BO'KA TUMANI HOKIMLIGI
3.16K subscribers
20.7K photos
1.75K videos
7 files
6.78K links
Toshkent viloyati Bo'ka tumani hokimligining rasmiy telegram kanali

Instagram: instagram.com/buka_tuman_hokimligi/
Facebook: facebook.com/bokahokimligi/
YouTube: YouTube.com/@buka_tuman_hokimligi/
Web-sayt: www.boka.uz/
Download Telegram
#Muhim_sana
#Zahiriddin_Muhammad_Bobur_541

14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bugun yurtimiz bo‘ylab Oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

Zahiriddin Muhammad Boburning g‘azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo‘lib, "Mubayyin", "Xatti Boburiy", "Harb ishi", Aruz haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#sud

💠 Bugun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tumandagi korxona, muassasa va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

➡️ BATAFSIL

🚀 Telegram 📷 Instagram
🔵 Facebook 🎬 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#issiqxona_faoliyati

Tuman hokimi "Cho'lobod" mahallasidagi xonadonlardan birida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov DSI boshlig'i Sh.Xazratov bilan birgalikda "Cho'lobod" mahallasida yashovchi Xusan Bo'riboyev xonadonida tashkil etilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

🔺 Qayd etish joizki, X.Bo'riboyev tomonidan 10 sotix yer maydonida termos usulida tashkil etilgan issiqxonada karom (chimchi) mahsuloti yetishtiriladi va qo'shni Qozog'iston Respublikasiga eksport qilinadi.

🥬 X.Bo'riboyevning ma'lum qilishicha ushbu issiqxonada bir mavsumda o'rtacha 10 tonnagacha mahsulot yetishtiriladi va 50 million so'mgacha daromad keltiradi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Irrigatsiya tizimlarini betonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
.

🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2023-yilning 29-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish va yo‘qotishlarni kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi videoselektor yig‘ilishda yangi yil O‘zbekistondagi suv xo‘jaligida “Kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.

💠 Irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarida ish ayni qizigan qishki mavsumda Bo'ka tumanida dekabr-mart oylarida jami 126,2 kilometr uzunlikdagi ariq-zovurlarni ta'mirlash rejalashtirilgan bo'lib, bugungi kunda fermer xo'jaliklari tomonidan ushbu rejani ortig'i bilan bajarish choralari ko'rilmoqda.

🔺 Bugun tuman hokimi B.Begmatov va 4-sektor rahbari - DSI boshlig'i Sh.Xazratov birgalikda fermer xo'jaliklari dala maydonlarida amalga oshirilayotgan betonlashtirish ishlari va agrotexnik tadbirlarni ko'zdan kechirdi.

🔺 Tuman hokimi tomonidan ishlar sifatli bajarilishi lozimligi, bu esa o'z navbatida kelgusi dehqonchilik mavsumida ekin yerlariga suvni ravon va ortiqcha isrofgarchiliksiz yetib borishini ta’minlashi, shuningdek ariq-zovurlarni betonlashtirish ekinalarni sug'orish harajatlarini sezilarli darajada tejab qolinishiga zamin yaratishi tushuntirildi.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FVV

O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi uchun ajratilgan dala maydonida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.

🔸 Bugun Bo'ka tumani hokimi B.Begmatov, Guliston harbiy prokurori F.Jumayev va O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik qurilish-tiklash ishlari bosh boshqarmasi boshlig'i N.Saidov "Jo'raobod" mahallasi hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasiga biriktirilgan yer maydoni va chorvachilik kompleksida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

💠 O'raganish davomida mas'ullar hududda chorvachilikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi yo'nalishida bajarilgan ishlar holati, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

🔺 Ma'lumot uchun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasiga jami 537 gektar yer maydoni biriktirilgan bo'lib, shundan 250 gektar maydonlar uzoq yillar davomida foydalanilmay kelgan va o'zlashtirilgan yerlar hissasiga to'g'ri keladi. Bugungi kunda chorva kompleksida 200 bosh naslli qo'ylar, 20 bosh qoramollar va 50 bosh zotdor otlar parvarishlanmoqda. Joriy yilda qoramollar sonini 200 boshga, otlar sonini 100 boshga yetkazish rejalashtirilgan.

✉️ Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook 🌐 YouTube
🌎 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM