🇺🇿Buloqboshi tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
380 subscribers
4.47K photos
336 videos
6 files
553 links
Buloqboshi tumani Maktabgacha va maktab ta'lim bo'limi

_Rasmiy_kanallar_

Telegramda: https://t.me/buloqboshitumanMMTB

Facebookda:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100041959907488
Download Telegram
📣 Ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar;

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;

🖥 Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

✔️ Yuqorida keltirib o‘tilgan Reglamentga ko‘ra:


pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;

kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim;

kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test shaklida o‘tkaziladi;

nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Бугун — 14 февраль Заҳириддин Муҳаммад Бобур таваллуд топган кун

▪️Заҳириддин Муҳаммад Бобур "Гиннес рекордлар" китобининг "Тарихий шахслар" бўлимига "Оз сонли аскарлари билан катта қўшинни енгган, кучли ва марказлашган давлат асосчиси" сифатида киритилганидан хабардормисиз. Ҳа, бу айни ҳақиқат.

▪️Бобур шажарасини ҳам маълумот учун келтирмоқдамиз. Ахир андижонлик буюк саркарда ва шоирни билмаслик ўз тарихимизга бўлган хурматни кўрсатиб беради.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ajdodlarni_yod_etib

ANDIJON FARZANDI SHOH VA SHOIR ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGIGA BAGʻISHLANADI

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
#Live

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻTKAZILGAN MADANIY TADBIRDAN LAVHALAR

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
#Live

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻTKAZILGAN MADANIY TADBIRDAN LAVHALAR

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
#Live

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻTKAZILGAN MADANIY TADBIRDAN LAVHALAR

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati
#Live

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 541 YILLIGI MUNOSABATI BILAN OʻTKAZILGAN MADANIY TADBIRDAN LAVHALAR

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati