#muhokama
Mahallalarda umumxalq xasharlarini uyushqoqlik bilan tashkillashtirish masalalari kelishib olindi.
🔹 Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
🔸 Bugun tuman hokimligi kichik majlislar zalida tuman hokimi B.Begmatov boshchiligida yuqoridagi masalalar muhokama qilindi.
🔺 O'zbekiston Mahallalar uyushmasi Bo'ka tumani bo'limi boshlig'i Z.Obidov va tumandagi 44 ta mahalla raislari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda tuman hokimi tomonidan umumxalq xayriya hasharida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar, har bir mahalla, har bir ko'cha va har bir xonadonda obodonlashtirish ishlarini tashkillashtirish, amalga oshiriladigan ishlarda mahalla raislari tashabbuskorlik ko'rsatishlari bilan birga mahalla ahliga shaxsiy namuna bo'lishlari kerakligi ta'kidlandi.
🔺 Yig'ilish yakunida Navro'z bayramini munosib kutib olish choralari ko'rilishi va umumxalq xayriya xasharini birgalikda uyushqoqlik bilan tashkillashtirishga kelishib olindi.
✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Mahallalarda umumxalq xasharlarini uyushqoqlik bilan tashkillashtirish masalalari kelishib olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM