🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
365 subscribers
4.61K photos
347 videos
6 files
589 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
#Эълон

❗️ DIQQAT, TANLOV!

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2024-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar konkurs2024@nhrc.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

MAKTAB O'QUVCHILARI O'RTASIDA AN'ANAVIY TARZDA O'TKAZILIB KELINADIGAN "YASHIL CHIROQ" KO'RIK-TANLOVINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Andijon viloyat MMTB Matbuot xizmati


Telegram | Facebook | Web sayt
"YASHIL CHIROQ"ko'rik tanlovi

MAKTAB O'QUVCHILARI O'RTASIDA AN'ANAVIY TARZDA O'TKAZILIB KELINADIGAN "YASHIL CHIROQ" KO'RIK-TANLOVINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI

Buloqboshi tuman 13-umumiy o'rta ta'lim maktabining "Yosh targ'ibotchilar" jamoasi viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.Jamoaga Respublika bosqichida ham omad tilaymiz .

Buloqboshi tuman MMTB Matbuot xizmati
Сектор раҳбарлари ва битирувчи ёшлар ўртасида очиқ мулоқот давом этмоқда.

Бугун Булоқбоши тумани 4- сектор раҳбари, Солиқ инспекцияси бошлиғи А.Исақов бошчилигида,туман ташкилотлари иштирокида "Навоий" МФЙда жойлашган 68- ИДУМ мактаби биносида,68-55 идум ва 25-умумтаълим мактабларининг битирувчилари билан очиқ мулоқот ўтқазилди.
🔶 Мазкур тадбирда битирувчилар бандлигини таъминлаш, шунингдек тадбиркорликка қизиққан ёшларни қўллаб-қувватлаган ҳолда банк кредитлари ажратиш, касб-ҳунар марказларига жалб қилган ҳолда ишга жойлаштириш тўғрисида ташкилотларга топшириқлар берилди.


✍️ Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

|Facebook| |Telegram|
Sektor rahbarlari va yoshlar oʻrtasida ochiq muloqoti o'tkazildi.

🔷Hozirgi kunda mamlakatimizda yoshlarga bo'lgan e'tibor, ularning orzu va maqsadlarini ro'yobga chiqarish, mavjud muammolarga ijobiy yechim berish sohaga aloqador rahbarlar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
🔶 Yoshlar oyligi doirasida Buloqboshi tumani 55-IDUMda sektor rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti o'tkazildi.
Uchrashuv avvalida sektor rahbarlari bugungi kunda tumanda yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar hamda yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar to'g'risida to'xtalib o'tdilar.
🔻Ochiq va samimiy ruhda bo'lib o'tgan muloqot davomida yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari ham tinglanib, ularni qo'llab-quvvatlash va hayotda to'g'ri yo'l tanlashlariga ko'mak berish maqsadida zaruriy choralar belgilandi.

Булоқбоши тумани ҳокимлиги Матбуот хизмати

|Facebook| |Telegram|