🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
382 subscribers
4.54K photos
341 videos
6 files
560 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
VILOYAT MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG'I TOMONIDAN JAJJI KO‘NGILLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
ТУМАН ҲОКИМИ ЎТКИРБЕК МАМУРОВНИНГ РАМАЗОН ҲАЙИТИ МУНОСАБАТИ БИЛАН ТУМАН АҲЛИГА ЙЎЛЛАГАН ТАБРИГИ

Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

|Facebook| |Telegram|
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jamiyatimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti yo'lidagi sharafli mehnatingizda zafar yor bo'lsin.

Shunday qutlug' kunlarda osmonimiz hamisha musaffo, dasturxonlarimiz to'kin, xalqimiz esa birdam bo'lishini tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringizning ijobati nasib qilsin!

Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!

Buloqboshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Кўча тарбия”сини олган йигит ватанпарвар ўғил, садоқатли аскар ва ижодкор шоирга айланди
••••••••••
Муҳаммадусмон Муқимжонов 2007 йил 10 майда Андижон шаҳрида туғилган. У бир неча ой олдингача ҳаётга деярли мақсадсиз қараб келганини айтади. Кўчада вақт ўтказишга ўрганган йигит алоҳида эътибордаги ёшлар билан учрашувда Андижон вилоят ҳокимига рўбаро келди. -Шу кундан бошлаб, ҳаёт мен учун мутлақо ўзгарди, дея эслайди у.

Шуҳратбек Абдураҳмонов ёш ва қизиққон йигитни ҳарбий ҳаётга жалб этишни таклиф қилади. Таклифни қабул қилган талаба, бир вақтни ўзида Андижон туманидаги 3-сон касб-ҳунар мактабида ўқиб, дуал таълим шаклида ҳарбий қисмга жалб қилинади.

Орадан 4 ойдан кўпроқ вақт ўтди. Ҳозирда Муҳаммадусмоннинг ҳарбий кийимда шахдам қадам босишини ҳеч бир тенгдоши такрорлай олмаяпти. У ҳарбий ҳаётга жиддий боғланган. Шунингдек, ватан ўғлони бу вақт оралиғида онасига ҳамда ватанга нақд 62 та шеър ёзди.

Вилоят раҳбари 45-мактаб битирувчиларини 10 кунга ҳарбий ҳаёт билан ҳамнафас бўлишга чақирмоқда. Ёшлар ушбу ташаббусни катта иштиёқ ила қаршиламоқдалар.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Агар шу мактаб битирувчиларини 70 фоизи олий таълимга ўқишга кирса, устозларни чет эл саёҳатига юборишни ташкил қиламиз”
•••••••••••••
Шуҳратбек Абдураҳмонов Пахтаобод туманидаги 45-мактаб устозлари ва битирувчилари билан учрашди.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
PEDAGOGLAR O’RTASIDA "VILOYAT HOKIMI KUBOGI" UCHUN SPORT MUSOBAQALARI O’TKAZILDI

Xabaringiz bor, aholi salomatligini yaxshilash va ularni sportga bo’lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyatimizdagi ustozlar hamda o‘quvchilar o’rtasida “Viloyat hokimi kubogi” uchun sport o’yinlari tashkil etilmoqda.

Xususan joriy yilning 13-aprel kuni viloyatimizdagi maktablar fan o’qituvchilari ishtirokida sportning futbol hamda volleybol turlarida tashkil etilgan musobaqaning yakuniy bosqichi o’tkazilib, unda tuman, shaharlardan kelgan sport jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Murosasiz kechgan baxslar yakuniga ko’ra sportning futbol turi bo’yicha Andijon shahar ustozlar jamoasi 1-o’rinni, Buloqboshi tumani 2- va Asaka tumani jamoasi 3-o’rinni egallagan bo’lsa, ayollar o‘rtasidagi volleybol o’yinlarida Andijon shahar 1-, Asaka tumani 2- va Buloqboshi tumani 3-o’rinni egalladilar.

Sport musobaqalarining navbatdagi baxslari o’quvchilar ishtirokida davom etadi…
Andijon viloyati Buloqboshi tumani 18-DMTT tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchisi Xakimbekov Muhammadiyor Oybek o‘g‘li "Mental arifmetika" Respublika bosqichida oliy o‘rin soxibi bo‘ldi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Andijonda umumiy o’rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga start berilmoqda.

Bugun Informatika va axborot texnologiyalari fanidan sinovlar bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt