🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
386 subscribers
4.42K photos
330 videos
6 files
541 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
АL-XORAZMIY NOMIDAGI ANIQ VA TABIIY FANLAR OLIMPIADASINING ANDIJON VILOYATI BOSQICHIGA START BERILDI

Joriy yilning 27-fevral kuni Andijon shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 7-8-sinf o’quvchilari o‘rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur olimpiadaning hududiy bosqichida matematika fanidan har bir sinf bo’yicha alohida 3 nafardan 1-2-3-o’rinni egallagan iqtidorli yoshlar may oyida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Al Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

O’zbekistonda 2-marta tashkil qilinishi kutilayotgan ushbu xalqaro olimpiada natijalariga ko‘ra joriy yil iyul oyida Hindistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Xalqaro matematika musoboqasida (IMC-2024) ishtirok etuvchi O‘zbekiston jamoasiga nomzodlar shakllantiriladi.
📣 Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.

🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

📍Ustoz va shogird pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi haqida.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝 Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Pedagoglarga Sertifikatlar tarqatish davom etmoqda!

❗️Nizomning 8-10-bandlarida: Ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) berilish tartibi belgilangan.

📍Joriy yilning yanvar-fevral oyida belgilangan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborilgan murojaatlar o‘rganib chiqilib qator o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri malaka toifalari berildi hamda ularga "Pedagog kadrga to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa berish to‘g‘risida Sertifikat"lar rasmiylashtirildi.

📍Mazkur o‘qituvchilar o‘z Sertifikatlarini shaxsiy kabinetlari orqali yuklab olishlari mumkin!

‼️Malaka toifalari olgan pedagoglarni chin qalbimizdan tabriklaymiz!

P.S Nizomning 8-10-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar har yili 1 yanvardan 31 dekabrga qadar to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan malaka toifasi (lavozim) sertifikatini olish uchun bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning (https://pedkadr.uzedu.uz/) rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilishlari mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
#Live

Хотин-қизлар байрами
——————
Айни дақиқаларда Андижон вилояти ҳокими раҳбарлигидаги ҳокимлик соати йиғилиши давом этмоқда.

Вилоят раҳбари яқинлашиб келаётган хотин-қизлар байрамини муносиб қарши олиш бўйича таклифларни илгари сурди.

Муҳтарама оналар, мунис опа-сингиллар учун ҳар бир соҳада байрамона ташаббуслар амалга оширилиши бўйича сўз юритилмоқда.

Саҳифа: @sh_abdurahmonov
⭕️⭕️⭕️

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Bir haftada bir kitob o‘qish” aksiyasini e’lon qiladi.

📝 Aksiya quyidagi tartibda o‘tkaziladi: kitoblar ro‘yxati maktab o‘quvchilari yosh toifasi (1-4-sinf; 5-9-sinf; 10-11-sinflar kesimida) inobatga olingan holda shaklantiriladi.

❗️ Aksiyani umumta’lim maktabida o‘tkazish uchun direktorning ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari va maktab kutubxonachisi mas’ul hisoblanadi.

📚 Aksiya davomida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchilar mart oyining oxiriga qadar ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari va kutubxonachi tomonidan savol-javob va intellektual o‘yin shaklida aniqlanadi hamda ularga maktab rahbariyati tomonidan kitoblar jamlanmasi va sertifikat topshiriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 27-fevral kuni Andijon shahridagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 7-8-sinf o’quvchilari o‘rtasida Аl-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (fizika, kimyo, biologiya) olimpiadasining hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.
Olimpiada natijalarga ko'ra Buloqboshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-E sinf o'quvchisi Yaxyayeva Zumradxon Yakubjon qizi faxrli 1-o'rinni egallab Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi .
O'quvchimizga Respublika bosqichdagi ishtirokida xam omad tilab qolamiz

Buloqboshi tuman MMTB matbuot xizmati
⭕️⭕️⭕️

Buloqboshi tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablari va maktabgachga ta'lim tashkilotlarida 2-martdan 7-martgacha "Milliy xalq o'yinlari" sport musobaqalari haftaligi o'tkaziladi.

📝"Milliy xalq o'yinlari" sport musobaqalariga o'qituvchi pedagog hodimlar, tarbiyanalnuvchilar, o'quvchilar hamda ota-onalari ommaviy jalb etiladi.

⛹️‍♂️ "Milliy xalq o'yinlari" sport musobaqalari davomida faol ishtirok etgan va g'olib bo'lgan qatnashchilariga muassasa ma'muriyati tomonidan esdalik sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlanadi.

Buloqboshi tuman MMTB matbuot xizmati .
“TELEFONSIZ MAKTAB” AKSIYASI

Ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan o‘quvchilarni darslarni samarali o‘zlashtirishlarini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi “Telefonsiz-Maktab” aksiyasini e’lon qiladi.

Mazkur aksiya doirasida ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarni dars jarayonlaridan chalg’itish va ular o'rtasida ijtimoiy tabaqalanish xavfini oldini olish maqsadida ularni turli uyali aloqa vositalarisiz ta’lim muassasalariga kelishlari tavsiya etiladi.

Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha ta’lim muassasalarini ushbu aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab — ilm gulshani!

Maktab ostonasidan ichkariga qadam bosgan har bir ustoz ulkan qalbli bolaga aylanadi.

❗️Ustoz - bu sizu bizga qalb qo‘rini bag‘ishlagan, qo‘lingga qalam tutib, yozishni, o‘qishni, dunyoni anglashga o‘rgatgan, bugungi yutuqlaringizga ozmi-ko‘p beminnat hissasini qo‘shgan insondir!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Buloqboshi tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 14-umumiy órta ta'lim maktabida "Baxtim shul ózbekning Zulfiyasiman" nomli tadbirdan foto lavha.

Buloqboshi tuman MMTB matbuot xizmati.