BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
19.2K photos
1.63K videos
6 files
6.25K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#hokimlik_soati

🟢 Tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Nizomiddin Abbosov boshchiligida korxona-tashkilot rahbarlari ishtirokida hokimlik soati o'tkazildi.

🫥 Yig'ilishda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy-tahliliy ko'rinishda muhokama qilinib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muhokama
#hokimlik_soati

Dolzarb masalalar muhokamasiga bag'ishlangan "
Hokimlik soati" yig'ilishi o'tkazildi.

🔹 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida bugungi kunning eng dolzarb masalalari muhokamasiga bag'ishlangan "Hokimlik soati" yig'ilishi bo'lib o'tdi.

💠 Tuman hokimi Baxtiyor Begmatov raisligida o'tkazilgan "Hokimlik soati"da sektor rahbarlari, tuman hokimining o'rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari, tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

🔹 Kun tartibiga asosan byudjet tushumlari, kommunal to'lovlar, ijro intizomi, shuningdek yoshlar yetakchilari tomonidan barcha mahallalarda o'tkazilgan xatlov ma'lumotlarini platformaga kiritish holati kabi masalalar yuzasidan mas'ullarning axboroti tinglandi.

🔺 Shuningdek, ushbu yo'nalishlarda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda mas'ullar tomonidan sustkashlikka yo'l qo'yilayotganligi tanqid qilinib, mahallarda o'tkazilgan fuqarolar qabullarini lozim darajada tashkil etmaganligi hamda ijrosini ta'minlamaganligi uchun Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi boshlig'i J.Raxmonovga "xayfsan" intizomiy chorasini ko'rish bo'yicha topshiriq berildi.

🔹 Qabullar bo'yicha berilgan topshiriq ijrosini nazorat qilmaganligi uchun tuman hokimining birinchi o'rinbosari M.Saydullayev, byudjet tushumlari ijrosining bajarilishi va soliqlarning undirilishi bo'yicha ishlarni yetarlicha tashkil etmaganligi uchun Iqtisoyot va moliya bo'limi boshlig'i M.Xaqberdiyev hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari Sh.Xazratov qat'iy ogohlantirildi.

💠 Yig'ilish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar belgilab berildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook  🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hokimlik_soati

Hokimlik soati: Ijro intizomi, sayyor qabullardagi murojaatlar ijrosi, bandlik dasturi, byudjet daromadalari rejasining bajarilishi va boshqa masalalar muhokama qilindi.

🔺 Bugun tuman hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi Baxtiyor Begmatov boshchiligida joriy haftadagi vazifalarni belgilab olish hamda muhim masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi "Hokimlik soati" o'tkazildi.

🔸 Tuman prokurori Bekzod Yuldashev, IIB boshlig'i Jamoliddin Manazarov, DSI boshlig'i Sherzod Xazratov, hokimlik apparat xodimlari, korxona-tashkilot rahbarlari, mahalla raislari va hokim yordamchilari ishtirokida o'tgan mazkur yig'ilishda byudjet tushumlari, bandlik dasturi rejasining bajarilishi, hududlarda o‘tkazilgan qabullardagi murojaatlar va mas’ullarga berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.

🔸 Tuman hokimi tomonidan mazkur yo'nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar tanqid qilinib,mas'ullarga ishlarni joyiga qo‘yish topshirig‘i berildi va belgilangan vazifalar bajarilmagan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM