🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
367 subscribers
4.64K photos
348 videos
6 files
590 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OCHIQ ESHIKLAR KUNIGA TAKLIF QILAMIZ!

🌐 Andijon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab-internati) da 1-2-3-may kunlari ochiq eshiklar kuni bo’lib o’tadi.

📌 Ochiq eshiklar kunida siz:

•Dars jarayonlari
•Maktab-internat hayoti
•O’quvchilar kun tartibi
•Qabul jarayonlari, shu va shunga o’xshash o’zingiz qiziqqan ma’lumotlar bilan tanishasiz!

🗓️ Farzandlarini bizning maktab-internatda o’qishini istagan ota-onalar va shu maktab o’quvchisi bo’lishni xohlagan o’quvchilarni ochiq eshiklar kunida kutib qolamiz!

📍 Manzil:
Andijon shahar, Buxoro ko’chasi, 3-uy

☎️ Murojaat uchun tel:
+998-91-733-10-10
+998-95-977-23-22

BARCHANGIZNI KUTIB QOLAMIZ!
Тайинлов

Булоқбоши тумани ҳокими лавозимига Бўтахонов Фурқатбек Тожимуҳаммадович тайинлади. (паспортда: Бўтахонов Фурқатбек Тожимахамматович)

Фуркатбек Бўтахонов 1985 йилда Хўжаобод туманида туғилган. 2013 йилда Андижон қишлоқ хўжалиги институтини тамомлаган.

Меҳнат фаолияти давомида молия, электр таъминоти, иқтисодиёт, инвестиция ва аҳоли бандлигини таъминлаш соҳаларида ғазначи, ҳисобчи, бўлим бошлиғи, бош мутахассис ҳамда туман ҳокими ўринбосари лавозимларида ишлаган.

Ушбу лавозимига тайинлангунига қадар Булоқбоши тумани ҳокимининг биринчи ўринбосари лавозимида фаолият юритиб келаётган эди.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
#PISA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish Respublika ilmiy metodik markazi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda “PISA 2025 tajriba-sinov jarayonlarini tashkil etish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov, vazirlik va institut mas'ullari ishtirok etishdi.

Seminar treningda tadqiqotlardagi mas’ul mutaxassislar uchun tadqiqot materiallari bilan ishlash, test va so‘rovnomalarni oʻtkazish uchun moʻljallangan platformani boshqarish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib borilmoqda.

Tadbir doirasida OECD departament direktori o'rinbosari Tue Hallgreen onlayn ishtirok etib, “PISA xalqaro tadqiqotining ta’lim tizimini takomillashtirishdagi ahamiyati” mavzusida taqdimot o'tkazdi.

Bundan tashqari:

"PISA 2022 tadqiqoti natijalari tahlil va ta’lim sifatini yaxshilash bo’yicha takliflar",
“Raqamli dunyoda o’rganish ko’nikmasini baholash” mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.


🔴 Bugun seminar-treninglarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 1-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Buloqboshi tumani 55-IDUMda oʻquvchiga ketish tallon nega berildi" mavzusidagi xabar yuzasidan
MUNOSABAT


Mazkur holat tuman Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi tomonidan oʻrganildi va quyidagilar ma'lum qilinadi:

Xabarda qayd etilgan o‘quvchi I.Zning onasi maktab direktori nomiga joriy yilning 29-aprel kuni oilaviy sabablarga ko‘ra farzandini tumanning 68-IDUM maktabiga olib o‘tmoqchiligini bildirib, 55-IDUM o‘quvchilar ro‘yxatidan chiqarish yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan.

Ushbu arizaga asosan, maktab rahbariyati ta’limga oid qonunchiliklarda belgilangan tartibda holatni rasmiylashtirib, o‘quvchining ota-onasiga ta’lim muassasidan ketish tallonini bergan.

Biroq, 1-may kuni oʻquvchining onasi maktab direktoriga takroran murojaat qilib, farzandining 68-IDUMda o‘qishni xohlamaganligi sababli, uni qaytadan 55-IDUMga o‘qishga qaytarishni so‘rab tushuntirish xati bilan murojaat qilgan.

Ushbu holat ham maktab tomonidan rasmiylashtirilib, oʻquvchi hozirda maktabning 9-“D” sinfida o‘qishni davom ettirayotganligini ma’lum qilamiz.

Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi
Joriy yilning 1 - may kuni Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 46-IDUM da tumandagi umumta'lim maktablarining 11- sinf o'quvchilari o'rtasida matematika, kimyo, fizika, informatika, ingliz tili fanlaridan "Sharda olimpiadasi"ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Buloqboshi tumani MMTB matbuot xizmati.
#Live

BULOQBOSHI TUMAN 13-UMUMTA'LIM MAKTABIDA OʻZBEKISTONNING XALQARO "PISA 2025" TADQIQOTLARIDA ISHTIROKI OLDIDAN TAJRIBA SINOV JARAYONLARIGA START BERILDI

Buloqboshi tuman MMTB Matbuot xizmati
#Seminar_trening

Bugun Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi tasarrufidagi 43-MFIDUMda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Buloqboshi tumani MMTB matbuot xizmati.