб тушмоқда?

☝️ Умумхалқ муҳокамаси давомида фуқаролар ва жамоатчилик томонидан 26 июль ҳолатига кўра тақдим этилган таклифлар юзасидан #инфографика

☝️Таклиф этилаётган Конституциявий қонун лойиҳасида қандай ўзгартиш ва қўшимчалар мавжуд?

▫️29-модда.
▫️36-модда.
▫️37-модда.
▫️38-модда.
▫️39-модда.
▫️40-модда.
▫️41-модда.
▫️42-модда.
▫️43-модда.
▫️44-модда.
▫️49-модда.
▫️52-модда.
▫️53-модда.
▫️55-модда.
▫️56-модда.
▫️61-модда.
▫️63-модда.
▫️65-модда.
▫️77-модда.
▫️78-модда.
▫️90-модда.
▫️111-модда.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
#Yoz_õtmoqda_soz
#Yangi_Õzbekiston_betakror_diyor

#BuxDU talabalar uchun Õzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi_Õzbekiston_betakror_diyor" mavzusidagi "Eng yaxshi videorolik" tanlovini e'lon qiladi.

🔻Videoroliklar quyidagi mezon asosida baholanadi:
- Yangi Õzbekistonning betakror jamolini, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlarni, "Inson qadri uchun" g'oyasini keng yoritish;
- davomiyligi 2 daqiqadan 3 daqiqagacha;
-format MPEG-4;
-hajmi 40 megabaytgacha bo'lishi kerak.

📥 Videoroliklar joriy yilning 25-iyulidan 25-avgustiga qadar elektron shaklda guruh tyutorlariga yetkazilishi kerak. Tyutorlar ijodiy ishlarni BuxDU bo'limi 212-xona (N. Ahmedova)ga yetkazishlari so'raladi.
🎗G'oliblar esdalik sovg'alar hamda diplom bilan taqdirlanishadi

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Yoz_õtmoqda_soz
#Yangi_Õzbekiston_yangicha_dunyoqarash

#BuxDU talabalar uchun O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekiston - yangicha dunyoqarash" mavzusidagi "Eng yaxshi insho" tanlovini e'lon qiladi.

🔻Insholar quyidagi mezonda baholanadi:
- mavzu mohiyatini yoritish darajasi;
- yangi g'oya, mustaqil fikrlarini ifoda etganligi;
- mavzuga oid dolzarb masalalar va ularning yechimini kiritganligi;
- imloviy va uslubiy savodxonligi.

🔻 Insholar kompyuter Word dasturida 14 o'lchamda, Times New Roman shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o'ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda yozilgan bo'lishi kerak.
📥 Insholar joriy yilning 25-iyulidan 25-avgustiga qadar elektron shaklda guruh tyutorlariga yetkazilishi kerak. Tyutorlar ijodiy ishlarni BuxDU bo'limi 212-xona (N. Ahmedova)ga yetkazishlari so'raladi.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Yoz_õtmoqda_soz
#Yangi_Õzbekiston_bunyodkorimiz

#BuxDU yozgi ta'tilda talabalarning vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida "Betakror jonajon yurtim jamoli " mavzusida "Eng mazmunli ichki va ziyorat turizm fotoalbomi" tanlovini e'lon qiladi.
🕌Ushbu tanlov bo'yicha talabalar yozgi ta'tilda yurtimizdagi tarixiy joylar, ziyoratgohlar, ziyo maskanlari, so'nggi yillarda bunyod etilgan binolarga tashrif uyushtirganliklari va tashrif davomida olingan (sifatli, odob-axloq meyorlariga javob beradigan) fotosuratlarini albom shaklida to'plashlari kerak bo'ladi.
📥 To'plangan fotosuratlar jamlanib, 25-iyuldan 25-avgustga qadar guruh tyutoriga yetkazilishi kerak. Tyutorlar esa fotoalbomni BuxDU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi 212-xona (N. Ahmedova)ga taqdim etishlari so'raladi.
🎗Fotoalbomlar korib chiqilgandan so'ng, hakamlar hay'ati tomonidan yuqori o'rinlarni egallagan talabalar universitet rektori tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

Telegram | Instagram | Facebook
#BuxDU_Men_tanlagan_badiiy_asar
#BuxDU_kitobxon_talaba

#BuxDU yozgi ta'tilda talabalarning vaqtini mazmunli o'tkazish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida "Men tanlagan badiiy asar" tanlovini e'lon qiladi.
🕌Ushbu tanlov bo'yicha talabalar yozgi ta'tilda o'zlariga yoqgan asarni o'qib asar annotatsyasi, ilgari surilgan g'oyani, mazmun mohiyatini sharhlab, taqdimot qilib berishlari lozim bo'ladi.

