•BuxDU •БухГУ •BukhSU
11K subscribers
33K photos
4K videos
309 files
17.1K links
• Buxoro davlat universiteti

• Бухарский государственный университет

• Bukhara state university

Buxoro davlat universiteti Matbuot kotibi Otabek Jalolov https://t.me/otabekjalolov1

@BuxDUMatbuotkotibi_bot
www.buxdu.uz
+998 65 221-29-14
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BuxDU_yoshlar_ittifoqi
#8_mart_xotin_qizlar_bayrami

⚡️BuxDU talabalar turar joyida "8-mart –Хalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan Yoshlar ittifoqi BT tomonidan "Gulxan shou" konsert dasturi tashkillashtirildi.

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
#8_mart_xotin_qizlar_bayrami

⚡️Bahor go`zallik fasli. Boisi yasharish va yangilanish fasliga monand betakror bayramlar aynan bahor faslida bo`lib o`tadi.

Bugun Buxoro davlat universitetida bir guruh professor-o`qituvchilar Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan taqdirlandi. Ularning xizmatlari, ilm-fan ravnaqi yo`lidagi fidoiyliklari e'tirof etildi. BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi rahbariyat erkaklari ayollarimizga iliq va samimiy dil so`zlarini aytib, Buxoro davlat universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirilgan qimmatbaho sovg`alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
Borliq Alloh Taoloning ijodi bo`lsa, keyingi yaratish imkoni ayolga berilgan. Har birimizni dunyoga keltirgan zot mushfiq onajonlarimizdir. Shu sababdan har bir muvaffaqiyatimizda ularning hissasini e’tifor etamiz. Ayolning mashaqqati, sabri, bardoshini har qancha e’tirof etsak oz.

Bugungi kunda muassasamizning aksariyat kuchi ayollar hisobiga to`g`ri keladi. BuxDUda 23 nafardan ortiq fan doktori, professor, 120 ga yaqin fan nomzodi hamda falsafa doktorlari, 80 dan ortiq dotsentlar, fakultet dekani, 11 nafar kafedra mudiri, bo`lim boshliqlari faoliyat yuritib, muassasa ravnaqiga hissa qo`shishmoqda. Har biringiz jamoamiz hayoti va faoliyatida ham muhim o`rin tutasiz. Universitet salohiyatini yuksaltirish, yangilash, fan va ta’lim sohasidagi yutuqlarimizni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish maqsadida boshlagan ezgu ishlarimiz kelgusida biz kutgan amaliy natijalarni berishi uchun siz aziz opa-singillarimizning xizmatingiz benihoya katta.
Obidjon Xafizovich Xamidov
Buxoro davlat universiteti rektori
⚡️Dunyoda ikki qudratli kuch bor – biri qilich, yana biri esa qalam. Ular o‘rtasidagi raqobat va kurash shiddatli. Lekin ulardan ham qudratliroq yana bir kuch bor – bu qo‘liga qalam olgan ayoldir.

👉
#Buxoro_davlat_universitetida bugun katta shodiyona. Qo`liga qalam olib, yurtimiz ravnaqiga hissa qo`shayotgan olima, fozila, mukarrama ayollar, ustozlar va opa-singillar uchun Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram kechasi bo`lib o`tmoqda.

Xushkayfiyat, zavq va shavq ulashayotgan ushbu tantana shukuhi sabab BuxDUdagi har bir xotin-qizning chehrasida tabassum, ko`zlarida mamnuniyat zohir bo`ldi.

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
#8_mart_xotin_qizlar_bayrami

⚡️Shodiyona avvalida Hunarmandchilik va tasviriy san’at asarlari ko`rgazmasi tashkil etildi. Viloyat Badiiy akademiyasining akademigi rassom – Davron Toshevning shaxsiy ko‘rgazmasi namoyishi bo`lib o`tdi. Bayramga monand hashamatli bezalgan BuxDU faollar yig`ingohida namoyish etilgan “Ayolga ehtirom’" nomli video-rolik yig`ilganlarga bayram shukuhini ulashdi. BuxDUning “Zarb” doirachilar guruhining chiqishi hamda BuxDU rektori Obidjon Xamidovning samimiy tabrik so`zlari xotin-qizlarga ko`tarinki kayfiyat bag`ishladi.

Mahoratli raqqosalarning ijrolari, jonli ijrodagi kuy va qo`shiqlar, skripka cholg`usi jo`rligidagi popuri, BuxDU rahbariyati erkaklarining “Muqaddas ayol” qo`shig`i ijrosi yig`ilganlarga manzur bo`ldi.

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_tabrigi

🎙Xamidov Obidjon Xafizovich
Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor

🎙Хамидов Обиджон Хафизович
Ректор Бухарского государственного университета, доктор экономических наук, профессор

📲
BuxDU rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram | Facebook | Web-sayt | YouTube