Bukun.uz Rasmiy
69K subscribers
1.02K photos
328 videos
110 links
Download Telegram
Kecha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi. Aloqalarimiz yildan-yilga jadal tus olib, turli sohalarda rivojlanib bormoqda.

Ta’kidlash joizki, Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik jarayonlarini samarali qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yaqin orada biz hamkorlik uchun yana bir maydon yaratishni rejalashtirmoqdamiz. Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi rasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir do‘stona aloqalarimizning yangi sahifasini ochishi shubhasiz.
-

Вчера мы отметили 30-летие установления дипломатических отношений между Республикой Узбекистан и Европейским Союзом. Наши связи с каждым годом приобретают всё больший динамизм и размах в различных сферах.

Важно отметить, что ЕС оказывает значительную поддержку масштабным реформам и творческим процессам в Узбекистане, направленным на улучшение благосостояния населения страны.

В ближайшем будущем мы планируем создать ещё одну площадку для сотрудничества. В Самарканде будет проведён первый официальный саммит ЕС —Центральная Азия, который откроет новую главу в наших дружеских отношениях.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Jako to'tiqushlari 1500 ga yaqin so'zlarni nafaqat eslab qolishlari, balki ularning ma'nosini ham tushunishlari mumkin

Shuningdek, ular shakl, rang va hatto raqamlarni ham taniy oladilar

👉 @Bkukunuz_Rasmiy
Aviahalokat joyidan yana bir surat namoyish qilindi

Prezident vertolyotining barcha yo‘lovchilari shahid bo‘ldi, deya xabar berdi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining telegram kanali.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Қозоғистонда “Заковат” ўйини бўйича II Осиё очиқ чемпионати бўлиб ўтди

Ушбу чемпионат Қозоғистоннинг Олмаота шаҳрида ташкил этилди ҳамда “Заковат” номи остида Марказий Осиё кубоги ва I Осиё очиқ чемпионатидан кейин ўтказилаётган учинчи йирик халқаро турнир бўлди.

Мусобақада 12 та мамлакатдан ташриф буюрган 42 та жамоа билимдонлари 3 йўналишда – “Заковат”, Шахсий ўйин ҳамда Брейн-ринг бўйича беллашди.

2 кун давом этган шиддатли беллашувлар доирасида “Заковат” ўйинида “Басенжи” терма жамоаси, Брейн-ринг баҳсларида “Хурма” жамоаси, яккалик йўналиш – Шахсий ўйин беллашувларида Максим Круглов (Россия) ғолиб деб топилди.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda 22-may kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

Mirobod tumani — “Baratxo‘ja” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Uchtepa tumani — “Shoir” MFYning ayrim hududlarida soat 13:00 dan 17:00 gacha;
Bektemir tumani — “Musaffo” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bogʻchada tarbiyachi ayol bolalarni kaltaklamoqda

Ijtimoiy tarmoqda Andijondagi bogʻchalardan birida tarbiyachi ayol bolalarni avval birini ikkinchisiga urdirib, keyin oʻzi ham kaltaklayotgani aks etgan video tarqalmoda.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi holat boshqarma tomonidan nazoratga olinib, oʻrganilayotganini maʼlum qildi.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Sog‘liqni saqlash tizimiga oid masalalar anchadan beri muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi va kecha Prezidentimiz tomonidan bir necha muhim qarorlar qabul qilindi.

2024-yilda Toshkentda davlat tibbiy sug‘urtalash mexanizmi ishga tushadi. Bu har bir fuqaroga turli holatlarda tibbiy yordam olish imkonini beradi.

Davlat tomonidan elektron retseptlar orqali aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash dasturi yaratiladi. Fuqarolarga budjet hisobidan bepul dorilar beriladi. Bu xarajatlarni optimallashtirib, tibbiy xodimlarning ishini yengillatish imkonini beradi. Natijada mablag‘larni sarflash samarodorligi oshadi.

Shuningdek, murojaatlarni kasallikning og‘irlik darajasiga qarab saralovchi tez tibbiy yordam tizimini joriy etish orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligi va tezkorligi takomillashtiriladi.

Bundan tashqari, sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu har bir inson birinchi navbatda o‘z salomatligi haqida qayg‘uradigan jamiyat tomon qo‘yiladigan muhim qadamdir.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Toshkentda maktab bitiruvchilari kuni munosabati bilan dronlar shousi o‘tkaziladi

“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi maydonida 25-may kuni soat 19:00 da “Bitiruvchi va talaba – 2024” festivali yakuniga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, dasturda retro namoyishi ham ko‘zda tutilgan.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Buxoroda mahalladoshlarining uyiga o‘g‘rilikka tushgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi

Qorako‘l tumanining Oqoltin mahallasidagi qo‘shnisining yashash uyidan 1900 dollar va yana bir fuqaroning 300 ming so‘mlik kuzatuv kamerasini o‘g‘irlagan yigit ushlandi.

Surishtiruv ishlari davomida aniqlanishicha, gumonlanuvchi ilgari ham xuddi shunday turdagi jinoyatni sodir qilgani ma’lum bo‘lgan. Ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


👉 @Bukunuz_Rasmiy
Toshkentdagi sobiq MXX binosi atrofidagi ko‘p yillik daraxtlar kesishga e’lon qilingan moratoriyga qaramay kesib olib ketilayotgani aks etgan video tarqaldi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi holat yuzasidan munosabat bildirib, Bosh prokuratura hamda atrof-muhitni muhofaza qilishga mas’ul davlat tashkilotlaridan zudlik bilan ushbu holatga chora ko‘rishlarini so‘radi.

👉 @Bukunuz_Rasmiy
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdik.

Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan saʼy-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.



Сегодня мы провели встречу с делегацией США во главе с заместителем Госсекретаря США Узрой Зеей. 

Американская сторона заверила в готовности оказать полную, всеобъемлющую поддержку проводимым реформам в сфере защиты прав женщин, свободы СМИ и слова, а также в усилении потенциала  гражданского общества и ННО.