Tanlov 25-iyuldan 20-avgustga qadar davom etadi.
🧑‍🎓Iqtidoringizni namoyon qiling, talaba-yoshlar!

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Энг яхши томорқачи ТАЛАБА.doc
56.5 KB
#DIQQAT_TANLOV

#BuxDU talabalari o'rtasida "Eng yaxshi namunali tomorqachi talaba" tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov shartlari:
🔹 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat xavfsizligi va ayniqsa, tomarqadan samarali foyda olish va uni daromad manbaiga aylantirish bilan bog'liq Farmon, qarorlari, topshiriqlari ijrosini ta'minlash;
🔹talabalarning o'qishdan tashqari bo'sh vaqtlarida tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish;
🔹aholini tomarqadan daromad olishi va natijada iqtisodiy rivojlanish imkiniyarlarini keng targ'ib qilish.

Tanlov Nizomi va umumiy talab va topshiriqlari yuqorida keltirilmoqda.

✔️ Tanlov bo'yicha tayyorlagan ishlaringizni guruh tyutorlariga yetkazing. Tyutorlar to'plangan ijodiy ishlarni BuxDU bo'limi 212-xona (N.Ahmedova)ga topshirishlari kerak.
📌Muddat: 25-iyuldan 20-avgustgacha.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
Энг яхши томорқачи мураббий.docx
18.2 KB
#DIQQAT_TANLOV

#BuxDU talabalari o'rtasida "Eng yaxshi namunali tomorqachi murabbiy" tanlovini e'lon qiladi.

Tanlov shartlari:
🔹 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz aholisini oziq-ovqat xavfsizligi va ayniqsa, tomarqadan samarali foyda olish va uni daromad manbaiga aylantirish bilan bog'liq Farmon, qarorlari, topshiriqlari ijrosini ta'minlash;
🔹universitet jamoasi va ayniqsa, talabalarning o'qishdan tashqari bo'sh vaqtlarida tomorqadan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish;
🔹universitet jamoasi va aholini tomarqadan daromad olishi va natijada iqtisodiy rivojlanish imkiniyarlarini keng targ'ib qilish.

Tanlov Nizomi va umumiy talab va topshiriqlari yuqorida keltirilmoqda.

✔️ Tanlov bo'yicha tayyorlangan ishlarni fakultet dekan o'rinbosarlari yoki BuxDU bo'limi 212-xona (N.Ahmedova)ga topshirishlari kerak.
📌Muddat: 25-iyuldan 20-avgustgacha.

📲 BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo`ling va do`stlarga ham ulashing:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt|Youtube
#Bunyodkor_yoshlar_otryadi
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi

SIZDA IMKON BOR!

👋 Hurmatli BuxDU yoshlari!!!

🙋Band bo'lmagan yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida ko'ngilli talabalardan iborat "Bunyodkor" yoshlar otryadi o'z faoliyatini boshladi🗣

🤔"Bunyodkor" yoshlar otryadining vazifasi nimadan iborat?
- universitet o'quv binolari va talabalar turar joylarini yangi o'quv yiliga tayyorlash ishlariga ko'maklashish;
- universitet o'quv binolari va talabalar turar joyi binolarini joriy ta'mirlash(oqlash, bo'yoqlash, suvoq qilish).

💵 Mehnatga haq to'lash quyidagicha amalga oshiriladi👇
- Ish vaqti soat 8:30 dan 16:00 ga qadar;
- Tushlik uchun 1 soat vaqt beriladi;
- Universitet tomonidan ovqat, maxsus kiyim, yotoq joyi hamda oyiga 2 mln 760 ming so'm miqdorida ish haqi bilan ta’minlanadi.

👨🏻‍💻Murojaat uchun: BuxDU Yoshlar ittifoqi yetakchisi: @Feruz_Karimov

📲Telefon 👉
+998978512838
#Qabul2022
⚡️ Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni

Bugun
oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun 23:59 ga qadar my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

📌 Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatga olinadi.

❇️ Abituriyentlar kun yakuniga qadar ro‘yxatdan o‘tish bilan birga o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin.

Davlat test markazi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishni tavsiya qiladi.

Сафимизга қўшилинг:
👉 DAVLAT TEST MARKAZI 👈