BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
18.9K photos
1.59K videos
6 files
6.13K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Jarayon

🔥 Bo’ka tuman Gaz ta’minoti bo’limi xodimlari tomonidan hududlarda gaz ta’minotini yaxshilash yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔺 Shuningdek, tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlarini tarqatish va bo’shagan gaz ballonlarini yig’ib olish ishlari reja-grafikka asosan bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fvb

Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda.


🔻 Davlatimiz rahbari boshchiligida joriy yilning 12-yanvar kuni o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Bo‘ka tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari tomonidan Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limiga qarashli 20-21-31-maktablarning 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etilishini oldini olish, internet tarmog‘i orqali turli yolg‘on kuchlarga aldanib qolmasliklari bo‘yicha tushunchalar berildi.

🔸 Ushbu maktablarning 9-sinf bitiruvchilarini “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga hamda 11-sinf bitiruvchilarini Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida o‘qish istagi bo‘lgan o‘quvchilarga sharoitlar yaratilganligi haqida tushunchalar berilib, maxsus videoroliklar namoyish etildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

🔹 Joylarda paxtaga birinchi agrotexnik ishlov berish ishlari olib borilmoqda.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#agrar_soha

Fermerlar kuni: Amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.


🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida “Fermerlar kuni” munosabati bilan sohaga oid masalalar muhokama qilindi.

Jumladan,
🔸 2024-yil paxta hosili uchun chigit ekish ishlarini yakunlash hamda g'o'za qator oralariga birinchi ishlov berish (kultivatsiya) ishlarining borishi;
🔸 2024-yil g'alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, zararkunandalarga qarshi kurashish, begona o’tlardan tozalash hamda g'alla o'rish kombaynlarini mavsumga tayyorlash;
🔸 Suv tejovchi, jumladan tomchilatib va yomg'irlatib sug'orish texnologiyalarini joriy qilish holati;
🔸 2024-yil pilla boqish mavsumini uyushqoqlikda o'tkazish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Barcha fermer xo’jaliklarining soliq qarzdorliklarini undirish, ayniqsa sabzavotchilik, bog’dorchilik, baliqchilik, chorvachilik fermer xo’jaliklarida yerdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi keskin choralar ko’rish, soliq, bandlik va statistik ko’rsatkichlarni joyiga qo’ymagan xo’jaliklar rahbarlari qat’iy ogohlantirildi.

🔹 Yig’ilish yakunida sohada yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar aniq tahlillar asosida tushuntirilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq berildi va qishloq xo’jaligi korxonalari rahbarlariga o’z yo’nalishlari bo’yicha nazoratni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM