BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.17K subscribers
20.6K photos
1.74K videos
7 files
6.72K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#muhokama

"Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni"da bugungi kunning muhim masalalari muhokama qilindi.


🔹 Bugun Y.Xojimetov hududidagi “Ozod Rustam” fermer xo’jaligi dala shiyponida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida "Qishloq xo'jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan bugungi kunning muhim masalalari muhokamasiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazildi.

🔺 Hokim o'rinbosarlari, qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlari, hudud raislari, klasterlar va fermer xo'jaliklari rahbarlari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda
🔸 2024-yil hosili uchun chigit ekish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash;
🔸 2024-yil g’alla hosili uchun boshoqli don ekinlarini parvarishlash, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
🔸 Fermer va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalarining dala hamda irrigatsiya tarmoqlari chetlariga tut va terak ko’chatlarini ekish;
🔸 Fermer xo‘jaliklari hisobidagi ichki ariqlarni betonlashtirish, joriy yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
🔸 2024-yil pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish va biolaboratoriyalar faoliyati kabi muhim masalalar ko'rib chiqildi.

🔸 Shuningdek, qolgan sektor rahbarlari ham o’z sektorlarida fermerlar kunini o’tkazib, yuqoridagi masalalar yuzasidan amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olishdi.

🔹 Muhokamalar davomida soha mas’ullari va qishloq xo'jaligi tashkilotlari rahbarlarining hisoboti tinglanib, kelgusi vazifalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_ijrosi

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi.


🔹 Bugun tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan yig'ilish o'tkazildi.

🔹 Sektor rahbarlari, tegishli korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari ishtirok etgan mazkur yig'ilishda qarorning mazmun-mohiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari bo'yicha tushuntirish berilib, qaror ijrosini ta'minlashda sustkashlikka yo'l qo'yish, sovuqqonlik bilan munosabatda bo'lish kechirib bo'lmas xato ekanligi ta'kidlandi.

Jumladan, “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantirilgan ro'yxatni qayta ko'rib chiqish, haqiqatdan qaror talablariga to'g'ri keladigan, ishsiz bo'lgan 18-30 yosh orasidagi yoshlar auksionda qatnashish huquqiga ega ekanligi, bunda tomorqasi bo'la turib, undan samarasiz foydalanayotgan yoshlar hamda oldingi elektron onlayn auksion savdolarida yerni ijaraga olgan yoshlar (18-30 yoshgacha) ushbu ro’yhatga kiritilmasliklari belgilanganligi eslatib o’tildi.

🔺 Elektron onlayn auksion tanlovi g’oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo’lib to’lashga ruhsat berilganligi, zakalad puli BHM ning 1 barobari (340 ming so’m) miqdoroda belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

🔸 Shuningdek, har bir sektor rahbarlari o'z sektori tarkibiga kiruvchi mahallalarda ushbu qaror ijrosining sifatli ta'minlanishida shaxsiy javobgar bo'lishlari lozimligi aytib o'tildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi ta'minlanadi

“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023 y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo'yilib, dehqon xo'jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o'rtasida o'tkaziladi.

🔘 Bunda:

🔹yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

🔹zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida belgilanadi.