🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
364 subscribers
4.76K photos
353 videos
6 files
599 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
Жорий йилда мактаблар ва мактаб таълимига 46 триллион сўмдан зиёд маблағ ажратиш режалаштирилган.

Лекин, математика, ўқиш ва табиий фанлар бўйича ўтказилган 2022 йилги PISA халқаро дастури натижалари соҳада қилинадиган ишлар ҳали кўплигини аниқ кўрсатди.

Ёки, 500 та мактабда янги баҳолаш тизими жорий қилиниб, ҳақиқий билим қай даражада экани аниқланди.

Ҳозирда 1-11-синфларда хорижий тилга ажратилган 984 соат доирасида ўқувчиларни ярми ҳам “B1” даражага эга бўла олмаяпти.

Шунингдек, айрим ҳудудлардаги малака ошириш марказларининг фаолияти кўринмаяпти.

Facebook|Instagram|X
📣 2024-2025-o‘quv yilida eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar belgilandi

Turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan fuqarolarning eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazilishidan xabaringiz bor.

🖥 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-sonli qaroriga muvofiq, eksternat tartibida imtihon olish uchun arizalar qabul qilish davlat xizmati shaklida amalga oshiriib, arizalar har yili 1-martdan 1-mayga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.

❗️Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.

Bu muhim! Fuqarolar aynan ta’lim olgan maktab joylashgan hududga emas, hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari ham mumkin. Buning uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.

👉Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maktablarda taniqli adiblar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlar ko‘paytiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash orqali ularda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” yaratish bo‘yicha tizim qilish zarurligi aytildi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va kasbga yo‘naltirish, tarbiyasi va o‘qishida muammo bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari va mahalla faollari bilan birga ishlab, aniq choralar ko‘rish muhimligi qayd etildi.

Mahalla raislari har oy maktablarda ota-onalar bilan uchrashib, mahalla va maktabdagi muhitni muhokama qilishi maqsadga muvofiq ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Maktablarda taniqli shoir va yozuvchilar, sportchilar, faxriylar, jamiyatda obro‘ga ega insonlar bilan uchrashuvlarni ko‘paytirish lozimligi aytildi.

Bolalar tarbiyasini yaxshilashga, ota-onalar dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan milliy kontentni mahalla va ta’lim muassasalariga yetkazib turish topshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_oyligi_doirasida

Buloqboshi tuman 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarining "BUGUNNING NIHOLLARI-ERTANING UMIDLARI" mavzusida tayyorlagan videoroligi

Buloqboshi tuman MMTB matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ҳуқуқий_саводхонлик

📖 "Виждон эркинлиги ва диний ташкилотлар тўғрисида"ги қонуннинг
27-моддаси.

📝 Диний ташкилотни тугатиш тартиби

Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

|Facebook| |Telegram|
Радикаллашув ва ёт ғояларга қарши курашиш ҳамда ахборот истеъмоли маданиятини шакллантириш муҳимдир

Булоқбоши туман 8-умумтаълим мактабида  Дин ишлари бўйича қўмитанинг Булоқбоши туман бўйича бош мутахассиси, туман тарғибот гуруҳи ҳамда ҳамкор ташкилотлар томонидан юқори синф ўқувчилари иштирокида "Жаҳолатга қарши маърифат" шиори остида тарғибот тадбири ўтказилди.

Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

|Facebook| |Telegram|
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab taʼlim tasarrufidagi 13 -Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻrta guruh tarbiyalanuvchilarning til va nutq markazida "Mir Alisher Navoiy" hamda "Zahriddin Muhammad Bobur" bobolarimizning portreti bilan tanishtirish, maqsad buyuk siymolarimiz bilan faxrlanish xissini tuyishdir.